Bootstrap shaboni


O‘zbekistonda onlayn savdo va uning ahamiyati



Download 3,35 Mb.
bet3/9
Sana22.07.2022
Hajmi3,35 Mb.
#837074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diplom1223

O‘zbekistonda onlayn savdo va uning ahamiyati

2022 yilning yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 35,4 million nafar kishidan oshgan va shu yilning mart oyida o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari 27.2 milliondan ortiqligi qayd etilgan.

UZ domenidagi saytlar ko‘rsatayotgan ma'lumotlar O‘zbekistonda internetdan faol foydalanadiganlarning o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi — 25-34 ekanligini ma'lum qilinadi. Undan keyingi o‘rinlarda — 35-50 yoshlilar o‘rin egallagan. Bu esa tadbirkorlik tilida — ayni xaridni amalga oshiradiganlar yoshi hisoblanadi. Demak, O‘zbekiston bozorida onlayn savdo uchun yaxshi muhit paydo bo‘lib ulgurgan.
Bundan ko’rinib turibdiki O’zbekiston hududida online savdo yani elektron tijorat dolzarb mavzular qatoriga kiradi
Ishdan maqsad: Bitiruv malakaviy ishining maqsadi, xozirda Ruslan Impeks xususiy korxonasi mijozlar soni keskin oshayotganligi sababli, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida internet dokon yaratishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari: BMIni bajarish davomida quyidagi vazifalar maqsad qilib qo‘yildi.
1. Ruslan impeks xususiy korxonasi mijozlarini buyurtmalarini qabul qilib yetkazish;
2. Ruslan impeks xususiy korxonasi mijozlarini online buyurtma qilishini osonlashtirish;
3. Mijozlar o’z uylaridan chiqmasdan buyurtma berishga o’rgatish;
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot g‘oyasi, natijalari hamda ilgari surilgan tavsiyalaridan : Ruslan impeks xususiy korxonasi internet da qulay va oson foydalana oladigan online savdosini tashkil qilish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi: Bitiruv-malakaviy ishi kirish qismi, nazariy qismi, loyiha qismi, loyihani hayotga tadbiq qilishni tashkil etish va samaradorligi, mehnat muhofazasi, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.

I. BOB. NAZARIY QISM



    1. O’zbekistonda elektron tijoratning davlat ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi. Ushbu hujjatga muvofiq 2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi[3].
Qarorda mamlakatda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
Mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni Internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish uchun zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik sub'yektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtirilishi belgilangan. Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda to‘lovlar virtual terminallar (E-POS) orqali xaridorga naqd pulni qabul qilganligi to‘g‘risida elektron chek yoki boshqa tasdiqlovchi xujjatni majburiy yuborgan hamda inkassatsiya qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi bankga topshirish sharti bilan naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin.


      1. rasm Elektron tijorat maʼmurchiligi to’g’risida

Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, elektron tijorat sohasidagi platformalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob tizimini joriy etish maqsadida:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron tijoratning «Ochiq raqamli ekotizimi» axborot tizimlari majmuasini 2022-yil 1-iyuldan boshlab to‘liq ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi etib qayta tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PF-5349-sonli farmonida davlat va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini isloh qilish, elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlash orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olingan[3]. «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror mamlakat iqtisodiyotining sohalarini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish, Internet tarmog‘i orqali jahon bozoriga milliy mahsulotlarni sotish, to‘lov tizimlarini takomillashtirishdagi o‘rnini hisobga olib, elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi. Bu ishlardan ko’rinib turibdiki O’zbekistonda ham elektron tijorat davlat ahamiyatiga ko’tarilib bo’lgan. Shu tadbirlar yuzasidan Toshkent shahrida yirik tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir nomi E-Commerce Day deb nomlandi


      1. rasm Toshkent E Commerce Day 2018

Windham Tashkent mehmonxonasida moliya sohasidagi eng yirik tadbir – E-Commerce Day 2018 bo‘lib o‘tdi. Unda elektron savdo va internetda biznes yuritish bilan bog‘liq keng qamrovli masalalar muhokama etildi.
«Elektron hukumat» markazi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, anjumanning dastalabki kunida O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi Muzaffar A’zamov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Tolibjon Mirzaqulov so‘zga chiqishdi.


      1. rasm T.M Elektron tijoratni rivojlantirish bo’lim boshligi

Tadbirda Rossiya, Belarus, Ukraina, Xitoy va AQSh kabi davlatlardan kelgan mehmonlar va ekspertlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Sohaning bugungi kuni va ertasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, zamonaviy to‘lov usullari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi, internet-do‘konlarni samarali rivojlantirishning omili sifatida logistika masalasini rivojlantirishni o‘rtaga tashlashdi. Tadbir o‘z internet do‘konini ochmoqchi bo‘lgan, elektron tijorat sohasiga endigina qadam qo‘yayotganlar uchun ham, ancha yillardan buyon bu soha bilan shug‘ullanib kelayotgan mutaxassislar uchun ham birdek foydali bo‘lgani e’tirof etildi.

    1. Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi.

Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turidan quyidagi xaraktеrli xususiyatlari bilan farqlanadi:
- xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tеzlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega; - savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallеl ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;
- ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nеchta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati;
- kеrakli mahsulotlarni tеzlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda tеxnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;
-xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori tеng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
-hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob bеradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;
-elеktron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kеngaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tеzlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tеzlashtirishi kеrak bo’ladi. Elеktron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini bеradi. Xaridorlar kundalik xayotida kеrakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chеt el firmalariga murojaat qiladi. Elektron tijorat tushunchasini har tomonlama hayotga tatbiq etishga birinchi urinishlar 1950-1960 yillarda kompyuterlar paydo bo'lishidan deyarli darhol boshlandi.1960 yilda Amerikaning eng yirik aviakompaniyasining American Airlines aviakompaniyasining dasturchilari va dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchisi - IBM ko'p millatli korporatsiyasi SABER (Semi-Automatic Business Research Environment) reyslari uchun joylarni bron qilishni avtomatlashtirish tizimini yaratdi, bu esa oddiy fuqarolar uchun havo qatnovini osonlashtirdi.O'rindiqlarni bron qilishda tariflarni hisoblash jarayonini avtomatlashtirish tufayli xizmatlarning narxi pasaytirildi. 1965 yilga kelib Bryerkliff Manor-dagi ma'lumotlar markazida joylashgan SABER tizimi to'liq interaktiv bo'lib qoldi va zaxira paytida xato ehtimolligi 1% dan oshmadi. Unda 30 mingdan ortiq transport agentliklari, 3 million ro'yxatdan o'tgan mijozlar, 400 dan ortiq aviakompaniyalar, 50 ta avtoulovlarni ijaraga berish kompaniyalari, 35 ming mehmonxonalar, ko'plab sayyohlik agentliklari, o'nlab temir yo'l kompaniyalari, parom egalari va kruiz tashkilotchilari ishtirok etdi. 70-yillarning o'rtalarida. dastlab elektron ma'lumotlar almashish vositalarini (EDI - Elektron ma'lumot almashish) va elektron moliyaviy uzatish (EFT - Elektron pul o'tkazmalari) dan foydalanishni boshladi. Birinchi tizimlarning kamchiliklari ularning yuqori narxlari va nostandart dasturiy va apparat tarkibiy qismlarida edi. Uskunalarni sotib olish va xususiy tarmoqlardan foydalanish uchun boshlang'ich harajatlar faqat bir nechta banklar va yirik korxonalarni to'lashi mumkin edi. Bundan tashqari, 70-yillarda. shunga o'xshash jarayonlar Evropa mamlakatlarida boshlandi - ma'lumotlar almashish uchun standart echimlarni izlash, natijada savdo jarayonlariga yo'naltirilgan GTDI xalqaro standartlarining yangi tizimi (Umumiy maqsadlar uchun ma'lumotlar almashinuvi standartlari) paydo bo'ldi. Shunday qilib, ikki standartlar tizimining - Evropa va Amerikaning birlashishi holati vujudga keldi, birlashtirish harakati bir necha o'n yillar davomida davom etdi. 1990-yillarda, Internet-texnologiyalarning rivojlanishi natijasida Internetning jadal rivojlanishi bilan, biznesning yangi turi paydo bo'ldi - Internet orqali chakana savdo. 1997 yilda yana bir standart paydo bo'ldi - OBI (Internetda ochiq xarid), uning asosiy g'oyasi ochiq tizimlarga qaratilgan to'liq sotib olish-sotish-etkazib berish tsikli bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning barcha shakllarini standartlashtirish masalalariga bag'ishlangan.Nihoyat, 2003 yilda EDI va Internetni birlashtirgan AS-2 formati ishlab chiqildi. Odatda veb-sahifalarni ko'rish uchun foydalaniladigan http protokoli orqali raqamli ma'lumotlarni almashish imkoniyatini beradi. Ta'kidlash joizki, ko'pgina iqtisodchilar, olimlar va tahlilchilar butun dunyo bo'ylab elektron tijoratning yaqin o'n yil ichida jadal o'sishini bashorat qilsalar ham, ba'zi tahlilchilar umuman onlayn tranzaktsiyalarning muhimligini shubha ostiga olishadi. Shunday qilib, Boloniya universiteti professori Enriko Santarelli fikricha, "90-yillarning ikkinchi yarmida elektron tijoratning jadal o'sishiga qaramay, elektron tijorat sanoat inqilobidan ikki asr oldin sanoat inqilobidan beri eng katta o'zgarish bo'lgan degan tassurotni paydo qildi", sotishning ushbu turi hanuzgacha barcha bitimlarning juda oz qismini tashkil etadi, aslida chakana savdoda (B2C) va ulgurji savdoda (B2B) elektron tranzaktsiyalar chaqaloq davridadir. Elektron tijoratni tushunish; Elektron tijorat korxonalarga o'z mahsulotlari yoki xizmatlari uchun arzon va samaraliroq tarqatish kanallarini taqdim etish orqali bozorning kengroq ishtirokini yaratishga yordam berdi. Masalan, Target ommaviy sotuvchisi o'zining g'isht va ohak mavjudligini xaridorlar uchun kiyim-kechakdan tortib to qahvaxonagacha, tish pastasida - xarakat ko'rsatkichlarigacha bo'lgan hamma narsani sotib olishga imkon beradigan onlayn-do'kon bilan to'ldirdi. Bundan farqli o'laroq, Amazon o'z biznesini elektron tijoratga asoslangan onlayn sotuvlar va mahsulotlarni etkazib berish modeli bilan boshladi. Eskirgan bo'lmaslik kerak, ayrim sotuvchilar o'zlarining shaxsiy veb-saytlari orqali tobora ko'proq elektron tijorat operatsiyalarini amalga oshirmoqdalar. Va nihoyat, eBay yoki Etsy kabi raqamli bozorlar biznesni yuritish uchun ko'plab xaridor va sotuvchilar to'planadigan birja bo'lib xizmat qiladi. Elektron tijoratni amalga oshirishda bir qancha shu soha bilan uzviy bogliq atamalarga duch kelamiz; electron pullar, eletron to’lov, elektron hamyonlar va boshqalar. Elеktron pullar tushunchasi. Elеktron pul – bu pul birligiga tеnglashtirilgan bеlgilar hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta son yoki fayllardir. Bunday tizimning faoliyat ko’rsatish harajatlari boshqalaridan ancha kam. Bundan tashqari, elеktron pullar to’liq anonimlikni ta'minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan mijoz haqida hеch qanday ma'lumot bеrilmaydi. Elеktron pul birliklari. WMY – O’zbеkiston zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun UZSning Y- hamyondagi ekvivalеnti. WMR – rubl zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun RURning R-hamyondagi ekvivalеnti, WMR opеratsiyalarining kafili bo’lib WebMoney Transfer ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ xizmat qiladi. WMZ – AQSh dollarida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z- hamyondagi ekvivalеnti. WME – ЕVRO da opеratsiyalarni amalga oshirish uchun EURning E-hamyondagi ekvivalеnti, WMZ va WME opеratsiyalarining kafili bo’lib Amstar Holdings Limited, S.A. xizmat qiladi. WMU – Ukraina zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun UAHning U- hamyondagi ekvivalеnti, WMU opеratsiyalarining kafili bo’lib “Ukrainskoе Garantiynoе Agеntstvo” MChJ xizmat qiladi. WMB – Bеllorusiya zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun BYRning V- hamyondagi ekvivalеnti. WMG – 1 gramm oltinning G-hamyondagi ekvivalеnti. WBC va WMD – WMZningn S va D hamyonlardagi krеdit opеratsiyalari uchun 10 ekvivalеnti. Intеrnеt to’lov tizimlari, ular orqali to’lovlar va xaridlarni amalga oshirish. Tеxnika vositalaridan, axborot tеxnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elеktron to’lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elеktron to’lovdir. Elеktron to’lov tizimida tovar-xizmatlar to’lovi xaridorning elеktron hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablag’larini chiqarish imkoniga ega bo’lgan sotuvchining elеktron hisobiga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Quyidagi elеktron to’lov tizimlari mavjud: WEBSUM; iPAY; PAYNET; WEBMONEY; IntellectMoney; Perfect Money; RBK Money; V-money.Elеktron to’lov tizimlari yordamida Intеrnеt va IP- tеlеfoniyaga ulanish uchun «PIN» kodlar va intеrnеt do’konlardan tovarlarni harid qilish, uyali aloqa xizmati, shaxar tеlеfoniyasi, kommunal xizmatlar, domеn va xosting, rеklama, tеlеvidеniе, chiptalar, datatsеntrlar, vеb rеsurslar uchun haq to’lash mumkin



    1. Jahon bozorida elektron biznes gigantlari haqida


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish