Tengdoshlar va kattalar bilan muloqot. O'rta maktabgacha yoshda tengdoshlarning aloqalari juda muhimdir. Agar ilgari bolada etarlicha o'yinchoqlar va ota-onalar bilan aloqa mavjud bo'lsa, endi u boshqa bolalar bilan o'zaro aloqaga muhtoj. Tengdoshlarni tan olish va hurmat qilishga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Muloqot, qoida tariqasida, boshqa faoliyat turlari bilan chambarchas bog'liq (o'yin, birgalikdagi ish). Birinchi do'stlar bola kim bilan xohlasa, ular bilan muloqotda bo'lishadi.
Maktabgacha 4-5 yoshdagi bolalarda nutqini rivojlantirishning lingvodidaktik shart-sharoitlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – bu murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishdan iborat emas. Bu jarayon bolalarda umuman muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga extiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bolaning borliqning yangi tomonlariga yo‘naltirilganligi: amaliy faoliyatdan olamni, so‘ngra odamlarni, ularning munosabatlarini o‘rganishga o‘tish yangi maqsadlarga xizmat qiluvchi yangi muloqot vositalari zaruratini keltirib chiqaradi. Bola leksikasini kengaytirish, uning o‘z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalashni o‘zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi. Nutqni zamonaviy va to‘laqonli rivojlantirish uchun atrofdagi odamlar bilan o‘zaro xamkorlik bolaning muloqotga bo‘lgan extiyoji tarkibini boyitishi zarur. Bolalarning nutqni egallab olishlarining sabablari ularning muloqot faoliyatlarining asosini extiyoj-motivatsiya tashkil qilishi, uning tarkibi o‘zgarganligidadir. Verbal bosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu bosqichga bo‘lgan davrning asosiy ahamiyati shundan iboratki, uning ichida navbatdagi bosqich – faol nutq paydo bo‘lishi bosqichiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan sharoit vujudga keladi. Bolaning faol nutqni o‘zlashtirishining ikkinchi bosqichida uchta asosiy jixat ajralib chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda faoliyat (xamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar. Bolaning kattalar bilan muloqot qilishining ko‘rib chiqilayotgan har bir jixati uning oldiga kattalar tomonidan qo‘yilayotgan va so‘zdan jamiyatda o‘zaro bir-birini tushunish uchun shartli ravishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni talab qilishdan iborat bo‘lgan kommunikativ vazifani qabul qilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, kommunikativ omilning ko‘rib chiqilayotgan har bir jixati u yoki bu darajada va o‘z xolicha bolalarning kommunikativ vazifani xal etishlariga, ya‘ni nutqdan foydalanishlariga yordam beradi. Nutqni rivojlantirishning uchinchi bosqichida – uning materiyasi (leksika va grammatika) bolaning muloqot vazifasini o‘zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo‘lgan extiyojiga va uning tarkibiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bu bola nutqning yangi, yanada murakkab va keng qamrovli jixatlarini o‘zlashtirishiga olib keladi. Bolaning psixologik shakllanishida nutqning xal qiluvchi o‘rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Nutq rivojini harakatlantiruvchi kuchlar haqidagi masala ular shiddat bilan va to‘satdan amalga oshirilishi tufayli ham aloxida ahamiyat kasb etadi. Bolalar nutqini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik sa‘y-harakatlarni uyushtirish kalitidir.
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o‘stirish, ularni fikrlashga, uni boshqalarga tushunarli bayon etishga o‘rgatish, bolalarning ―obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt‖ fikrlashini shakllantirish va maktabga tayyorlashda nutq o‘stirish usullarining o‘rni, mohiyati muhimdir. Shuning uchun har bir tarbiyachi pedagogning ta'lim usullarini puxta bilishi, bolalar nutqini rivojlantirishning eng qulay usullarini tanlashi va qo`llay olishi, uni takomillashtirishi lozim. Bu esa tarbiyachi pedagogdan bolalarni yoshlikdan u yoki bu narsa, buyum, o‘yinchoq, voqea-hodisa haqida fikr yuritish, fikrni bayon qilish uchun mos so‘z tanlashi, fikrni nutq orqali ifodalashi kabi murakkab jarayonni boshqarishning eng qulay yo`li, usulini tanlay bilishni talab etadi. Demak, ta'lim usuli va usullarining mazmuni tarbiyachi-pedagog va tarbiyalanuvchilarning tartibga keltirilgan o‘zaro munosabati, nutqiy faoliyati shakli bo`lib, ta'limda maqsadga erishish yo`lini ifodalaydi. O‘shbu jihatdan karaganda ta'lim usullari ko‘p qirrali bo`lib, uni bir necha tomondan o`rganish, turkumga ajratish mumkin. Shuning uchun ham pedagogikada ta'lim usullari, ta'lim mazmuni, uni o‘zlashtirish, o‘quv jarayoni maqsadi, o‘quv faoliyatini boshqarish, bilish faoliyati xususiyatlari, aqliy faoliyatni tashkil etish kabi jihatdan turkumga ajratiladi. Yu.K.Babanskiy o‘quvchi faoliyati nuqtai-nazaridan usullarni quyidagi turlarga bo`ladi. o‟quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish usullari; o‟quv-biluv faoliyatini rahbatlantirish usullari; o‟quv-biluv faoliyati samaradorligini nazorat qilish usullari; O.R.Roziqov, S.Yu.Ogaev, M.M.Mahmudova, B.R.Adizovlar ta'lim usullarini ikki guruhga ajratadi; o‟zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish usullari; o‘zaro ta'sir natijasini nazorat qilish usullari. Har bir guruhdagi usullar o‘z navbatida yana bir necha guruhlarga ajratiladi. Ma'lumki, maktabgacha ta'limda nutq o‘stirishning asosiy maqsadi bolalarning nutqni egallashga intilishi va qizikishini uyhotish, ona tilini o‘rgatish, ya'ni ―Fikrni ona tilida aniq, ravon, lo`nda ifoda etish‖ malakalarini shakllantirish, shaxs sifatlarini rivojlantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. O‘shbu vazifani bajarish bolalarning obrazli, mantiqiy fikrlashi, bilishiga qizikishi, o‘quv faoliyatini kuzatishi, eshitishi va eslab qolishi, ko`rib eslab qolishini rivojlantiradi. Shuning uchun ham tarbiyachi nutq o‘stirish usullarini puxta bilishi, mashg‘ulotlar jarayonida qo`llashi, eng qulay usullarni tanlashi va takomillashtirishi lozim. Pedagogik adabiyotlarda nutq o‘stirish usullari quyidagicga tasnif qilinadi; 1. So‘z yoki og‘zaki usullar. 2. Ko`rsatmalilik usullari. 3. Amaliy usullar. 4. O`yin usuli. Og‘zaki usulda bolalarga beriladigan bilim, malaka va kunikma tarbiyachining so‘zi, tushuntirishi, hikoya qilishi, tasvirlashi, suhbatlashishi, o‘qib berishi, yoddan aytishi orqali shakllantiriladi. Jumladan, tarbiyachi og‘zaki usullardan foydalanganda aniq, lo`nda fikrlashi, gap va so‘zlarni aniq oxanh va tuxtamlarga rioya qilgan holda bayon qilishi, savollarni aniq, kiska tuzishi va unga bolalarning oson javob topishini uylashi lozim. Og‟zaki usullar o‘qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish, suhbat,savol-javob usuli kabilardir. O‘qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish usullari badiiy adabiyot, bolalar folklori materiallarini o‘rgatish, she'rni ed oldirishda qo‘llaniladi3 . Suhbat usuli maktabgacha ta'limda eng ko‘p qo‘llaniladigan, eng qulay usul bo`lib, berilgan mavzu yo‘zasidan savol-javob tarzidagi muloqotdir, ya'ni bolalar bilim, malaka, kunikmani tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallaydilar. Shuning uchun tarbiyachi savollarni qiska, aniq, bolalarga tushunarli bo‘lishi, ularning javob bera olish malakasini nazarda tutgan holda tuzishi, zarur urinlarda yullovchi savollar berishi, bolalarning ham savollarga aniq, lo`nda javob bera olishiga erishishi lozim. Suhbat o‘yinchoq, buyum, narsa, rasm, bolalar ko‘rgan-kuzatgan, o‘zlari ishtirok etgan voqea-hodisalar, tevarak-atrof, tabiat, badiiy asar mazmuni yo‘zasidan bo‘lishi mumkin. Suhbat usuli qadimiy usullardan bo`lib, XI-XII asrda yashagan buyuk alloma, komo‘siy olim Burxoniddin Zarnuji o`qitishning ko‘satmali tajriba, amaliy (mashq, takrorlash) nazorat usullari bilan birga, so‘zlash o‘slublari, bilimni bayon qilish, hikoya qilish, savol-javob o‘slubini ham tavsiya etadi. Buyuk olim va mutafakkir Ibn Sino ham suhbat, tushuntirish usullarini eng qulay usul deb biladi. Suhbat usulining afzalligi shundaki, mashg‘ulotda bolalar ham, tarbiyachi ham faollik Ko`rsatadi, o‘zaro hamkorlik bir-birini qo`llab-kuvvatlash, o‘zaro fikrlash,bilimni nazorat qilish, uni to‘zatish imkoniyatiga ega bo`ladi, bolalar ta'limda sub'ekt va ob'ekt sifatida ishtirok etadilar. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda ta'limning so‘z usullaridan maktabgacha ta'limda foydalanish imkoniyatlari yanada kengaydi. O‘qib berish, hikoya qilib berish usullaridan barcha guruhlarda foydalanilmokda, ertak, hikoya, she'r, erkalama, ko‘shik, lapar, aytishuv, tez aytish, topishmok kabi bolalar adabiyoti va halk og‘zaki ijodi namunalari yuqorida aytilgan usullarda o‘rgatilib, bolalarning nutqi, nutq madaniyati, badiiy nutq malakalari shakllantirilmokda. Og‘zaki usullardan foydalanish bolalarni maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, og‘zaki usullar bolalarni kattalar bilan nutqiy muloqotga kirisga olishi, ularning savollarga javob berishi, hozirjavoblik, nutqni ifodali, tartibli bayon etish, nutq meyorlariga rioya qilishni o‘rgatish bilan birga ularni maktabga tayyorlash, xotirasini shakllantirishga xizmat qiladi, ya'ni eshitib eslab qolish xotirasini rivojlantiradi. Ko`rsatmalilik usuli. Bu usulda o‘quv materiali ko‘rgazma, texnik vositalar, turli didaktik materiallar asosida o‘rgatiladi. Ko`rsatmalilik usuli maktabgacha ta'limda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir. Ko`rsatmalilik usulida bolalar narsa, buyum, voqea hodisani ko`rish, kuzatish, rasm-illyo‘strtsiyalarni ko‘rish, sayr ekskursiyadagi kuzatishlari asosida mulohaza qiladi, fikrlaydi va nutqni bayon qiladi. Bu usulda guruh xonasidagi buyumlar, tabiat burchagidagi o‘simlik, va hayvonlar,qushlarni kuzatishi, kattalar mehnati, tevarak - atrofdagi voqea-hodisalar ko‘rgazmalilik vositasi bo`lib xizmat qiladi, bolalar bilim, malaka va kunikmalarni ko`rish orqali idrok qiladilar va eslab qoladilar, ularda ko`rib eslab qolish xotirasi rivojlanadi. Ko‘rgazmali vositalar bolalarning tasavvuri, fikrlashi va nutqining tartibli, izchil bo‘lishini, umumlashtirish, bilimlarni tartibga solish imkoniyatini shakllantiradi, fikrlash faoliyatlarini mustahkamlaydi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, Ko`rsatmalilik usuli og‘zaki usullar bilan birgalikda qo‘llaniladi, ya'ni ko‘rgazma yo‘zasidan bolalarga savollar berish, ko‘rgazma mazmunini tushuntirish, hikoya tuzish kabi faoliyatlar og‘zaki usulda amalga oshiriladi, natijada bolalar bilim va malaka, nutqni ham ko`rish, ham eshitish, tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallab boradi. Ko`rsatmalilik usulida kuzatish muhim ahamiyatga ega, chunki kuzatish bir necha usullar bilan bohlik bo`lib, rasm-illyo‘strtsiyalarni kuzatish, diafilm, teleKo`rsatuvlarni ko`rish, ularni tasvirlash, u xakda mazmunli hikoya tuzish yoki suhbat uyo‘shtirish orqali bolalar nutqini o‘stirish mumkin. Bu jarayonda tarbiyachining tushuntirishi, savollar berishi, rasm-illyustratsiyalarni izoxlab berishi, bolalarning ko`rib tushunish va eslab qolishi bilan birga eshitib eslab qolishini ta'minlaydi..
Do'stlaringiz bilan baham: |