20
Laboratoriya ishlari natijalarini hisoblash bo’yicha ko’rsatmalar:
Tajribalarda quyidagi mikroorganizm shtammlari qo‘llaniladi:
MFD-100 Pseudomonas stutzeri
yuqori neft parchalash faolligiga ega,
o‘lchami 1,5-2×0,7-0,8
mkm kattalikda, bir hujayrali, to‘g‘ri ko‘rinishli,
chetlari
dumaloq, harakatchan, aerob, «go‘shtli agar pepton» oziqa muhitida rangli
koloniya, «go‘shtli pepton sho‘rva» oziqa muhitida esa oq parda xosil qiladi.
Jelatinada tiniq ko‘rinishda gidroliz jarayoni kechadi, sut va kraxmalli oziqa
muhitida
yuqori faollikka ega, nitratlarni nitrit holigacha o‘zlashtiradi. Natriy
xlorning 7% gacha bo‘lgan muhitida yaxshi o‘sadi, mo‘‘tadil o‘sish harorati 20-
45
o
S bo‘lib, 50
o
S haroratda ham yashash xususiyati mavjud. Neftning uglerod
zahirasi hisobiga o‘sadi.
MFD-200 Pseudomonas caryophyllis
yuqori neft parchalash faolligiga ega,
o‘lchami 2-2,2×0,6-0,7 mkm kattalikda, bir hujayrali, to‘g‘ri ko‘rinishli, chetlari
tekis, harakatchan, aerob, «go‘shtli agar pepton» oziqa muhitida rangli chetlari
yumaloq koloniya, «go‘shtli pepton sho‘rva» oziqa muhitida esa kulrang-sarg‘ish
rangli parda xosil qiladi. Jelatinaga nisbatan gidroliz jarayoni yuqori kechadi,
katalaza, sut va kraxmalli oziqa muhitida yuqori faollikka ega, nitratlarni nitrit
holigacha o‘zlashtiradi. «Eshbi» va «Fedorova» oziqa muhitlarida yaxshi o‘sadi,
atsetonga nisbatan kuchsiz reaksiyali,
glyukoza, mannit, aratin, saharoza,
ramnozalarga nisbatan yuqori faollikka ega, lekin dulsitni o‘zlashtirmaydi.
Fenilalaninning o‘zlashtirishi kuchsiz, natriy xlorning 7% gacha bo‘lgan muhitida
yuqori darajada o‘sadi, mo‘‘tadil o‘sish harorati 20-45
o
S, 50
o
S haroratda ham
o‘sadi, past haroratda o‘sish holati 10
o
S ga teng, rN-muhitining 5,0-8,5 oralig‘ida
faol bo‘ladi. Neftning uglerod zahirasi hisobiga o‘sadi.
MFD-5000 Bacillus subtilis
yuqori neft parchalash faolligiga ega, 3-4x0,6-
0,7 mkm kattalikdagi to‘g‘ri ko‘rinishli, sporali, «baliq pepton agari» va «go‘sht
pepton agari» oziqa muhitlarida o‘sishi yuqori, aerob, baliq pepton agari oziqa
muhitida koloniya xosil qiladi, fenilalaninni o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lib,
saharoza uglevodiga nisbatan esa neytral. Uning mo‘tadil o‘sish harorati 25-45
o
С,
o‘sish chegarasi yuqori harorat uchun 55
o
С, minimal o‘sish chegarasi 10
o
С,
enaerob, рН-muhiti 6,0-8,5 bo‘lganda yashaydi, natriy xlorning 0,5-7%
gacha
konsentratsiyasida o‘sadi.
Bakteriya shtammlarining qo‘llanilishi suyuq oziqa muhitida ifloslanish
darajasiga ko‘ra huj/ml titrida qo‘llaniladi va ularning o‘zgarishi quyidagi jadval
ko‘rinishida aniqlanadi.
Tuproqdagi neft parchalovchi bakteriya shtammlari tuproqdagi oziqa
moddalardan faol foydalanadi, shuning uchun biodegradatsiya jarayoniga quyidagi
jadvalga muvofiq o‘g‘it qo‘llaniladi (2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: