UMUMIY XULOSALAR:
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida qator islohotlar o’tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo’lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.
2018 yilning sentyabr oyidan tatbiq qilinadigan yangi maktabgacha ta’lim dasturi davlat talablariga asoslangan va respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari yangi dastur bilan tanishtirilgan. Davlat va dastur talablarini o’zida jamlagan hujjatlar paketi barcha mintaqalardagi MTTlarga yetkazilgan. Bundan tashqari, O’zbekistonda birinchi marta hammaga mavzuiy rejalashtirish dasturlari tarqatilgan.
Dastur asosida bilim olish jarayonini o’yinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo’nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog’lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o’zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tengdoshlari bilan aloqalarni rivojlantirish muammosi nisbatan yosh, ammo tez rivojlanayotgan rivojlanish psixologiyasi sohasidir.
S. L. Rubinshteynning so'zlariga ko'ra, "... inson hayotining birinchi shartlaridan biri bu boshqa shaxs boshqa odamga, odamlarga bo'lgan munosabat inson hayotining asosiy tarkibiy qismi, uning yadrosidir. Boshqalarga bo'lgan munosabat shaxsning ma'naviy va axloqiy shakllanish markazidir va ko'p jihatdan insonning axloqiy qadriyatlarini belgilaydi. "
Aloqa muammosining rivojlanishining kontseptual asoslari: V. M. Bexterev, L. S. Vygotskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontiev, M. I. Lisina, G. M. asarlari bilan bog'liq. Andreeva B. Spok, turmush o'rtoqlari H. va M. Xarlau, A. Kimpinski, W. Xartap, B. Coates, J. Piaget va boshqa mahalliy va xorijiy psixologlar muloqotni insonning aqliy rivojlanishi, uning ijtimoiylashishi va individuallashuvi uchun muhim shart deb hisoblaganlar.
Hozirgi kunda biz uchun tayanch dastur bo’lgan ,,Ilk qadam” o’quv dasturining asosiy maqsadi hayoti davomida uzluksiz rivojlanishga qodir bo’lgan shaxsni shakllantirish. Ushbu zamonaviy pedagogik tizimning asosiy o’ziga xosligi bolalarda o’qishga qiziqish uyg’otish hisoblanadi. Bu esa bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqtirishga alohida e’tibor berish kerak deganidir.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish yangi vazirlik oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan biri sanaladi. 2020- yilning noyabr oyida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Koreya Respublikasida yigirmaga yaqin uchrashuvlar o’tkazilib, O’zbekistonda ekspremental tarzda Koreya modeli elementari qo’llaniladigan maktabgacha ta’lim muassasalarini ochish, birgalikda kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha kelishuvga erishildi.
Koreyada inklyuziv ta’lim prinsiplariga amal qilinadi, ya’ni imkoniyati cheklangan bolalar tengdoshlaridan ajratilmaydi, balki birga ta’lim-tarbiya beriladi. Bundan tashqari, kam ta’minlangan oila farzandlari va nogiron bolalarga birinchi navbatda g’amxo’rlik ko’rsatiladi.
Koreya ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan va tasarrufida maktabgacha ta’lim muassasalari bo’lgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Sangmyong universiteti hamda Chung-Ang universiteti bilan Hadli kelishuvlar imzolandi, shuningdek, Chonnam Milliy universiteti bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |