Bojxona qoidalari: Qaysi holatlarda deklaratsiya to’ldirish kerak?



Download 309,67 Kb.
bet5/9
Sana16.03.2022
Hajmi309,67 Kb.
#494884
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-маruza

3-jihat. Sotish yoki bitimning bahosi ta’sirini hisobga olish mumkin bo’lmagan shartlarga rioya etilishiga bog’liq bo’lmasligi lozim (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari).
Bitimning tuzilishida, agar baholanadigan tovarlar qiymatini belgilashga va binobarin, bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga to’sqinlik qiladigan shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan bo’lsa, bunday holatda 1-usulning qo’llanilishi mumkin emas. Quyidagilar ana shunday shartlarga kiradi:
a) sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni sotib oluvchiga, shuningdek, muayyan miqdorlardagi boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx ko’rsatilmasidan sotib oladi degan shart asosida belgilaydi.
Masalan, 5000 pul birligi summasidagi charm buyumlari yetkazib berilyapti. Yetkazib beruvchi import qiluvchining qiymati noma’lum bo’lgan 2 ming juft poyabzalni ham qo’shimcha ravishda sotib olishini shart qilib qo’yadi;
b) import qilinadigan tovarlar narxi ana shunday tovarlar xaridorining import qilinadigan tovarlarning sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bog’liq bo’ladi.
Masalan, sotuvchi 1000 pul birligi summasidagi elektr tovarlarini sotyapti. Sotib oluvchi esa ushbu sotuvchiga bunday tovarlarni ishlab chiqarish uchun releni sotyapti. Bunda sotuvchi relening narxi - 10000 pul birligi degan shartni qo’yadi. SHunday qilib, elektr uskunalari narxi rele narxining ta’siri “sinovidan o’tadi”;
v) narx import qilinadigan tovarlarga aloqasi bo’lmagan haq to’lash shakli negizida belgilanadi.
Masalan, import qilinadigan tovarlar sotuvchi tayyor mahsulotlarning muayyan miqdorini olish sharti asosida yetkazib beradigan yarim tayyor mahsulotlardan iborat bo’ladi. Sotuvchi 10000 pul birligiga yog’och-taxta sotayapti. Xaridor yog’och-taxtadan jami 1000 dona stolni ishlab chiqaradi. Sotuvchi shart qo’yadi: xaridor yog’och-taxta uchun haq to’lash hisobiga 500 ta stolni yetkazib beradi, stollar qiymati belgilanmagan;
g) oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotuvchidan sotib olish shartini nazarda tutadi;
d) oldi-sotdi shartnomasi bitim qiymatini tovarlarni o’zaro sotish (etkazib berish) sharti asosida belgilaydi.
Bunday shartlar mavjud bo’lganida ularning bitim qiymatiga ta’sir qilgan yoki qilmaganligini va bunday ta’sirni miqdoriy jihatdan belgilash mumkin yoxud mumkin emasligini aniqlash kerak bo’ladi. Faqatgina shartning qiymatga ta’siri miqdoriy jihatini belgilash mumkin bo’lsa hamda ma’lum qilingan narx amalda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan narx bo’lsagina, 1-usulni qo’llash mumkin.
Bunday holatda bitim shartlarini ko’rib chiqishda, shuningdek, umum qabul qilingan tusga ega bo’lgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilariga tegishli bo’ladigan (yoki ularga taqdim etilishi mumkin bo’lgan) yetkazib berish shartlarni va tanlangan tusdagi hamda umum qabul qilinmagan yetkazib berish shartlarini farqlay bilish lozim.
Bunda umum qabul qilingan xususiyatga ega bo’lgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilariga tegishli bo’ladigan (yoki ularga taqdim etilishi mumkin bo’lgan) yetkazib berish shartlarining tanlangan bo’lishi lozim.
Ya’ni:
a) tovarning yetkazib berilishi bo’yicha umum qabul qilingan shartlar (avvalo, INKOTERMSga kiritilgan yetkazib berish shartlari);
b) bitimlarni tuzish va tovar yetkazib berilishini amalga oshirishning "ekspertni jalb etish (ekspert xulosasi mavjudligi) sharti bilan xarid qilish", "tovarni muayyan sanagacha yetkazib berish sharti bilan xarid qilish" singari umumiy qabul qilingan shartlari, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari uchun umumiy bo’lib hisoblanadigan va bitim narxiga ta’sir qilmaydigan (tovar soniga, mazkur sotuvchining "ishonchliligi" qarab chegirmalar berish va shu kabi chegirmalar turlari) boshqa shartlar.
Masalan, agar mazkur sotib oluvchiga tovarni har doim ayni shu sotuvchidan sotib olganligi uchun qiymatidan chegirma qilinishi umum qabul qilingan amaliyot deb hisoblanadigan bo’lsa, unda bunday chegirma va binobarin, bitim qiymati e’tirof etilishi lozim va 1-usul qo’llanilishi mumkin;
v) sotib oluvchining sotuvchiga O’zbekiston Respublikasida tayyorlangan texnik topshiriqlar yoki chizmalarni taqdim etishi;
g) sotib oluvchining u import qiladigan tovarlarning sotilishiga doir qandaydir harakatlarni o’z hisobidan (ehtimol, hatto sotuvchi bilan kelishuvga ko’ra) amalga oshirish.
Masalan, xaridor haqini to’laydigan reklamaga oid faoliyat.

Download 309,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish