Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatiga Shveytsariyada asos solingan. Bu jamiyat halokat qurbonlariga yordam berish, jamiyatning yordamga muhtoj qatlamlariga har tomonlama yordam berish, birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilish, Xalqaro Inson Xuquqi boʻyicha bilimlarni tarqatish, qurolli toʻqnashuvlar davrida esa harbiy tibbiyot xizmatchilariga koʻmaklashish vazifalarini bajaradi. Bu jamiyatning belgisi - Shveytsariya bayrogʻi ranglarining teskari koʻrinishidir (Shveytsariya bayrogʻida qizil rangga oq xoch belgisi chizilgan). "Qizil Xoch" va "Qizil Yarim oy" belgilarining hech qanday farqi yoʻq. Lekin koʻp davlatlar yarim oy belgisini tanlaganlar. Hozirda juda koʻp davlatlarda Milliy Xalqaro Qizil Yarim Oy jamiyatlari tashkil qilingan. Bu jamiyatlar oʻz davlatlarining muammolarini bartaraf etishga koʻmaklashib, davlat rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy milliy jamiyati 1925 yil 14 noyabrda tuzilgan. 1992 yil 28 may - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisida"gi Farmonga imzo chekdi. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy milliy jamiyatining faxriy Prezidenti qilib Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov saylandi. Bu jamiyatning hozirgi kundagi faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri - Oʻzbekiston Yoshlar Qizil Yarim Oy jamiyatini tuzish. Bu jamiyatning asosi Yoshlar Markazlari va klublar boʻladi. Bu Markazlar Niderlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya Qizil Xoch jamiyatlari va Xalqaro Qizil Xoch jamiyati bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Yoshlar Markazlari yoshlarning oʻqishi, bilim olishi uchun sharoit yaratish, giyohvandlik va OITSning oldini olish yoʻlida katta ishlar qilmoqdalar[1].
1992 24-avgust — Toshkentda Janubiy Koreyaning „Daewoo“ va Oʻzbekistonning „Avtoselxozmash“ Davlat konserni oʻrtasida Andijon viloyati Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan avtomobil zavodi qurish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublik asi Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi va oʻz qarori bilan shu kunni umumxalq bayrami deb eʼlon qildi.
10-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini tasdiqladi.
26-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Maorif, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti — UNESCOga aʼzo boʻldi.
1992 - 29-dekabr — Har yili 14-yanvar kunini Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qonun qabul qildi.
1993 28-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qatnashdi va nutq soʻzladi.
16-iyun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi Farmoni.
1-iyul — Oʻzbekistonda milliy valyuta — soʻm muomalaga kiritildi.
24-dekabr — barcha 250 saylov okruglarida Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisga birinchi marta koʻppartiyaviylik asosida saylovlarning birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.
1995- 1-yanvar — Oʻzbekistonda yangi pasport amalga kiritildi.
1995 -18-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi tashkil topdi.
1995- 26-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha davom ettirish toʻgʻrisida umumxalq referendumi boʻlib oʻtdi, Prezident I.Karimovga prezidentlik vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha davom ettirish toʻgʻrisidagi guvohnoma topshirildi.
1995 - 3-iyun — Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi tashkil etildi.
1995 - 2-sentabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi tashkil etildi.
1995 – yil 22-24-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida qatnashib, nutq soʻzladi.
1996 - 16-mart — Asakadagi „Daewoo“ qoʻshma korxonasida avtomobillarning dastlabki sinov nusxalari chiqa boshladi.
1996 -26-aprel — Amir Temur ordeni taʼsis etildi.
1996 -18-oktabr — Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi.
1997 -7-yanvar — Iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida „Umid“ jamgʻarmasi tashkil etildi
1997- 20-mart — Toshkent zarbxonasi ishga tushirildi.
1997 - 26-avgust-1-sentabr ilk bor — Samarkandda 1-xalqaro „Sharq taronalari“ festivali boʻlib oʻtdi. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari qatnashdi.
1997 - 11-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Xorazm Maʼmun Akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.