Bojxona qoidalari: Qaysi holatlarda deklaratsiya to’ldirish kerak?


Bojxona deklaratsiyalarini to’ldirish tartibi haqida



Download 309,67 Kb.
bet3/9
Sana16.03.2022
Hajmi309,67 Kb.
#494884
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-маruza

Bojxona deklaratsiyalarini to’ldirish tartibi haqida
Bojxona yuk deklaratsiyalarini to’ldirish 2016 yil 6 aprelda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2773-son bilan ro’yxatdan o’tgan “Bojxona yuk deklaratsiyasini to’ldirish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma talablari asosida amalga oshiriladi.
Yo’lovchi bojxona deklaratsiyasini to’ldirish 2014 yil 5 avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2606-son bilan ro’yxatdan o’tgan “Yo’lovchi bojxona deklaratsiyasini to’ldirish va rasmiylashtirish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma talablari asosida amalga oshiriladi.
Tovarlarni deklaratsiyalash bo’yicha qanday imkoniyatlar yaratilgan?
Ilgari bojxona yuk deklaratsiyalari faqatgina deklarant yoki bojxona brokerlari tomonidan bojxona organiga taqdim etilishi mumkin edi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 14 apreldagi PF-5414-sonli farmoniga muvofiq, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmog’i orqali real vaqt rejimida to’ldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqi berildi.
Bugungi kunda, Davlat bojxona qo’mitasining customs.uz rasmiy veb saytida va my.gov.uz portalida tovarlarni elektron deklaratsiyalash interaktiv xizmati joriy etilgan bo’lib, istalgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi ushbu interaktiv xizmatdan foydalangan holda, bojxona yuk deklaratsiyasini to’ldirish va bojxona organlariga real vaqt rejimida taqdim etish imkoniyatiga ega.
SHuningdek, oldinlari bojxona chegarasi orqali harakatlanadigan, 16 yoshga to’lgan har bir jismoniy shaxs yo’lovchi bojxona deklaratsiyasi to’ldirishi majburiy edi. 2018 yil 1 yanvardan boshlab yo’lovchi bojxona deklaratsiyalari faqatgina Bojxona kodeksining 260-moddasida ko’rsatilgan, yuqorida sanab o’tilgan holatlardagina to’ldiriladi.
Bundan tashqari, Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona institutida bojxona yuk deklaratsiyasini to’ldirish tartibi va boshqa masalalar bo’yicha 3 haftalik o’quv kurslari tashkil etilgan bo’lib, fuqarolar va tadbirkorlar ushbu kurslarda o’z bilim va malakalarini oshirishlari mumkin.


Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni bo’lmagan taqdirda, shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi (24.11.2021 yildagi 712-son VMQ).
Hujjat Bojxona kodeksining 321-moddasiga muvofiq qabul qilingan.
Nizomga muvofiq tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni bo’lmaganda ularni shartli chiqarib yuborish deklarant tomonidan takdim etilgan BYuD asosida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bojxona organi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tovarlarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi.
Tovarning shartli bojxona qiymati deklarant yoki bojxona brokeri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilgandan so’ng ularning arizasiga muvofiq aniqlanadi.
Bojxona organi tovarning shartli belgilangan bojxona qiymati va bojxona to’lovlari to’lanishini ta’minlash miqdori haqida deklarantga yoki bojxona brokeriga yozma yoki elektron shaklda xabar qiladi.
Ma’lumot uchun! Ma’lum qilingan bojxona qiymati - shartli bojxona qiymati belgilanganda, BYuDni to’ldirish uchun asos bo’ladigan, deklarant tomonidan taqdim etilgan va vaqtincha qabul qilingan narx.
Deklarant tomonidan ma’lum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin bojxona qiymati va tegishli bojxona to’lovlari BYuDga tuzatish shaklini rasmiylashtirish orqali qaytadan hisob-kitob qilinadi.
SHartli bojxona qiymatini qo’llash muddati BYuD ro’yxatga olingan kundan e’tiboran 60 kalendarь kunni tashkil etadi.
Tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojxona to’lovlari to’lanishini ta’minlash summasi belgilangan muddat o’tgach, Davlat byudjetiga o’tkaziladi.
SHartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish deklarant yoki bojxona brokeri xohishiga ko’ra kuyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

  • tovar-xomashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari bo’yicha tovarlarning yakuniy narxi aniq bo’lmaganda;

  • shartnoma o’zaro bog’liq shaxslar o’rtasida tuzilganligi to’g’risidagi belgilar mavjud bo’lgan taqdirda;

  • “Xavfni boshqarish” AAT ma’lumotlariga ko’ra tovarning ma’lum qilingan bojxona qiymati bo’yicha xavf aniqlanganda va boshqalar.

 



Bojxona qiymatini aniqlashda birinchi usulni qo’llashning xususiyatlari to’g’risidagi uslubiy qo’llanma


Bojxona kodeksi va O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash bo’yicha yo’riqnoma (ro’yxat raqami 390, 1998 yil 13 yanvarь) talablariga asosan, olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo’yicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli (1-usul) hisoblanadi.
Bunda O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o’tishi paytida tovar uchun amalda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan bitim qiymati O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati hisoblanadi.
Bitim qiymati deganda tovarlar uchun ularni O’zbekiston Respublikasiga eksport qilishga sotishda amalda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan va bitim narxiga kiritiladigan hamda chiqarib tashlanadigan harajatlar hisobga olingan holda tuzatilgan narx bo’yicha aniqlashni nazarda tutadi.
Mazkur usul yordamida import qilingan tovarlarni rasmiylashtiruvdan o’tkazishda mavjud bo’lgan qulaylik va imkoniyatlar bilan bir qatorda amalga oshirilishi lozim bo’lgan bir qator talablarni ham qamrab oladi.
Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini to’ldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga ma’lum qilinadi.
Ma’lum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan ma’lumotlar to’g’ri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin bo’lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak.
Bojxona qiymatini 1-usul bilan aniqlashning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
tovarning oldi-sotdisi bilan bog’liq bo’lgan holda tuzilgan hamda valyutaga oid qonun hujjatlari talablariga zid kelmaydigan tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) mavjudligi;
tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi pul mablag’i miqdori ko’rsatilgan hisobvaraq-fakturaning (invoysning) mavjudligi;
tovar uchun pul mablag’larining amalda to’langanligi yoki to’lanishi lozimligi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, oldi-sotdisi bilan bog’liq bo’lgan holda tuzilgan tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) asosida tovarni eksport qilingan mamlakatdan chegara orqali O’zbekiston Respublikasiga olib o’tilishi va xaridordan ana shu tovar uchun pullik hisob-kitoblar (to’lovlar)ning amalga oshirilishi yoki amalga oshirilganligi bo’lishi lozim bo’ladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan shartlarni o’rganish jarayonida 6 ta asosiy jihatga e’tibor qaratilishi lozim:
1-jihat. Sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga bo’lgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud bo’lmasligi kerak.
Sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga bo’lgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud bo’lganida ham 1-usulning qo’llanilishi ruxsat etiladigan cheklovlarning faqat uchta turi belgilangan:
a) qonun hujjatlarda belgilangan cheklovlar.
Masalan, yadroviy, kimyoviy, zaharlovchi moddalar, giyohvandlik moddalari importi faqat qat’iy cheklangan doiradagi tashkilotlarga ruxsat etiladi;
b) tovar qayta sotilishi mumkin bo’lgan geografik mintaqadagi cheklovlar.
Bunday holda tovarning qaytadan sotilishi bo’yicha ayrim shaxslar uchun hududiy cheklovlar nazarda tutiladi.
Masalan, sotuvchi tovarni O’zbekiston hududida o’z sotuvchilariga sotadi va butun hududni ularning har birida bittadan alohida sotuvchi mavjud 10 ta qismga bo’ladi. Bunda sotuvchilarning har biri tovarni faqat muayyan hududda sotishi mumkinligi to’g’risidagi shart qo’yiladi;
v) tovarning qiymatiga jiddiy ta’sir ko’rsatmaydigan cheklovlar.
Agar narxga jiddiy ta’sir etadigan shart mavjudligi haqida ma’lum qilinsa, unda 1-usulning qo’llanilishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy o’zgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin bo’ladi. Agar narxga miqdoriy ta’sir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin bo’lmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga o’tilishi kerak bo’ladi.
Masalan, sotuvchi tibbiy apparatni sotib oluvchiga undan O’zbekiston Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi, degan shart bilan sotadi. Bunday holda 1-usul qo’llanilishi mumkin emas, chunki sotib oluvchining tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklov mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga ta’sir qilishi mumkin. SHuning uchun bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullari qo’llanilishi kerak.
CHeklovlarning 1-usuldan foydalanish imkoniyatiga ta’sir etishi nuqtai nazaridan olganda, bunday cheklovlarni baholashdagi asosiy mezon - u yoki bu shartning bitim qiymatiga ta’sir etish darajasidir. CHeklov bitim narxiga jiddiy ta’sir qilmaydigan holda u 1-usulning qo’llanilishiga to’sqinlik qilmaydi.
Agar xaridor huquqiga nisbatan yana qandaydir boshqa cheklovlar mavjud bo’lsa, unda 1-usul qo’llanilmaydi.

Download 309,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish