O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
“Inergetika va Mashinasozlik” FAKUL`TETI
“UMUMKASBIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
Mustaqil ish
Mavzu: Sanoat korxonalarida investitsiya samaradorligini baholash usullari
Guruh: 1-18MT
Bajardi: ________________
Tekshirdi: ________________
Reja:
1.Investitsiyalashning vazifasi
2.Investitsiyalarning qanday turlari mavjud?
3.Korxona investitsiyalarining manbalari.
3.Investitsiyalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari qanday?
4.Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolashda korxonalar qanday vazifani xal qilishlari lozim?
5.Investitsion loyihalarning samaradorligini baxolash ko‘rsatkichlari nima?
Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari
6.xulosa
7. Foydalanilgan Adabiyotlar
11.1 Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni. Korxona investitsiyalarining manbalari.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat sifatida xam ta’rif berish o‘rinli.
Investitsiyalar - bu yangi korxonalar kurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.
Investitsiya tushunchasini to‘la yoritish uchun unga berilgan tariflarni keltirish joiz. Investitsiyalar - bu xali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga ko‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maksadida xo‘jalik faoliyatiga ko‘yilgan aktivlar xisoblansa, iktisodiy xususiyatiga ko‘ra, u yangi korxonalar kurishga, uzok muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga xamda shu bilan bog‘lik bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yukori darajada daromad olish, samaraga erishish maksadida mutlok boshka davlat iktisodiyotining, tadbirkorlik va boshka faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
Moliyaviy investitsiyalar kimmatbaxo kog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablaglarini banklarga foiz olish maksadida depozit xisob rakamlariga kuyish bilan ifodalanadi.
Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital kurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun milliy iqtisodiyotining kuch-quvvatini belgilab beradi.
Investitsiyalar avvaldan o`ylab kurilgan maqsad va birinchi urinda investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustaxkamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
avaylangan (birlamchi jamg‘arilgan) kapitalni ko‘paytirish maksadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
investitsion loyixalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iktisodiy munosabatlardir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustakilligi va tashabbuskorligi;
kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish (fuqaro o‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo‘la olmaydi);
qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo‘lib hisoblanadi.
Deyarli barcha faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bolgan sobik ma’muriy-buyrukbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai davlat (byudjet) mablag‘laridan tashkil topar edi. Garchi o‘sha sharoitlarda xam jamgarma fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi) xisobiga amalga oshirilgan bo‘lsada, korxonalarning mablag‘larni kaerdan olish va kaerga joylashtirish to‘grisida "boshi" og‘rimas edi. Ko‘shimcha manba sifatida korxonalarning amortizatsiya fondi xizmat kilardi.
Mazkur tushunchalar (jamg‘arma fondi, amortizatsiya fondi, foyda) hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. Masalan, davlat korxonalari uchun asosiy investitsiya manbai quyidagilar: foyda, amortizatsiya fondi va byudjet mablag‘lari, qo‘shma korxonalar uchun - foyda, amortizatsiya fondi va kredit resurslari.
Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi.
Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar:
ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;
yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag‘lar;
hayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar.
Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar:
markaziy va maxalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
korxonalar Nizom jamgarmasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘gridan-to‘gri ko‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan kuprokni tashkil etadi.
Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tankisligi sharoitida lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Lizing - moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini anglatadi. Lizing bitimida ko‘rsatilgan tomonlardan tashkari investitsion loyihalarni moliyalashtirish xamda ularni buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat yoki investitsion banklar xam ishtirok etishi mumkin.
Investitsiyalardan (kapital ko‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar xisoblanadi:
yangi kurilish;
korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
YAngi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida kuriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |