Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
59
“OMMAVIY MADANIYAT”NING YOSHLAR TARBIYASIGA SALBIY
TA’SIRI
Nazarova Muhabbat Jo’raboyevna
Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman 23-maktab psixologi
Jamiyat rivojlanib borar ekan, uning barqarorligi va rivoji, albatta, har tomonlama
etuk, yuksak ma’naviyatli komil insonlarga bog’liq. Shuning uchun insoniyat
taraqqiyotining butun ongli davri jamiyatda barkamol insonlarni tarkib toptirishga
intilish jarayonlaridan iborat bo’lgan. Komil insonlarni tarbiyalashda jamiyat ma’naviy
hayotiga katta e’tibor berish va insonlar ongini zaharlovchi ma’naviy-mafkuraviy
tahdidlardan himoya qilish darkor. Ayniqsa, bugungi
globallashuv jarayonida
«ommaviy madaniyat» tahdidlarining oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etib, mazkur
muammoni hal etishning yangicha yondashuv va samarali yo’llarini izlab topishni talab
etadi.
Bugungi kunda madaniyatning yoshlarga ta’siri, uning
ijobiy tomonlari bilan
birgalikda salbiy tomonlariga ham alohida e’tibor berilmoqda. “Ommaviy madaniyat”
deb nom olgan xalqimiz tasavvurlariga, tarixiy-madaniy an’analariga, sharqona odob-
axloq
normalariga zid qarashlar, siyqa san’at va g’ayriaxloqiy asarlar bugun milliy
madaniyatlarga, milliy o’zlikni anglashga katta xavf solmoqda.
Globallashuv jarayonida dunyoda sodir bo’layotgan murakkab o’zgarishlar turli
xalq, millat va elatlar madaniyatida ma’naviy-mafkuraviy
ziddiyatlarni vujudga
keltirmoqda. Milliy madaniyatimizga zid va chetdan kirib kelayotgan, salbiy xarakterga
ega bo’lgan mafkuraviy tahdidlar xavfini o’z vaqtida bartaraf etish dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Bugungi kunda jahonning aksariyat mamlakatlarida milliy
madaniyatlarga qarshi bo’lgan, yoshlarni axloqsizlik g’oyalari
sari ergashtiruvchi,
ularning ma’naviy ongiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi “ommaviy madaniyat”
tahdidlarining salbiy ta’siri ancha kuchayganiga guvoh bo’lamiz. Shu nuqtai nazardan
“ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlarini bartaraf etishning asosiy yo’llarini ishlab
chiqish dolzarb muammo bo’lib qolmoqda.
Endi “ommaviy madaniyat” masalasiga chuqurroq nazar soladigan bo’lsak, u
hozirgi kunda madaniy globallashuvning, madaniy ekspantsiyaning,
qolaversa,
mafkuraviy tazyiqning eng xavfli quroliga aylanib bormoqda. Shuni e’tiborga olish
lozimki “ommaviy madaniyat”da milliy qadriyat, milliy xususiyat va milliy tarixga asos
yo’q. U milliy madaniyat, milliy an’ana, milliy xarakter yoki milliy
mentalitet hamda
milliy manfaat nima ekanligini bilmaydi.
Hozirgi sharoitda globallashuv bilan bog’liq ba’zi jarayonlar, ayniqsa, “ommaviy
madaniyat” salbiy hodisa, milliy qadriyatlar va an’analar bilan bog’liq madaniyatga
qarshi sifatida namoyon bo’layotgani, aslida esa bunday jarayonlarga “olomon
madaniyati” deb atash to’g’ri bo’ladi. Bugungi kunda
ommaviy axborot vositalari,
televidenie madaniyatni olomonlashtirishning asosiy vositasi va manbai bo’lib xizmat
qilmoqda. Bu avvalo, odamlarning haqiqatda vaqti bo’lgan, qayg’u va
xursandchiliklarini
ifodalagan, ularni qiziqtirgan har qanday muammoni tovarga, bir
qolipga solgan ko’ngilxushlikka aylantirilishida namoyon bo’ladi.