Bolalar psixologiyasi


Ko`rsatmalilik usulida quyidagilarga diqqat qilish lozim



Download 45,34 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2022
Hajmi45,34 Kb.
#677817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Ko`rsatmalilik usulida quyidagilarga diqqat qilish lozim.
1. Rasm-illyustratsiya, narsa, buyum va boshqa ko‘rgazmalar-ning bolalar yoshiga mos bo‘lishi, ranglarning aniq yorkin bo‘lishiga ahamiyat berish.
2. Ko‘rgazmali vositalarning asosiy mazmunini ifodalovchi jihatlarga bolalar diqqatini jalb etish.
3. Ko`rsatmali vositalarni bolalarning kuzatishlari uchun imkoniyat berish va har bir yosh guruh uchun bu usulda olib boriladigan ishlarni aniq belhilab olish.
Maktabgacha ta'limning kichik guruhidan boshlab ko‘rgazmali usulni qo`llash orqali bolalar nutqi o‘stiriladi, bunda qiyoslash, ajratish, to’plash, umumlashtirish va tasvirlashga alohida ahamiyat beriladi. Rasm, buyum ko‘rgazmani bolalar kuzatadilar; tarbiyachi tomonidan ko‘rgazma yuzasidan suhbat uyishtiriladi; ko‘rgazma asosida tasviriy va ijodiy hikoyalar tuziladi, bolalar hikoyani so‘zlab beradilar; hikoya mazmuni, gap qurilishi, bolalarning hikoyani bayon qilish qobiliyatlari, nutqni egallashi, nutq odobiga rioya qilishiga ko`ra tahlil qilinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ona tilini o‘rgatish bolalar faoliyatining har xil turlarida: badiiy adabiyot, atrofdagi muhit hodisalari bilan tanishtirishga oid mashg‘ulotlarda, qolgan barcha mashg‘ulotlarda, shuningdek ulardan tashqari vaqtlarda – o‘yin va mexnat faoliyatda, kundalik hayotda amalga oshiriladi. Biroq, bunda ona tiliga o‘rgatish va nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulot asosiy mashg‘ulot hisoblanib, unda tarbiyachi quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim:
-bolalarning o‘z tengdoshlari shaxsiga va faoliyatiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, birgalikdagi o‘yinlar va mashg‘ulotlarda ularning dialogik muloqotlari yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashish. Turli muloqot vositalari – so‘zli, imo-ishorali, pantomimali usullardan muayyan vaziyatni hisobga olib, tabaqalashtirilgan holda foydalanish;
- nutqni fonematik qabul qilish, nutqning talaffuz va ohang tomonlarini rivojlantirish. Artikulyasion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni (qattiq va yumshoq, bo‘g‘iq va jarangdor, sizg‘iruvchi va shipillovchi, sonor tovushlar) tinglaganda aniqlay olishni va to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatish. So‘zlarda va tez aytishlarda, qisqa she’rlarda tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qildirish. Talaffuzning ohangi, sur’ati va past-balandligini ixtiyoriy ravishda boshqarishni o‘rgatish.
- so‘zning ma’no haqidagi tasavvurni takomillashtirish, bolalar nutqini antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitish, obrazli so‘zlarni, taqqoslashlarni, ishtibohlarni (epitetlarni), aniq fe’llarni
faollashtirish;
- so‘z o‘zgartirishning qiyin holatlarini o‘zlashtirishga yordam berish (bosh
kelishik va qaratqich kelishigi, otlarning ko‘plik soni, turlanmaydigan otlar, buyruq mayli va fe’llar shakllari, fe’llarning tugallangan va tugallanmagan turlarini hosil qilish). Gap tuzilmasini takomillashtirish, nutqda turli gap tuzilmalaridan – oddiy, murakkab gaplardan va begonalar nutqidan faol foydalanishga ko‘maklashish. Grammatik vositalarni o‘zlashtirish jarayonida nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatni qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri so‘zlashga intilish;
- bolalarning o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki kattalar taklifiga binoan hikoya qilishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ertaklar, rasmlar, shaxsiy tajribaga oid taassurotlarni qisqa bayon, hikoya, mulohaza, tavsif shaklida so‘z bilan aytib berishni o‘rgatish;
- to‘satdan yuz beradigan so‘z ijodkorligida, tovushlar va qofiyalar bilan o‘yinlarda, so‘z bilan o‘ziga xos tarzda sinov o‘tkazishda jaranglayotgan so‘zga, ularning jaranglashi va ahamiyati, taxminlar, so‘zlarning ma’nosini talqin qilishga qiziqishni qo‘llab-quvvatlash. Til muhiti eng oddiy usulda anglashni rivojlantirish, bolalarni tovush, so‘z, gap atamalari bilan tanishtirish.
Tilni egallash atrofdagi olam hodisalari va turli xildagi munosabatlar haqidagi bilimlarning kengaygan taqdirda ro‘y beradi. Lekin, tilni va nutqni anglab etish vazifasini bolaning imkoniyati darajasida shakllantirish - maktabgacha katta yoshdagi bola tilini rivojlantirishdagi markaziy bo‘g‘indir.
Tilni qo‘llash sohasida uchta bo‘g‘in ajralib chiqadi:

  • atrofdagilar bilan emotsional aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

  • fikrni ifodalash, axborot-matn tuzishni bilish;

  • sherik bilan nutqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olish.

Maktabgacha davrdagi katta yoshda kommunikativ havaskorlik sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqot dastlabki o‘ringa chiqadi, unda bola o‘zining muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, o‘zining tilni bilish va ravon nutqni o‘stirish varivojlantirish borasidagi o‘z yutuqlarini amalga oshiradi va sherik bilan hamkorlikqilishni o‘rganadi.
Bolalar nutqini rivojlantirish maqsadida zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun tarbiyachi bu boradagi asosiy ishlar yo‘nalishlariga amal qilishi lozim:
Ravon nutqni rivojlantirish
Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini ko‘rib chiqish lozim.
Dialog ikki yoki bir necha so‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.
Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish – so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin.
Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do‘stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog‘liq turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va ko‘nikmalar monologik nutqni o‘stirish va rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish funksiyasini bajaradi.
Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog ko‘pincha
shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakatbilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud.
Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etilgan o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, o‘z nuqtai-nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish, akustik va artikulyasion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k. So‘zning til birligi sifatidagi ajralmas xususiyati uning mazmunidir. Insonda so‘zlarning turli ma’nolarini tushunish ko‘plab yillar davomida rivojlanadi. Pedagog so‘zdan foydalanishda semantik aniqlikni ta’minlash uchun bolani aynan bir so‘zning turlicha ma’nolari bilan tanishtirishi zarur. Bolada so‘zlar va so‘z birikmalarini matn bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish ravon fikrlarni hosil qilish, so‘zlardan erkin foydalanish va ularni mazmuniga qarab bog‘lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
Narsalarning so‘zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ularni o‘rab turgan borliq bilan tanishish jarayonida o‘zlashtirib oladilar. Biroq, maktabgacha yoshdagi bolaning lug‘ati nafaqat miqdor jihatdan o‘sishga, balki sifat jihatdan takomillashuviga (so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish, sinonimlar, antonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni qo‘llashdagi semantik aniqlik, ko‘chma ma’nolarni tushunish) muhtojdir.Agarda muayyan so‘zni qo‘llashni o‘rgatish uning mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, so‘z ustida ishlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi bog‘liqliklar o‘rnatilsa, bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); ettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar - bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘rifoydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur. Nutqning grammatik tuzumini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Nutqning tovushli tomonini rivojlantirish
Tilni amalda o‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo‘g‘in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi.
Bolaga intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan fikrning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to‘g‘ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini
shakllantirish ishlari ham olib borilishi lozim.
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o`ziga xos bo`lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga hamta’sir ko‘rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalarning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matnga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z munosabatini bildirishni o‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyatlar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos kelishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g‘ri nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulyasion va intonatsion qobiliyatlarning uzviy bog‘liqligi keng ma’nodagi tinglash va artikulyasion-talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, so‘zdagi urg‘u o‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vaznni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanishi zarur. Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarnitakrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni talab qiladi.Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o‘zaro bog‘liqlikda va yaqin o‘zaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.
Ravon nutqni o‘stirish va rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi matnlar -tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish qobiliyatini o‘rgatish yotadi.
Lug‘atni rivojlantirishda so‘zning mazmuni ustidagi ishlar dastlabki o‘ringa chiqadi, chunki aynan so‘zlarni matnga muvofiq holda semantik tanlab olish (ko‘p ma’noli so‘zlar mazmunini ochib berish, sinonimik va antonimik taqqoslashlar) til va nutq hodisalarini anglab etishni shakllantiradi.
Nutqning grammatik tuzumini o‘zlashtirish ustidagi ishlar jarayonida nutqning turli qismlarida so‘z hosil qilish usullarini o‘rganish, til umumlashmalarini shakllantirish, shuningdek sintaktik tuzilmalar qurish (oddiy va qo‘shma gaplar) vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo‘ladi.

. BOB. MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR MULOQOTINI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI.



Download 45,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish