Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20bobida va "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida" (1993 yil 6 may; yangi tahrirda 2003 yil 29 avg .)gi qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga qoʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning , ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.
Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida: iqtisodiy, ijtimoiymadaniy jarayonlarni boshqaradi; mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shartsharoitlar yaratadi; xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi; Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash choratadbirlarini koʻradi; yagona narx siyosatini oʻtkazish, mehnatga haq toʻlash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy taʼminot darajasini taʼminlash choratadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; ^yespublika byudjetini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining iqgisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi; fan va texnikani rivojlantirish choratadbirlarini amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini taʼminlash choratadbirlarini koʻradi; sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi; Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga qoʻmaklashadi; respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi; yirik avariyalar va falokatlarning , shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish choratadbirlarini koʻradi; Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini taʼminlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish choratadbirlarini koʻradi; tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat koʻmitalarining raislaridan iborat.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, uning majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oddida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevdagi 62sonli qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining ishi choraklik rejalariga muvofiq olib boriladi.
Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat boshqaruvi, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida 1 marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat koʻrsatadi. Bosh vazirning qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining boshqa aʼzolari ham kiritilishi mumkin. Shoshilinch masalalarni muhokama qilish zarurati tutilganda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining navbatdan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har haftada Bosh vazir oʻrinbosari, Axborottahliliy boshqarmasi boshligʻi va Apparat rahbari ishtirokida kengashlar oʻtkazadi, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bajarilishini uyushtirish masalalari, hukumat apparatining kundalik faoliyati muhokama qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyat koʻrsatadi. Quyidagi Axborottahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi: Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborottahlil departamenti; Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborottahlil departamenti; Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborottahlil departamenti; Yoqilgʻienergetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborottahlil departamenti; Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborottahlil departamenti; Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborottaxdil departamenti; Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborottahlil departamenti va Tashqi aloqalar masalalari axborottahlil departamenti. Vazirlar Mahkamasi apparati ishini Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari muvofiqlashtirib boradi. Apparat rahbari oʻz maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan vazifasiga tayinlanadi va boʻshatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Xalq soʻzi" — "Narodnoye slovo" gaz.larining hammuassisi (ushbu gaz.lar ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi gaz.lari hisoblanadi), "Pravda Vostoka" gazetasining muassisidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonida (1968, meʼmori B. Mezensev va boshqa; muhandisi V. Krichevskiy va boshqalar). 7 qavatli bino temirbeton bloklardan tiklangan, 1qavati V shaklidagi ustunlardan iborat; tarzidagi vertikal chiziklar feruza rang devor yoʻllari bilan binoga ulugʻvorlik baxsh etgan. 1999 yil fevralda sodir boʻlgan qoʻporuvchilik vaqtida shikastlangan bino 2000 yilda taʼmirlandi. Taʼmirlashda binoni mustahkamlash, "Hukumat uyi" talabiga mos yangi meʼmoriy yechimini hal etishga ahamiyat berildi. Binoning yangi koʻrinishi koʻrkam, salobatli hamda vazmin: ochiq qoldirilgan 1 qavati qizil marmar devor bilan berkitildi; asosiy kirish eshigi ustidagi tom chizigʻidan chiqib yuqoriga koʻtarilgan oyna devorda respublika gerbi va bayrogʻi oʻrnatildi. Binoning tilla rang oynalari sirtlariga ishlatilgan granitlar poydevor sirtidagi qoplamalar bilan uygʻun. Binoning ichki qismi ham qayta taʼmirlandi, xonalar pardozlanib ulugʻvor koʻrinishga ega boʻldi (ganchkorlik ishlarida M. Sultonov, Mirvohid Usmonov va boshqalar; naqqoshlik ishlarida A. Karimov va boshqalar ustalar ishtirok etgan). Binoning ichki hovlisi piramida shaklidagi maxsus shaffof oynali tom bilan yopilib "qishki bogʻ" tusini olgan. Bino maydondagi boshqa inshootlar bilan uygʻunlikda majmua hosil qiladi, atrofi koʻkalamzorlar, gulzorlar bilan soʻlim maskanga aylantirilgan.[1]
Umumiy tavsif
Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati — iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Оliy Mаjlisningboshqa qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Pryezidyentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi Oʻzbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining 6 may 1993 yildagi N818-XII sonli «Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi Qonunigamuvofiq olib boradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va oʻzi tashkil etadigan xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufiga oid boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Kоnstitutsiyasi va mazkur Qonunga muvofiq oʻzining vakolatiga kiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvining barcha masalalarini hal etishga haqlidir.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida kollyegiallik, dyemokratiya va qonuniylik, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududidagi fuqaro, rahbar xodim, korxona, tashkilot, birlashma va barcha organlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.
Mye’yoriy xaraktyerdagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplamida nashr etiladi. Zudlik bilan kyeng ommaga yetkazilishi zaruratida esa ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi.
Vazirlar Mahkamasi «Prаvdа Vоstоkа» gazyetasining muassisi, shuningdyek, «Хalq soʻzi» va «Nаrоdnое slоvо» gazyetalarining ham muassisi hisoblanadi.
Tarkibi
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga:
-
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri
-
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosarlari
-
Vazirlar
-
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitalarining raislari
-
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bosh vazir:
-
Bosh vazirning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, keyinchalik bu masala Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan tasdiqlanadi;
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ish koʻradi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
-
Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqish talab etilmaydigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
-
Vazirlar Mahkamasi Raisining topshirigʻi boʻyicha boshqa masalalarni ham hal etadi.
Bosh vazir boʻlmagan hollarda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari:
-
oʻzlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javob beradilar;
-
Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadilar;
-
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqish haqida takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ishlab chiqishda tashabbus koʻrsatishlari mumkin;
-
Korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda boshqa pul toʻlanadigan lavozimni egallash, shuningdyek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emaslar.
Vazirlar Mahkamasi yangidan saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini topshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosarlari
-
Rustam Azimov — Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari majmuasi rahbari.
-
Botir Zokirov — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari majmuasi rahbari.
-
Gʻulomjon Ibragimov — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, geologiya, yoqilgi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari majmuasi rahbari.
-
Ulugʻbek Rozukulov — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, „O‘zavtosanoat“ AK boshqaruv raisi, mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari majmuasi rahbari.
-
Adham Ikromov — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari majmuasi rahbari.
-
Elmira Bositxonova — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.
Vazirlar roʻyxati
Azimov — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri.
-
Galina Saidova — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri.
-
Aziz Abduhakimov — O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri.
-
Bahodir Ahmedov — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri.
-
Adham Ahmadboyev — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.
-
Abdulaziz Komilov — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.
-
Elyor Gʻaniyev — O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
-
Qobul Berdiyev — O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.
-
Alisher Vahobov — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri.
-
Ulugʻbek Inoyatov — O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri.
-
Shuhrat Teshayev — O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri.
-
Muzrob Ikromov— O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri.
-
Anvar Alimov — O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri.
-
Tursinxon Xudayberganov — O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri.
-
Xurshid Mirzohidov - Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Davlat qoʻmita raislarining roʻyxati
-
Davron Hidoyatov — O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.
-
Ilhomboy Turamuratov — O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi.
-
Botir Toʻrayev — O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi raisi.
-
Zohid Dusanov — O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi raisi.
-
Botir Parpiyev — O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi raisi.
-
Botir Zokirov — O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi.
-
Saidqul Arabov — O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi.
-
Baxtiyor Abdusamatov — Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Asosiy vakolatlari
Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolati doirasida:
-
Iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi: mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tyengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy myexanizmini roʻyobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
-
xoʻjalik yuritishning yangi shakllari — konsyernlar, konsortsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi, xalq xoʻjaligi va aholi talablarini qondirish zaruriyatidan kyelib chiqqan holda ular faoliyatini yoʻnaltiradi va muvofiqlashtiradi;
-
Oʻzbekiston Respublikasida pul va kryedit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi, yagona narx siyosatini oʻtkazish, myehnatga haq toʻlash miqdorining byelgilangan kafolatlarini va ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
-
ryespublika byudjyetini, shuningdyek, Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi;
-
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
-
fan va tyexnikani rivojlantirish, tabiiy ryesurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
-
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning myehnat qilish huquqini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻradi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi;
-
sogʻliqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini byelgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
-
Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chyegaralarini qoʻriqlashni ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinligini ta’minlash va himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
-
davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda oʻtkazish hamda ryespublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, katta avariyalar va falokatlarning, shuningdyek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini koʻradi;
-
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini koʻradi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-tyexnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
Ish rejalashtirish
Vazirlar Mahkamasi ishini rejalashtirish Vazirlar Mahkamasi Ish tartibi bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining ishi yil choragi yoki yarim yillik rejalariga muvofiq olib boriladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Majlislarni Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri olib boradi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat koʻrsatadi. Vazirlar Mahkamasi Raisining qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin. Zarurat tugʻilganda shoshilinch masalalarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining rejadan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan har haftada Bosh vazir oʻrinbosarlari, Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi va Apparat Rahbari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkaziladi. Ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish va Hukumat apparatining joriy faoliyati masalalari koʻrib chiqiladi.
Apparat
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tyegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqa matyeriallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tyekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasining apparati faoliyat koʻrsatadi. Vazirlar Mahkamasining apparati asosiy tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari Bosh vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar. Vazirlar Mahkamasining apparati: tyegishli komplyeks kotibiyatlar, dyepartamyentlar, Axborot-tahlil boshqarmasi va umumfunktsional boʻlimlardan iborat. Vazirlar Mahkamasining apparati faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Pryezidyentining Farmoniga koʻra lavozimiga tayinlanadigan va ozod etiladigan, maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tyenglashtiriladigan Vazirlar Mahkamasining Apparati Rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari — Abduqodirov Ravil Vahobovich.
Do'stlaringiz bilan baham: |