Muloqot haqida umumiy tushuncha.
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudod sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muloqot hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayonidir. Bolalar o‘rtasidagi muloqot ikki yoki undan ortiq bolalar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashish jarayoni hisoblanadi. Yanada to‘liq ta’rif beradigan bo‘lsak, muloqot – bolalar o‘rtasidagi hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan, aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu maktabgacha katta yoshdagi bolalar muloqoti tushunchasiga berilgan eng to‘liq va aniq ta’rifdir. Muloqotbarcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Nutq inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Til shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga vamazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi. Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa barcha uchunbarobardir.
Bolalar muloqot jarayonida turli muloqot vositalaridan foydalanadilar. Muloqot vositalari muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga yetkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin. Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:
Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, yetkazish va saqlashning texnik vositalari (radio va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli,lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalar til vositasidan juda keng foydalanadilar. Malumot yeg‘ish, fikr bayon qilish, kerakli narsani so‘rash shu kabi jarayonlarda keng foydalanadilar.
Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni,belgilangan ma’noga ega bo’lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin. Qo‘l harakatiga asoslangan ushbu vosita bolalar orasida kam qo‘llanadi. Sangvinik temperamentiga xos bolalar orasida uchraydi, ular nutq tezligi yuqori bo‘lganligidan imo-ishora vositasida firklarni aniqroq yetkazib berishka harakat qiladilar.
Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshka bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar odatda o‘z do‘stlari bilan yaqin masofada muloqotga kirishadilar. Milliy mentalitetimizdan kelib chiqib, o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida ham ma’lum masofa kuzatiladi.
Nutq – bu odanlarni til vositasida muloqot qilishi. Nutq o‘z navbatida tashqi, ichki, og‘zaki, yozma, diolog va monolog ko‘rinishlarida bo‘ladi. Nutq o‘zaro munosabat va muloqotda eng asosiy qurol hisoblanadi.
Og‘zaki nutqning asosiy boshlang‘ich ko‘rinishi bo‘lib, suhbat shaklida kechadigan nutq hisoblanadi. Bunday nutq suhbat yoki dialog deb ataladi. Uning asosiy xususiyati suhbatdosh tomonidan faol olib boriladigan nutq hisoblanadi, ya’ni, suhbat jarayonida ikki suhbatdosh ishtirok etib, tilning soda gap va iboralarni qo‘llaydilar. Diolog nutqning ochiq holda ifodalanishini talab etmaydi, chunki suhbatdosh suhbat davomida nima haqida so‘z yuritayotganini tushunadi va boshqa suhbatdosh tomonidan bildirilgan iborani fikran yakunlay oladi. Bolalar hayotida o‘yin, faoliyat va boshqa jarayonlarda diologik nutqdan keng foydalanadilar.
Nutqning boshqa shaklini so‘zlovchi tomonidan aytilgan nutq tashkil etadi, bunda tinglovchilar uning nutqini idrok qiladilar, lekin unda nutq to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashmaydilar. Bunday nutq monolog deb ataladi. Tarbiyachining nutqi monolog hisoblanadi. Tarbiyachi bolalarni monologik nutqqa faoliyatlar mobaynidako‘niktirib, o‘rgatib boradi. Diolog ham monolog ham faol va sust bo‘lishi mumkin. Nutqning faol shakli – bu so‘zlovchining nutqi, tinglovchining nutqi esa sust shaklda namoyon bo‘ladi. Gap shubdaki, tinglayotganimizda tashqaridan unchalik sezilmasada, ichimizda so‘zlovchining so‘zlarini takrorlaymiz. Odamlar faol va sust nutq shakllarining rivojlanish darajasiga ko‘ra ajratiladilar. Ko‘pincha odam boshqa odamning nutqini yaxshi tushunadi, lekin o‘zining fikrlarini yetkazib beraolmaydi va aksincha, odam yetarlicha so‘zlab berishi mumkin, lekin boshqalarni tinglashni umuman bilmaydi.
Ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan davr nutqiy rivojlanishdagi ahamiyatiga ko‘ra o‘ziga xosdir: ushbu davrda bola tilga, uning tovush va mazmun jihatlariga yuqori darajada beriluvchan bo‘ladi. Tilni boyitish muomalada va o‘z faoliyatida vujudga keladigan yangi vazifalar bilan rag‘batlantiriladi, va o‘z navbatida ularning yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Ushbu yoshda nutqning asosiy irsiy vazifasi - aloqa funksiyasi, ijtimoiy aloqalar va atrofdagilarga ta'siridan iborat. O‘yin faoliyatini rivojlantirish, predmetli-manipulyativ va individual syujetli-aks ettirish o‘yinlaridan birgalikda-rolli, syujetli-rolli o‘yinga o‘tish munosabati bilan muloqotga yangi ehtiyoj paydo bo‘ladi, bu esa nutqiy faoliyatga qo‘shilishning yangi usullariga - fikr bildirishga - bola faoliyatiga oid vaziyat tuzilmasiga olib keladi. Fikr bildirishning yangi vazifaviy turlari: o‘z o‘yin faoliyatini sharhlovchi, sherik xulqini tartibga soluvchi, yakin harakatlarni rejalashtiruvchi va rollarni taqsimlovchi turlari paydo bo‘ladi. Bolalar jilmayish, kulgi, ifodali harakatlar, ko‘z urishtirishlar kabi kommunikatsiya vositalaridan foydalanadilar. Bunda nutq faoliyati odatda muvofiqlashtirilgan bo‘ladi. Bolalar bir-birining oldida ovoz chiqarib gapiradilar va ko‘pincha qo‘shnisining gapiga e'tibor bermaydilar. Tengdoshlar bilan dialogni rivojlantirish amaliy harakatlarni kelishib olish, sherik nutqiga mos tarzda javob berish va keyin esa fikrlarni kelishib olishda ifodalanadi. Maktabgacha davrdagi kichik yoshda vaziyatga asoslangan nutqning (faqat muayyan vaziyatga nisbatan tushunarli bo‘lgan) mutlaq hukmronligidan nutqning vaziyatli va matndan kelib chiquvchi (ko‘rgazmali vaziyatdan alohida tarzda)vositalarini mos tarzda qo‘llashga o‘tish ro‘y beradi. Ikki yoshga kelib fonematik tinglash qobiliyati yangi ko‘rinishda shakllanadi. Maktabgacha davrdagi kichik yoshda o‘z tovush talaffuzini eshitish va unga tuzatish kirita olish, so‘zdagi umumiy va turlicha tovushlarni ajrata olish (anglay olish) qobiliyati shakllanadi (3-4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan qatordagi bir xil tovushlarni eshita olish, berilgan tovushli 2-3 ta so‘zni tanlay olish, so‘zni berilgan tovushni ta'kidlab ko‘rsatgan holda talaffuz qilish, ajratib ko‘rsatilgan tovushni tinglash). Besh yoshga kelib esa tovush talaffuzini o‘zlashtirish asosan nihoyasiga yetadi. Talaffuzdagi faqat ayrim xatoliklar uchraydi: «sh»li so‘zlar har doim ham aniq aytilmaydi; «R» L bilan yoki L bilan; «L» esa L bilan almashtiriladi. Lug‘at atrof-muhitda o‘z yo‘lini to‘g‘ri topib olishning kengayishi tufayli boyib boradi. Bola yangi maishiy buyumlar, tabiat ob'yektlari, ijtimoiy hayot ko‘rinishlari bilan tanishadi va bir vaqtning o‘zida ularning nomlarini bilib oladi. Lug‘at nutqning turli qismlari nomlari (ot, fe'l, sifat), umumlashtiruvchi so‘zlar (o‘yinchoqlar, hayvonlar, sabzavotlar, mebellar va h.) va antonimlar (qarama-qarshi ma'noli so‘zlar) bilan to‘ldiriladi. Bola ko‘rgazmali vaziyatga qaramasdan so‘zlardan foydalanishni o‘rganadi. Buyumlar va hodisalar, ularning munosabati va aloqalari to‘g‘risida ko‘p sonli savollar beradi.
Muloqot turli-tuman vazifalarni bajaradi. Turli mualliflar muloqotning turli vazifalarini ajratib ko‘rsatadilar. G.M. Andreeva kommunikativ, interaktiv va perseptiv vazifasini sanab o‘tadi. M.I. Enikeev axborotli-kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, perseptiv-samarali va affektiv-ekspressiv (emotsionalo‘zini ifodalash) vazifalarini ko‘rsatadi. A.A. Brudniy: instrumental, sindikatli, translyasiya, o‘zini ifodalash vazifalarini ajratadi. Instrumental – bu muloqotning harakatni bajarish uchun muhim axborotni etkazishdan iborat bo‘lgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bo‘lgan, lekin unga o‘xshash bo‘lmagan vazifa, birlashtirish –sindikativ vazifa. Ko‘pchilik muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa bilan o‘zini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. O‘zini ifodalash o‘z mohiyatiga ko‘ra, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. Alohida o‘rinni ijodiy faoliyatdagi o‘zini ifodalash egallaydi, u faoliyat mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, odamlar o‘rtasidagi muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning translyasion– faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni etkazish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa ta’lim olish asosida yotadi: muloqot orqali shaxsning ta’lim olishi amalga oshadi. L.A. Karpenko maqsadga ko‘ra muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy – xabarlarni qabul qilish va etkazish, hamda o‘zaro aloqada bo‘lishgaikkala tomonning shayligi holati sifatida aloqa o‘rnatish; axborotli – xabarlar, fikrlar, maqsadlar, echimlar va boshqalar almashinuvi; chorlovchi – muloqot bo‘yicha sherikni u yoki bu harakatlarni bajarishga yo‘naltiruvchi faolligini rag‘batlantirish; boshqaruvchi – hamkorlik faoliyatini tashkil etishda haraktlarni o‘zaro yo‘naltirish va muvofiqlashtirish; anglash vazifasi – etkazilgan ma’lumotning mohiyatini mutanosib holda idrok qilish va tushunishgina emas, balki, sheriklarning ham o‘zaro bir-birlarini tushunishlari (istaklari, mayllari, kechinmalari, holatlari va h.k.larni); amotiv – sherikda zarur hissiyotli kechinmalarni uyg‘otish (hislar almashinuvi), shuningdek, uning yordamida shaxsiy kechinma va holatlarni o‘zgartirish; munosabatlarni o‘rnatish – individ mavjudligi kutilayotgan jamiyatdagi rolli, darajali, ish bo‘yicha, shaxslararo va boshqa aloqalari tizimlarida o‘z o‘rnini anglash va qayd etish; ta’sir o‘tkazish – sherikning holati, hulq-atvori, shaxsiy-mazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari, mayllari, fikrlari, echimlari, tasavvurlari, ehtiyojlari, harakatlari, faolligi va boshqalarni o‘zgartirish. B.F. Lomov muloqotning quyidagi vazifalarini taklif etadi: axborotni qabul qilish-etkazish jarayonlarini o‘z ichiga olgan axborot-kommunikativ; hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda harakatlarni o‘zaro tuzatish bilan bog‘liq boshqaruvchi-kommunikativ, inson hissiyotlari sohasiga tegishli bo‘lgan va o‘z emotsional holatini o‘zgartirishdagi ehtiyojlarga javob beruvchi affektiv-kommunikativvazifalar. Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar real muloqot amaliyotida amalga oshiriladi.
Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), konditsiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivatsion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalaralmashinuvi) bo‘lishi mumkin. O'rta maktabgacha davrda nutq qobiliyatlari faol rivojlanadi. Tovush talaffuzi sezilarli darajada yaxshilanadi, so'z boyligi faol ravishda ko'payib, ikki mingga yaqin yoki undan ko'p so'zlarga etadi. 4-5 yoshdagi bolalarning nutq yoshi xususiyatlari ularning fikrlarini aniqroq ifoda etish va tengdoshlari bilan to'liq muloqot qilish imkonini beradi.Bola allaqachon u yoki bu ob'ektni xarakterlashi, his-tuyg'ularini tasvirlashi, kichik badiiy matnni qayta hikoyalashi, kattalarning savollariga javob berishga qodir. Rivojlanishning ushbu bosqichida bolalar tilning grammatik tuzilishini o'zlashtiradilar: ular predloglarni tushunadilar va to'g'ri ishlatadilar, murakkab jumlalar tuzishni o'rganadilar va hokazo. Izchil nutq rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |