Hayot kechirishi. Qalqondor bir yilda ikki marta avlod be-radi. Jinsiy jihatdan o‘sib yetilgan, urg‘ochilari daraxt shox va tomirlarida qishlaydi. Tekis zonadagi bog‘larda aprelda, tog‘ oldi zonasida may oyida tuxum qo‘yadi. Bitta urg‘ochi qalqonda 20–50 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘yish davri bir yarim oygacha cho‘ziladi. 8–10 kun o‘tgach, tuxumlardan lichinkalar chiqib butun novdalarga, barg va mevalarga tarqaladi. Lichin kalar o‘zlari yopishib olgan joyda turadi. Hayoti davomida ikki marta tullaydi.
Lichinkaning bir qismi erkak qalqondorga aylanadi. Ular juftlashgandan keyin urg‘ochi qalqondor tuxum qo‘yishga kiri-shadi. Avgust-sentabr oylarida qishlaydi. Qalqondorlar rangdor mevalar, jumladan, «Parmen zimniy zolotoy», «Persikovoe letnoe», «Vaynsep va Rozmarin» navlariga katta zarar yetka-zadi. «Renet Simirenko», «Zolotaya grayma» navlarini kamroq shikastlaydi.
Yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olib, kerakli joyga yuborish mevachilik va tokchilik xo‘jaliklarida juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu ishlarning qanchalik muvaffaqiyatli bajarilishi fermer
va shirkat xo‘jaliklari iqtisodiyotining kelgusida mustahkamlan-ishi va rivojlanishiga bog‘liq. Shuni qayd etish lozimki, meva ni saqlash va qayta ishlashni bilmaydigan mutaxassislar qo‘lida mavjud eng yaxshi hosil ham sifatsiz mahsulotga aylanib qolishi mumkin.
Muddatidan ilgari uzilgan mevalar nordon, shirasiz, rangi xunuk va tez zaharlanadigan bo‘ladi. Ularni saqlab qo‘yganda burishib qoladi, uzoqroq joylarga tashishga yaroqsiz bo‘ladi va tezda sasib ketadi. Kech uzilgan mevalar esa shirasiz va mazasini yo‘qotib qo‘yadi. Bunday mevalarni uzoq saqlab bo‘lmaydi.
Meva va uzumlarni uzish muddati ularning pishganligini ko‘rsatadigan nav belgilariga qarab aniqlanadi. Pishgan meva-larni uzish muddati ularning iste’mol qilinishiga qarab ham turli-cha bo‘lishi mumkin, ya’ni ularni sanoatda qayta ishlash, ho‘llik vaqtida yeyish yoki sotish hamda uzoqroq joylarga yuborilishiga qarab ertaroq va kechroq uzish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston sharoitida sanoatda qayta ishlash uchun uzilgan turli xil mevalar konserva qilingandan keyin ham o‘zlarining eng yaxshi xislatlarini saqlab qolishlari kerak. Masalan, o‘rik, shaftoli, olxo‘rini yashillik (dumbulroq) vaqtida uzib, murabbo pishirilsa, ular ezilib ketmaydi.
O‘zbekistonning uzoq joylariga yuboriladigan mevalarning juda ozchiligi ko‘k vaqtida uziladi. Bunday mevalar uzoq joy larga yetkazib berilguncha buzilmasdan, yaxshi pishib o‘zining sifatini saqlagan holda xaridorlarga yetib boradi. Agar ular ho‘lligida yeyiladigan yoki o‘sha joyning o‘zida sotiladigan bo‘lsa, bu mevalarni to‘la yetilib pishgan vaqtda uzish tavsiya etiladi. Bu mevalarning mazasi, hidi, rangi va etining qattiq-yumshoqligi o‘sha mevaning naviga qarab bo‘ladi. Ularni saqlab qo‘yganda pishib o‘ta boshlaydi, sifatini yo‘qotadi va buziladi. Qishki olma, noklar esa uzilgandan bir necha oy o‘tganidan ke yingina yeyishga yaroqli bo‘ladi.
Mevalarning pishganligini ko‘rsatadigan eng asosiy bel-gilardan biri – ularning rangidir. Urug‘li mevalarning pish-
magani yashil va yashil -sariq, pishgani esa sariq rangda bo‘ladi. Danakli meva va uzumlarning pishmagani yashil va yashil-sariq, pishgani esa sariq, qizil-ko‘k, qora va boshqa ranglarda bo‘ladi.
Rang mevaning po‘stida yoki etida bo‘lishi mumkin. Mevalarning rangi daraxtning o‘sish sharoitiga, quyosh nurla-rining tushishiga, tuproqqa, o‘g‘itlashga, havo haroratiga, shox-shabbalarning qalinligiga va boshqa faktorlarga qarab to‘q yoki och bo‘lib o‘zgarishi mumkin. Meva pishganida o‘ziga xos rang-ga va hidga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |