Oʻtkir Toʻxtamurodovich Sultonov (14-iyul 1940-yil — 29-noyabr 2015-yil, Toshkent, SSSR — Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (1995-2003), MDH davlatlari Bosh vazirlari kengashi raisi (1998-2003).Sovet va oʻzbek davlat arbobi, siyosiy va partiya arbobi. Ishchi, elektrotexnika muhandisi, texnika fanlari nomzodi.
1999- 16-fevral — 1999-yil 16-fevraldagi Toshkent portlashlari. Oʻzbekiston milliy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosida portlashlar sodir etildi.
2000 – yil 9-yanvar — Oʻzbekiston prezidentlik saylovlari (2000): Islom Karimov 97 foiz
2000 - 29-avgust — Jaloliddin Manguberdi ordeni taʼsis etildi[16]
31-avgust Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni deb belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may; yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga:
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosarlari
Vazirlar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitalarining raislari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bosh vazir:
Bosh vazirning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ish koʻradi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqish talab etilmaydigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Bosh vazir boʻlmagan hollarda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |