Tashqi ko‘rinishi. Kapalagi qanotlarini yozganda 2 sm gacha yetadi. Oldingi qanotlari to‘q kulrang tusda, qoramtir to‘lqinsimon ko‘ndalang chiziqlar bilan qoplangan, qanotining uchida to‘q bug‘doy rangda tovlanib turadigan qo‘ng‘ir rangli dog‘i bo‘ladi. Keyingi qanotlari och qo‘ng‘ir tusda, ularning chetlarida och rangli popuk bo‘ladi. Tuxumi yassi shaklda, oq, uzunligi 1 mm keladi. O‘sib yetilgan qurti 14–20 mm uzun-likda, och pushti rangli. Qurtning boshi och qo‘ng‘ir tusda, ensasi sariq qalqonchali bo‘ladi. G‘umbagi tig‘iz qilib o‘ralgan qo‘ng‘ir rangli ipaksimon pilla ichida turadi. Pillasi jigarrangli bo‘ladi. G‘umbagining sirtida va qorin bo‘lagi uchida pixcha-lari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |