Фойдаланилган адабиётлар:
1. А. Авлоний. “Туркий гулистон ёхуд ахлоқ”. Тошкент. Ўқитувчи. 1992 йил.
2. “Ахлоқ-одобга оид ҳадис намуналари”. Тошкент. Фан. 1990 йил.
3. А. Ж. Жўраев. Тарбиявий дарсларни ўтиш. “Ўқитувчи”. 1994 йил.
4. А. Н. Фаробий. “Фозил одамлар шаҳри”. Тошкент. 1993 йил.
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
368
BOLA SHAXSIDA SALBIY O’ZGARISHLARNI KELTIRIB CHIQARUVCHI
TASHQI TA’SIRLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Otamurodova Zulayxo Ziyodullayevna
Navoiy viloyati Karmana tumani 17-maktab
Annotatsiya: Mazkur maqolada bola shaxsida salbiy o’zgarishlarni keltirib
chiqaruvchi tashqi ta’sirlarda izchil olib boriladigan vazifalar, hamda bola
ruhiyatidagi o’zgarishlarni tartibga soluvchi talablar yoritilib,muammo va yechimlar
yuzasidan nazariy va amaliy ma’lumotlar ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: komil inson, yetuk shaxs, axloqiy fazilatlar, mas’uliyat, e’tibor va daraja,
kechirish va kechirimli bo’lish
Farzand-yaratganning ota-onaga eng yuksak in’omi. Farzand qalbi esa xudoning
ota-ona qo’liga parvarishlash uchun bergan eng katta omonati. Ota-onalar hamisha
farzandiga hamisha vaqt ajratish ularni xudoga e’tiqodli, odamlarga ishonchi baland
qilib tarbiyalash hamda hayotdagi eng ishonchli do’stiga aylanishi lozim.
Kattalar doim uch narsani bolalardan o’rganishlari lozim.Bular hech bir sababsiz
xursand bo’la olishni, nima bilandir doimo shug’ullanishni, o’zi xohlagan maqsadiga
erishish uchun butun vujudi bilan intilishni.
Pedagogik nuqtai nazar bilan qaraganda, o’ylaymanki bolani komil inson qilib
tarbiyalash, kelajakda yetuk bir shaxs sifatida ko’rish har bir ota-ona uchn katta baxt.
Buning uchun bola tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi atrof-muhitda sodir
bo’layotgan voqealar(ichkilikbozlik, jinoyatchilik,o’g’rilik,birovni g’iybat qilish,
yolg’on gapirish, birovni ko’ra olmaslik, bolani oldida qo’pol so’zlardan foydalanib
so’kinish (ba’zi ota-onalar ataylab bolalarga so’kinishni o’rgatishadi),), uyda muntazam
bolani ko’z oldida ro’y beradigan oilaviy janjallar, bola shaxsini kamsitilishi, uni o’z
menligini anglashiga xalaqit qilish, qobiliyati ustida ishlamaslik kabi va yana bir qator
sabablardan bolalarni yiroq tutish lozim. Bilamizki bola besh yoshigacha diniy va
dunyoviy bilimlarning 70 % ini egallaydi. Demak, bolam hali yosh deydigan ota-
onalarga eslatma sifatida aytmoqchiman. Aziz ota-onalar! Biz bolalarimiz uchun
dunyodagi eng yaxshi inson hisoblanamiz va biz beradigan tarbiya kamchiliklar,
xatoliklar bo’lmasligi lozim. Bolani oldida har qanday vaziyatda ham o’zimizni tuta
bilishimiz, biz qilayotgan har bir harakatimiz va berayotgan tarbiyamiz bilan uning
xotirasi va ong ostida yomonliklar, uning shaxsiga ta’sir ko’rsatuvchi salbiy holatlar
saqlanib qolishiga sababchi bo’lmaylik!
Xayol qiling: oldingizda bir piyola choy turibdi. Unga bir qoshiq shakar qo’shing.
Lekin aralashtirmang. Ichib ko’ringchi, shakarning mazasi chiqdimikan? Albatta, yo’q.
Piyolaga biroz boqib turingda, so’ngra choydan ho’plang.Xo’sh? Maza kiribdimi?
Menimcha, yo’q. Vaqt o’tib, choy sovib boryapti, biroq siz hali biror ho’plam shirin
choy icholganingiz yo’q. Bu turishda choy sovib, oxiri hech kim ichgisi kelmay ham
qoladi. Bola tarbiyasini ham xuddi shunga o’xshatish mumkin. Ya’ni bola bir piyola
choy kabidir. Siz unga o’rgatayotgan axloqiy fazilatlar esa shakar kabidir. Bolaga
tarbiyani to’g’ri yo’naltirmas ekansiz, shakarning mazasini bila olmaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |