Issiqlik. Mevali daraxtlar uchun havo va tuproqning ha-rorati nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Daraxtlarning har bir nav va turlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosilining shaklla nish davrida barcha fiziologik jarayonlar tuproq va havo haro-ratining muayyan miqdorida o‘tadi. Наг bir mevali daraxt turi va navida ularning maqbul o‘sishi va rivojlanishi uchun o‘ziga mos keladigan past, o‘rtacha va yuqori harorat mavjud. Shuni qayd etish kerakki, mevali va rezavor mevali o‘simliklarning ichida eng ko‘p issiq harorat talab qiladigan mevalar bu-lar subtropik va sitrusli o‘simliklar hisoblanadi. Bularning o‘sishi, rivojlanishi va hosil elementlarining shakllanishi uchun faol harorat yig‘indisi muhim omillardan biridir.
Mamlakatimizda parvarish qilinadigan ko‘pgina past ha-roratga moslashgan mevali daraxtlarda ularning o‘sishi sut-kalik harorat +5°C bo‘lganida boshlanadi. Barg mevali da-raxtlarda fenologik o‘sush davrining (gullash, meva tugish, mevalarning shakllanishi va pishishi, novdalarning o‘sishi)
o‘tishi uchun eng muqobili bu havo haroratining 15–30°C da-rajada bo‘lishidir.
Mevali daraxtlarning har bir turi va navi uchun talab qili-nadigan maqbul harorat miqdori bo‘ladi va havo haroratiga qarab daraxtlarning rivojlanish davrlari va o‘sish fenofazalari, fotosintez, transpiratsiya, gullashi, mevalarining pishishi, biokimyoviy o‘zgarishlar va oziq moddalarning o‘simliklar ichida harakatlanishi hamda mevali daraxtlarda ontogenez va filogenez davrida yuz beradigan va boshqa jarayonlarda ketadi.
Shuni qayd etish lozimki, issiqlik tuproqda o‘tadigan fizik-kimyoviy va mikrobiologik jarayonlarning samarali va faol o‘tishi uchun zarur. Agar issiqlik haddan tashqari ko‘tarilib ket-sa, o‘simlikda o‘tadigan biokimyoviy jarayonlar, shu jumladan, fotosintezning kamayishiga olib keladi va pirovard natijada, o‘simlik o‘sishdan qoladi hamda ayrim holatlarda to‘liq nobud bo‘lishi ham mumkin.
Ba’zi mevali daraxtlar muqobil o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishi uchun uzoq muddatda sovuq bo‘lmaydigan ma’lum davr-ni talab qilib qolmasdan, balki bu davrlarni o‘tishida haroratning bir tekisda bo‘lishini talab qiladi.
V.I. Cherepaxin, V.I. Babuk, G.K. Karpenchuk (1991) ma’lu motlariga ko‘ra mevali daraxtlar o‘suv davrlarida o‘simlikning o‘zi issiqlikni har xil darajada talab qiladi. Masalan, ildizlar ba’zan +0° +2,0°C da o‘sadi, kurtaklarning yozilishi uchun +8° +10°C, meva kurtaklarning tabaqalanishi uchun esa +15° +18°C dan past bo‘lmagan harorat zarur. Yozning oxiri va kuzda yuqo-ri haroratda mevalarning yetilishi tezlashadi va ularning sifati ortadi.
O‘zbekistonda parvarish qilinadigan barcha mevali daraxtlar issiqlikka ko‘proq kurtaklarning bo‘rtishi, gullashi va changla nish davrlarida talabchan bo‘ladi. Agar bu davrlarda havo ha-rorati +14° +15°C dan past bo‘lsa, gullarning changlanishi yo-mon o‘tib, pirovard natijada, hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Mevali daraxtlarning ildiz tizimi jadal sur’at bilan tuproq
harorati +7° +20°C bo‘lganda o‘sadi va rivojlanadi, agar tuproq harorati +25° +30°C dan oshsa ildiz tizimining rivojlanish va o‘sishdan qolishiga sabab bo‘ladi. Mevali daraxtlarga garmsel va qurg‘oqchilik salbiy ta’sir qilib, meva va barglarning to‘kilishiga sabab bo‘ladi.
Issiqlikni ko‘proq mevali daraxtlar ichida sitrus o‘simliklar, anjir, anor, xurmo, shaftoli, bodom, yong‘oq, o‘rik, behi va gilos talab qiladi; nok, olxo‘ri, olma, malina esa nisbatan kamroq talab qiladi.
Mevali daraxtlar turlari va navlarining issiqlikka bo‘lgan talabi ularning kelib chiqish markazlariga bog‘liq. Yuqori ha-rorat mevali daraxtlarga katta zarar yetkazishi mumkin, past harorat ham ularga jiddiy zarar yetkazadi. Meva daraxtlari ning to‘qimalari muzlab qolib, natijada sovuqdan zararlanadi.
Muz o‘simlik hujayralari orasidagi bo‘shliqlarda ham, shu ningdek hujayralar ichida ham kristallana oladi. N.A.Maksimov, I.I.Gumanov va boshqalarning ma’lumotlariga ko‘ra, muz me-vali daraxtlarning qaysi joyida vujudga kelsa ham hujayraning suvini qochiradi, muzlagan suv erishi va protoplazmaning siqi-shi natijasida plazmadagi kolloid moddalar ivib qoladi.
Mevali daraxtlar qurg‘oqchilikka, issiqlikka va sovuqqa chi-damliligiga qarab guruhlarga bo‘linadi.
Qurg‘oqchilikka chidamlilik – mevali daraxtlarni garm-sel va qattiq issiqlikka chiday olishi biologik qobiliyatdir. Bu ko‘rsatkichga danakli mevalar urug‘lilarga nisbatan ko‘proq chidamliroq. O‘simliklarning hujayrasida issiqlik 50°C atrofida bo‘lsa, bu holatda barglar, tana va mevalarni zararlaydi.
Qishga chidamlilik – o‘simliklarning noqulay qishki sharoit-larga (sovuqqa, tuproq namligi, shamollar kuchi va hokazo) chi-day olish qobiliyatidir.
Sovuqqa chidamliligi bu o‘simliklarning nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan haroratlarda o‘sishi va hosil berish qobiliyati-dir.
V.I. Cherepaxin, I. Babuk, G.K. Karpenchuk (1991) ma’lumot lariga ko‘ra erta bahorda bo‘ladigan qora sovuqlar asosan mevali
daraxtlarning gullariga zarar yetkazadi, agar harorat –1,1 –1,6°C dan past bo‘lsa, gullarni sovuq uradi, kuzda harorat –2 – 3°C bo‘lsa, mevalarni saqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Barglarga va pishgan bir yillik o‘suvchi novdalarga harorat –4 –5°C dan tushganda jiddiy zarar yetkazadi, pirovard natijada barglarning muddatidan oldin to‘kilishi daraxtlarning qishga chidamlilik qo-biliyatini pasaytiradi.
Mevali daraxtlarni qishki sovuqlardan saqlash uchun o‘t kaziladigan agrotexnik chora-tadbirlar quyidagilar: sovuqqa chidamli tur, payvandtag va navlarni tanlashga, ayniqsa, kech gullaydigan navlar; mevali daraxtlarni qattiq sovuqlarga chi-damliligini ham hisobga olgan holda maydonlarga joylashti-rish; ko‘proq xashaki (urug‘i) payvandtaglarga ulangan nav-larni qo‘llash; sug‘orish va o‘g‘itlash tizimini oqilona va samarali foydalanishda azotli o‘g‘itlarni bog‘larga me’yordan ko‘proq kiritmaslik va sug‘orish me’yorini haddan tashqari oshirmaslik; daraxtlarda hosilli va o‘suv novdalarni teng mu-tanosibligi hamda o‘z vaqtida mevalarni yig‘ib-terib olish kabilardan iboratdir.
Shuningdek, mevali daraxtlarning sovuqdan zararlanish da-rajasi ularning tur va nav xususiyatlariga bog‘liq. Tur va nav-larning sovuqqa chidamliligi ularning uzoq vaqt davomida hosil qilgan irsiy xususiyati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |