Buklama smartfon xom hayol emas!
Buklama smartfonlar, siz qachondir ular haqida eshitgansiz, eshitmagan bo'lsangiz tez orada yuzlanishingiz aniq. Chunki, katta-katta smartfonsoz kompaniyalar ancha yillardan buyon bunaqa smartfonlar ustida ishlashyapdi. Hatto, hozir istalgan xaridor ularni sotib olish imkonyatiga ega, buklama smartfonlar allaqachon sotuvda!
Samsung Galaxy Fold
Samsung o'zining Unpacked 2019 taqdimoti doirasida birinchi buklama smartfoni, Galaxy Foldni taqdim qildi. Smartfon ikkita mustaqil ekranga, eng oxirgi texnik xususiyatlarga va 5G qo'llab-quvvatloviga ega. Smartfon yig'ilgan holatida 4,6 dyumlik displeyga ega ixcham smartfon, ochilgan holatida esa 7,3 dyumlik bukiluvchan displeyga ega uncha katta bo'lmagan planshetni aks ettiradi. Smartfon ochilib-yopilishi uchun Samsung smartfonni maxsus chidamli mexanizm bilan jihozlagan.
Galaxy Fold yarim ochiq holatda
Smartfon birinchi kichik tirajda, test partiyada sotuvga chiqarildi, lekin, smartfonda bir qancha kamchiliklar topildi, kamchiliklarning ko'pi o'sha bukiluvchan displeyda edi. Samsung hamma sotilgan smartfonlarni qaytarib oldi va xatolar va kamchiliklar ustida ishlashni boshladi. Va nihoyat, sentabr oxirida Samsung to'g'irlangan Galaxy Foldni sotuvga chiqardi va u hozir butun dunyo bozorlarida 1980$ dan boshlab sotiladi.
Galaxy Fold yopiq holatda
Huawei Mate X
Barselonada bo'lib o'tgan MWC 2019 taqdimoti doirasida Huawei o'zining bukiluvchan smartfoni, Mate X ni taqdim qildi. Smartfon kattagina bitta butun bukiluvchan displeyga ega. Va, albatta, yuqori texnik ko'rsatkichlarga va 5G qo'llab-quvvatloviga ega. Yoyilgan holatda displey 8 dyumni tashkil qiladi va yig'ilgan holatda shu displey bukiladi va 6,6 dyumlik yoki 6,38 dyumlik smartfon hosil bo'ladi. Smartfonni xohlagan tomoni bilan ishlatish mumkin.
Mate X yarim yoyiq holatda
Mate X hali sotuvda yo'q, hozircha smartfonni Huaweining ko'rgazmalarida sinab ko'rishgina mumkin. Smartfon sotuvi ancha vaqt kechiktirildi, Huaweining aytishicha, kompaniya smartfonni sotishga shoshilmayabdi, smartfon barcha sinovlardan o'tishi, natijadan xaridor bemalol foydalana olishi kerak. Yaqindagina kompaniya Mate X ni 2020-yil martdan 2400$ dan boshlab butun jahon bozoriga sotuvga chiqarishini aytdi. Lekin, Xitoyda smartfon 15-noyabrdan sotuvga chiqadi.
Mate X yig'ilgan holatda
Albatta, bu smartfonlar halicha buklama smartfonlar dunyosiga qo'yilgan birinchi qadam va ular hali ancha o'zgarishlarga va ishlovlarga muhtoj. Narxlar ham juda baland, bunday texnologiyalar hamyonbop bo'lishi uchun ancha vaqt kerak. Hozir bunday smartfonlarga ehtiyoj ham deyarli yo'q. Lekin, shubhasiz bunday smartfonlar ko'pchilikda qiziqish uyg'otdi. Smartfonsozlar buklama smartfon bozorida allaqachon shiddatli raqobatni boshlagan, talab bor, takliflar kerak.
Biz hozir buklama smartfonlardan faqatgina ikki vakili haqida so'z yuritdik, navbatda yana bir qancha smartfonsoz kompaniyalar turibdi, Xiaomi, Motorola, LG o'zlarining buklama smarfonlarini taqdim qilish arafasida. Microsoft yaqindagina o'zining yangi buklama smatfon va kompyuterlarini taqdim qildi. Samsung yangi Galaxy Fold ustida ishlamoqda. Agar Galaxy Fold va boshqa buklama qurilmalar haqida batafsilroq bilmoqchi bo'lsangiz bizni kuzatib boring, obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |