Bolalar psixologiyasi


Maktabgacha 4-5 yoshli bolalarda nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirish



Download 45,34 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2022
Hajmi45,34 Kb.
#677817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

2.1 Maktabgacha 4-5 yoshli bolalarda nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirish
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishi bilan bir qatorda turli psixologik jarayonlar ham rivojlanadi. Xususan xayolning rivojlanishi bevosita nutq rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishi davrida lug᾿atiga yangi so‘zlar qo‘shiladi va bola o‘z tasavvuri orqali ushu obrazni hayolan jonlantiradi. Bola tushunmagan so‘zlarni ota-onaga savol berish orqali bilimini mustahkamlaydi. Aynan ushbu yangi so‘zni lug᾿atiga qo‘shib qo‘yadi. Shu orqali lug᾿atni rivojlanishi ko‘rish mumkin. Maktabgacha ta᾿lim tashkilotida tarbiyachi ham o‘tkazayotgan faoliyatlari orasida bolalarga notanish bo‘lgan so‘zlardan foydalanish orqali, bolalar lug᾿at boyligini oshirib borish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Bola o‘zini o‘rab turgan atrof-olam bilan tanishar ekan, uning dunyoqarashi kengayadi, fikrlash surati ortadi. Albatta bu jarayon o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, nutq asosida ushu jarayon sodir bo‘ladi. Bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda esa nutqning lug᾿at, grammatika, tovush madaniyati, tovushlarni to‘g᾿ri talaffuz etish, fonetik, orfoepik tomonlari tahlil qilinadi, korreksion ishlar olib borib, ravon nutq hosil qilinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim:

  • Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi);

  • Aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona va aniq talaffuz qilish);

  • So‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;

  • nutqni orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash;

  • nutq sur᾿atini rivojlantirish;

  • nutqning ifodaliligini shakllantirish;

  • nutqiy aloqa ko‘nikalarini shakllantirish;

  • nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • nutqiy nafas olishni shakllantirish;

Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Metodikaning mazmuni va uni amalga oshirishning yetakchi g‘oyalari sifatida quyidagilar chiqadilar:

  • bolaning qadr-qimmatini va uning o‘ziga hosligini tushunish, bola nutqini “yaqin rivojlanishi hududi”ga qarab rivojlantirishni ko‘zda tutgan holda;

  • rivojlanish hususiyatlarini hisobga olish;

  • pedagogik muloqotning bola bilan emotsional aloqa o‘rnatishga, u bilan

  • dialogik hamkorlik qilishga yo‘naltirilganligi;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni maxsus o‘rgatishning asosini kommunikativ yondoshuv tashkil etishi lozim bo‘lgan nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida amalga oshirilayotgan ijodiy jarayon sifatidagi ahamiyatini tan olish.

Tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Nutqni rivojlantirish mwtodikasi zamonaviy ona tili (o‘zbek, rus tillari va boshq.) kurslariga, adabiyotshunoslik asoslarini o‘zida jamlagan bolalar adabiyotiga, umumiy, bolalar va pedagogik psixologiya, umumiy va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasiga tayanadi.
Nutqdagi buzulishlar – inson ahvolini baholashda til predmetlari yordam berishi mumkin bo‘lgan yagona holat emas. Ayrim vaziyatlarda (ruhiy zo‘riqish, siqilish paytida) yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan odamlarda fiziologik parametrlar bo‘yicha ayrim nuqsonlar sezilmaydi. Ammo ularning nutqi mutaxassisbo‘lmagan odam tushunishi qiyin bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha faqat til mezonlariga bunday holat yuz berishida dalolat berishi mumkin.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli odam yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko‘ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon fikrlarida kontaminatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, ya’ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib ketadi (va aksincha).
Har xil turdagi matnlar tuzishni o‘qitishni ishlarning suhbat, o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi.



Download 45,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish