Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»


O‘g‘itlardan foydalanish va ularni yerga solish xususi-yatlari



Download 2,33 Mb.
bet58/126
Sana27.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#414076
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
bogdorchilik

O‘g‘itlardan foydalanish va ularni yerga solish xususi-yatlari. Yerdagi oziq elementlarning eng ko‘p qismini daraxtlar

99


meva, so‘ngra esa barg hosil qilishga va shu yilgi novdalarning o‘sishiga sarflaydi. Daraxt qancha qari bo‘lsa, yerdan oziq mod-dalarni shuncha kop oladi. Yil davomida o‘simlik oziq mod-dalarning ko‘p qismini o‘siv davrining birinchi yarmida, asosan bahorda, ya’ni jadal o‘sayotganda, so‘ngra esa o‘suv davrin-ing ikkinchi yarmida, ya’ni shoxlar vo‘g‘onlashayotganda va shox-shabbalari quloch yozayotganda, mevalari o‘sib, zaxira oziq moddalar to‘planayotgan vaqtda oladi. Вu davrlar o‘g‘it solishda muhim davr hisoblanadi. O‘suv davrining oxirida o‘simliklarning oziq moddalarning yutishi deyarli to‘xtaydi. Meva daraxtlarining­ guli, tugunchalari va barglarida azot, fosfor hamda kaliy eng ko‘p, qari tanasi va yo‘g‘on ildizlarida kamroq bo‘ladi. Shunin, uchun meva daraxtlari juda ko‘p gullaganda gul va tugunchalarning ko‘pi to‘kilib ketsa, undagi oziq moddalar kamayib qoladi.

Azotning barcha mineral tuzlari (ammiakli tuzlaridan tashqari) tuproqqa singmaydi va ular yerga solinganda past-ki qatlamlarda osongina yuvilib ketishi mumkin. Bu hol sho‘rlangan yerlarni yuvishda sizot suvlari yuza bo‘lganda, yer me’yorsiz sug‘orilganda, ayniqsa, tuproq yer ostida shag‘al toshli qatlam bo‘lganda yuz beradi. Azotning yuvilib ketishi-ni kamaytirish va o‘simliklar uni yaxshi o‘zlashtirishi uchun yengil hamda juda nam tuproqli yerlarga azotni kam doza-da, donador qilib solish lozim. Ammiakli azot yerga yaxshi singadi va tuproqda ushlanib qoladi. Shuning uchun uni yerga istagan vaqtda va hatto, kuzdan boshlab solish ham mumkin. Yer haddan tashqari nam bo‘lib zichlanib ketsa va unda selit­ ra yoki organik qoldiqlar juda ko‘p to‘planib qolsa, nitratlar parchalanib, erkin azot ajralib chiqadi va u tuproqdan uchib ketishi mumkin.


Fosfor tuproqda azotga nisbatan juda sekin siljiydi. Shuning uchun uni yerga erta kuzdan boshlab, mumkin qadar chuqur-roq va meva daraxtlari ildizlariga yaqinroq qilib solish kerak. Fosforning­ eriydigan xillari kalsiy, temir va boshqa asoslar bilan birikadi hamda daraxtlar qiyin o‘zlashtiradigan xiliga aylanadi.



100


Buning oldini olish uchun fosforni uch–besh yilda bir marta katta dozada sochmasdan, chuqur egatlarga to‘p-to‘p qilib yoki donador shaklda solish kerak.

Fosfor va kaliy (besh yilga mo‘ljallab) uzunasiga hamda ko‘ndalangiga ketgan egatlarga 50 sm chuqurlikda solinganda yaxshi natijalarga erishilgan.


Bunday holda olma va shaftolilarning shoxi fosfor-kaliy yuza solingan yerdagi daraxtlarnikiga qaraganda 12,2–29,7 foiz, as-similyatsiya yuzasi 54,4–65,4 foiz ortadi, hosildorlik esa shafto­ lida 1,3, olmada 2,0–3,4 marta ko‘payadi.


Binobarin, o‘g‘itlarni chuqur va sochib solish bog‘larning hosildorligini oshirish uchun fosfor va kaliydan foydalanishning eng rat- sional usuli hisoblanadi.


G.K.Karpenchuk (Uman) tajribalariga ko‘ra o‘g‘itlarni qat­ lamlarga solish ham daraxtlarga yaxshi ta’sir etadi. Bunda o‘g‘itlar daraxt tanasidan 2 m narida – 15 sm chuqurlikka, 3 m narida – 25 sm chuqurlikka va 4 m narida – 38–40 sm chuqur-likka solingan. Ular shu tariqa solinganda, shox-shabba zonasida yerga notekis joylashgan ildiz tizimiga yaqinlashib borgan.


O‘zbekiston tuproqlarining ko‘pchiligida kaliy yetarli miq-dorda boladi, shuning uchun o‘simliklar unga ehtiyoj sezmaydi. Ammo ko‘p sug‘oriladigan, shag‘altosh aralash tuproqli, shu­ ningdek sizot suvlari yuza (1,5 m dan yuqori) bo‘lgan yerlarning­ haydalma qatlamida­ kaliy kamayib ketishi mumkin. Bunday holda yerga kaliy solishga to‘g‘ri keladi. Kaliyni barcha tuproq-lar yaxshi saqlab qoladi. Tuproqda uning taminan 40–50 foiz va undan ham ko‘prog‘i sarflanadi.





















Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish