Mevali daraxtlarning ildiz tizimi
Ildiz – bu vegetativ organ hisoblanib, u mevali daraxtlarda ko‘pgina jarayonlarni, ya’ni ozuqa elementlari va suvni so‘rib olish, organik moddalarning sintezlash hamda tuproqda ustu-vor tuzilish va ba’zi mevali daraxtlarda esa ko‘paytirish uchun foydalaniladi.
Ildizlar urug‘dan va vegetativ yo‘l bilan shakllanadi. Urug‘ning janinidan xashaki ko‘chat o‘sib, asosiy o‘q ildiz-ga ega bo‘ladi, so‘ruvchi ildizchalar esa vegetativ yo‘l bilan
ko‘paytirilgan daraxtlarda bo‘ladi. O‘q (asosiy) va so‘ruvchi ildizlarda yon ildizchalar shakllanadi.
Mevali daraxtlar ildizlari o‘sish darajalariga qarab guruhlarga bo‘linadi.
Eng kuchli o‘sgan, o‘q ildizlarda 2–3 tartibda ildizchalar shakllanadi. Skeletli (asosiy) ildizlarning yo‘g‘onligi 10 sm ga-cha bo‘ladi, yarim skelet ildizlar – ikkinchi va uchinchi tartib il-dizchalarga ega, o‘suvchi ildizchalari ingichka bo‘lib, yo‘g‘onligi 1–3 mm va juda kalta.
V.A. Kolesnikov tomonidan yaratilgan tasnif bo‘yicha me-vali daraxtlarning ildizlari quyidagilarga bo‘linadi: o‘suvchi, so‘ruvchi, o‘zgaruvchan va o‘tkazuvchan (2-rasm).
2-rasm. Sizot suvi yuza joylashgan yerda payvand qilinmasdan o‘stirilgan
12 yillik Rozmarin navli olma daraxtining ildizi.
O‘suvchi (o‘q) ildizning ko‘rinishi ochiq jigarrangga ega bo‘lib, uzunligi 1–10 mm ni tashkil qiladi va bu tipdagi ildizlar tuproqning yuza qatlamida joylashadi.
So‘ruvchi ildizlar asosan tuproqdan suv va mineral ozuqa-larni so‘rib oladilar, bu tipdagi ildizlar umumiy ildizlar asosida 90 foizni tashkil qiladi. Bu tipdagi ildizlar 15–25 kun yashab o‘zgaruvchan ildizlarga aylanadilar.
O‘zgaruvchan ildizlar – och jigarrang ko‘rinishga ega il-dizchalar bo‘lib ba’zi holatlarda o‘tkazuvchi ildizchalar finksi-yalarini bajaradilar.
Tuproqqa joylashganligiga qarab mevali daraxtlarning ildiz lari vertikal va gorizontal ildizlarga bo‘linadi.
Mevali daraxtlar ildiz tizimining ko‘rinishi va rivojlanishiga qarab xashaki ko‘chatlar, asosiy ildizli va ulangan, ya’ni vegeta-tiv yo‘l bilan ko‘paytirilgan daraxtlarga bo‘linadi.
Xashaki ko‘chatlar o‘sish va rivojlanish siklida doimiy ravish-da urug‘lardan shakllangan ildizlardan o‘sib rivojlanadi. Asosiy ildizli daraxtlar ham o‘zining ildiziga ega bo‘lgan yon ildizlar-dan shakllangan mevali daraxtlardir. Ulangan daraxtlar esa ikki komponentli, ya’ni payvandtag va payvandustdan iboratdir.
Barcha ildiz va ildizchalarning yig‘indisi ildiz tizimini tashkil qiladi. Mevali daraxtlar qariganiga qarab, asosan bu jarayonlar 25–30 yoshda (pakana, vegetativ payvandtaglarda) 25–40 yosh (urug‘li, xashaki payvandtaglarda) ildizlar siyraklashib boradi, mayda so‘ruvchi ildizlarning soni sezilarli darajada qisqaradi va pirovard natijada mevali daraxtlar o‘sishdan qolib, hosildorligi keskin kamayadi.
Mevali daraxtlarda ildiz tizimining joylashishi va rivojlani-shi uning ulangan payvandtaglariga hamda tuproq unumdorli-giga bog‘liq. Ildiz tizimining rivojlanishiga mevali daraxtlarning turi va nav xususiyatlari hamda tashqi muhit sharoitlariga ham bog‘liq.
Mevali daraxtlarning ildiz tizimi va uning yer ustki qismini tegishli o‘zaro uzviy bog‘liqligi mavjud. Mevali daraxtlarning il-diz tizimi qancha rivojlangan bo‘lsa uning shox-shabbalari ham yaxshi rivojlanadi va mo‘l hosil yaratish uchun zamin paydo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |