Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари


Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/522
Sana24.02.2022
Hajmi5,98 Mb.
#245093
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   522
Bog'liq
03.Ilmiy to`plam-01

Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари 
369 
Ko’pchilik bolasiga men sening kelajakda muhandis yoki fan olimi yoki shifokor 
yoki boshqa nufuzli soha egasi bo’lishingni istayman deydi. Lekin kimdir “Qayerda 
bo’lsang ham, barakali bo’lsang bo’ldi”,deydi. Mana shu jumla biroz fikrlashga 
undaydi. Bolalarga shuni uqtirishimiz kerakki,u tanlagan yo’l yoki erishmoqchi bo’lgan 
maqsadiga halollik bilan, to’g’rilik bilan va o’z kuchi bilan erishmog’I lozimligini va 
har bir qiladigan ishini barakasi bo’lishi lozim. Barakali farzand salohiyatli bo’ladi. 
Bola shaxsini shaxs sifatida shakllanishida salbiy ta’sir ko’rsatuvchi jihatlardan 
biri bu yolg’onchilikdir. Bunga bir hikoyani misol qilmoqchiman. 
“Farzand yolg’on gapirsa” 
Tirik ekanman bir kuni olloh tahmat qilgur otamdan olgan darsimni hech 
unutmayman. O’sha kuni noto’g’ri ish qilib qo’ygan edim. O’rtoqlarim bilan o’yinga 
berilib, otam bilan bir muhim uchrashuvimizdan kech qolib ketdim. Otam nega kech 
qolganimni so’raganida haqiqatni aytishdan qo’rqib yolg’on gapirdim. Otam kech 
qolishimning haqiqiy sababini bilar edi. Endi meni qattiq koyib, og’ir jazoga tortsa 
kerak, deb kutdim, lekin olloh rahmat qilgur otam menga muhabbat bilan qarab, 
shunday dedi: “O’g’lim, men sendan uzr so’rayman,chunki menga yolg’on 
gapirishingga majbur qildim. Qachondir senga qilgan muomalam tufayli menga 
ochig’ini aytishdan qo’rqadigan qilib qo’ygan bo’lam kerak. Hechqisi yo’q, o’g’lim. 
Bugun o’zimga jazo sifatida uyga piyoda qaytaman. O’zimni sarhisob qilib, xatoyimni 
topaman. Sen xijolat bo’lma, sen emas, men mas’ulman”. Men o’sha kuni mas’uliyatni 
ko’tarishni amaliy o’rgandim…. 
Hikoyaning mazmunidan kelib chiqadigan bo’lsak, farzandlarimiz yolg’on gapirsa 
asl sabab kimda ekanini bir o’ylab ko’raylik. Balki, biz uni yolg’on gapirishga majbur 
qilgandirmiz. Balki, o’zimiz bilmagan holda ibrat bo’lgandirmiz. Bolalarga pand-
nasihat sifatida Luqmoni hakim “Yolg’on gapirishda juda ehtiyot bo’ling, chunki 
yolg’on diningizni buzadi va odamlar oldida obro’sizlantiradi. Natijada e’tibor va 
darajangizni yo’qotasiz”,- deya o’z fikrlarida ta’kidlab o’tganlar. 
Bolangizga ruhiy va jismoniy zo’ravonlik qilayotganingizda nega bunchalik 
tinchlanishingizni hech o’ylab ko’rganmisiz? Yoxud bolangizga jahl-g’azabingizni 
sochib qilgan muomalangizni xotiningiz, eringiz, do’stingizga yoki aka-uka, opa-
singlingizga qila olarmidingiz? Bolasiga tarsaki tushirishga o’rganib qolgan juda ko’p 
ota-onalarni ko’rdim. Agar bolangizga qilgan muomalangizni atrofingizdagi 
odamlarga qilganingizda, ishonchim komilki, yoningizda hech kim qolmasdi! Xullas, 
nega hech kimga qilolmaydigan muomalangizni bolangizga xotirjam qilasiz, bilasizmi? 
Chunki u sizga muhtoj! Sizga ham xuddi unga qilgan muomalangizni qilolmaydi! Sizni 
tashlab ketolmaydi, yoxud baqirib-chaqirolmaydi. Faqat jim bo’ladi yoki yig’laydi. O’n 
daqiqadan keyin kelib, hech narsa bo’lmagandek, siz uni og’rintirmagandek, jajji 
yurakchasi hech og’rimagandek yana bo’yningizdan quchadi. Siz o’zingizga shunday 
qo’pollik qilgan odamni juda tez kechirib yuborasizmi? KECHIRMAYSIZ!!!! o’n 
daqiqa oldin sizni haqorat qilib, yuzingizga tarsaki tushirgan kimsani o’n daqiqadan 
keyin asli qucha olmaysiz! Bag’ringizga bosmaysiz! Sizni urib haqorat qilgan kishini 
“Koshki meni bag’riga bossa” deb o’ylamaysiz. Siniqligingiz qalbingizda dard 
bo’lmaydi. Bo’yningizni qisib-qimtib o’tirmaysiz. Lekin bolangiz bo’ynini bukadi, 
qisinib-qimtinib turadi. Siz uni urasiz, lekin u sizdan uzr so’rab, kechirishingizni 
kutadi. Kaltakni yeydiyu, sizni xafa qilganini o’ylab jajji yurakchasi siqiladi. Sizni bir 



Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish