Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 2,33 Mb.
bet62/126
Sana27.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#414076
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
Bog'liq
bogdorchilik

Ko‘chatlarga shakl berish. Ко‘chat o‘tqazilgandan keyin or-tiqcha shox-shabbalari va shoxlarining uchdan bir qismi o‘tkir bog‘ qaychisi bilan qirqib tashlanadi. Bunda markaziy novda yon shoxlarga nisbatan birmuncha uzunroq qoldirilib kesiladi. Bu-

104


lardan kelajakda yangi yon novdalar o‘sib chiqadi va yangi ya-ruslar paydo qilinadi. Ko‘chat o‘tqazilgandan keyin o‘z vaqtida butalanmasa, kelajakda daraxtlarga shakl berish qiyinlashadi. Bundan tashqari ko‘chatlarni ko‘chatzorlardan qazib olishda ildizining bir qismi tuproqda­ qolib ketadi. Bir qismi esa ekish davrida kesib tashlanadi. Natijada ko‘chatning yer ustki qismi bilan yer ostki qismining bir-biriga mutanosibligi yo‘qoladi. Markaziy va yon novdalar butalanganda yosh ko‘chatning yer ustki qismi bilan yer ostki qismi o‘rtasidagi mutanosiblik tikla-nadi. Natijada ko‘chatning ildiz tizimi yer ustki qismining oziq moddalarga bo‘lgan talabini yaxshi qondiradi va ko‘chat yaxshi rivojlanib tezroq hosilga kiradi.

Bir yashar olma va nok ko‘chatlari ekilganda 3–4 dona va novda bilan markaziy lider novda bo‘lsa yosh novdalarning o‘sishiga qarab 40–50 foiz qirqiladi. Hamma yosh novdalarning­ balandligi bir tekisda bo‘lishi kerak. Markaziy lider novda yosh novdalarga nisbatan 25–30 sm uzoqroq qoldiriladi. Bir tup yosh ko‘chatda markaziy novdaga yaqinlashib yon shoxlardan bir nechtasi keyingi­ yillarda ham o‘sishi mumkin. O‘tkir burchak hosil qilib o‘sgan kerakli novdalarni tirgovuch qo‘ymasdan o‘stirishga harakat qilinadi.


To‘g‘ri shakllangan daraxtlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: daraxtlarni parvarishlash ishi oson bo‘ladigan qilib shakl berish;­ daraxtning tanasi hamda shox-shabbalari quyosh nuri-dan yaxshi foydalanadigan qilib ma’lum oraliqda joylashtirish; daraxtlarning­ asosiy qismlari o‘zaro to‘g‘ri muvozanatda bo‘lishi kerak.




29-rasm. Shakl berish tizimlari.

105


O‘zbekistonda meva daraxtlari uyg‘onmagan davrda ke-siladi, sovuq 10–12°C dan oshganda daraxt shox-shabbalarini kesish to‘xtatiladi. Sovuqqa uncha chidamli bo‘lmagan mevali daraxtlarning­ tur va navlarini bahorga yaqin, fevralning ik­ kinchi yarmi va mart oyida kesgan ma’qul. Meva daraxtlari­ ning shox-shabbalari o‘tkir va toza asboblar bilan kesiladi. Olib tashlanadigan shox va novdalarni chala kesish yaramaydi.



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish