Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 2,33 Mb.
bet11/126
Sana27.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#414076
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
Bog'liq
bogdorchilik

Nazorat savollari:



  1. Urug‘li mevalarning kelib chiqish vatanini aniqlang.




  1. Rezavor mevali o‘simliklarga qaysi o‘simliklar kiradi?




  1. Mevali o‘simliklar qaysi guruhlarga bo‘linadi?




  1. Issiqlikning mevali daraxtlarning o‘sishi va hosil berishiga ta’sirini tavsiflang.

  2. Sovuqqa chidamli mevali daraxtlarni sanab o‘ting.

26


2. URUG‘LI MEVALAR (2 soat)

Mevali daraxtlar urug‘li, danakli, rezavor, yong‘oq me-vali hamda subtropik o‘simlik va rezavor meva guruhlariga bo‘linadi.


Har bir turning biologiyasi aniqlangandan keyin tuproq va iqlim sharoiti shu o‘simlik tabiatiga moslashtirilsa, al-


batta uning­ barvaqt hosil berishi, ko‘p umr ko‘rishini to‘liq ta’minlashi mumkin. Har bir o‘simlikning tashqi sharoitga bo‘lgan talabiga qarab respublika, viloyat, tumanlarda katta-katta maydonlarda mevazorlar barpo qilish mumkin. Biz uzoq umr ko‘rib, mo‘l hosil beradigan mevali daraxtlarning o‘sish va taraqqiyot qonunlarini yaxshi bilib olsak, o‘stirilayotgan yoki o‘stirilishi kerak bo‘lgan mevali daraxtlar uchun zarur sharoitni to‘liq yaratib bersak, uzoq umr ko‘rish va sifatli hosil berishini ta’minlagan bo‘lamiz.


Urug‘li mevalilarga olma, nok, behi kabilar misol bo‘ladi. Bular yetilish vaqtiga qarab 5 guruhga bo‘linadi: ertagi meva-lar urug‘li mevalarining boshqa guruhlariga nisbatan ertaroq yetiladi. Uzilgandan keyin uzoq vaqt saqlanmaydi, olis joylar-ga yuborishga unchalik yaramaydi, kimyoviy tarkibi jihatidan boshqalardan farq qiladi. Yozgi nav mevasi tusga kira boshla-gan vaqtda uziladi. Shunday qilinmasa, u tez pishib o‘tib ketadi, unsimon holga kelib qoladi, shirasi kamayib, mazasi yomonla-shadi, tez buziladi. Uzoq joylarga tashish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Ertagi mevalar oldin, kuzgi mevalar esa keyin teriladi. Kuzgi mevalar­ ham meva shoxchasidan oson ajraladigan, urug‘i jigarrang tusga kirgan va po‘sti shu navga xos rang hosil qilgan vaqtda uzib olinadi. Kuzgi nav mevalar yozgi navlarga nisbatan uzoqroq­ saqlanadi. Saqlash uchun mo‘ljallangan mevalar iste’mol qilish uchun yaraydigan darajada yetilishidan ancha ilgari terib olinadi. Bunda ularni iloji boricha kechroq yig‘ib olishga harakat qilinadi. Lekin mevalar sovuq tushguncha yoki yog‘ingarchilik boshlanguncha daraxtda qolib ketmasligi lozim. Kuzgi quruq kelgan yillarda hosilni kechiktirib yig‘ishtirish foydalidir. Chun-ki bu vaqtda mevalar yana yiriklashadi, rangi va hidi yaxshilana­



27


di. Kechki mevalar qishda yaxshi saqlanadi. Ularning ba’zilari masalan: «Zolotaya grayта», «Renet Simirenko» ancha vaqt buzilmay turadi. Yetilish muddatlariga ko‘ra meva navlarini gu-ruhlarga bo‘lish tartibi har bir tuman uchun alohida belgilanadi. Bitta navning o‘zi har xil o‘sish sharoitiga ko‘ra turli guruhga kirishi mumkin.



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish