Tashqi ko‘rinishi. Po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izning tana uzunligi 4 mm, qanot qalqonlari yaltiroq, mo‘ylov va oyoqlari qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Lichinkalar oq, oyoqsiz, bukri, baquvvat jag‘li bo‘ladi.
Hayot kechirishi. Lichinkalari daraxt po‘stlog‘i tagidagi yo‘llarda qishlab martning ikkinchi yarmi va aprelda g‘umbakka aylanadi. Aprel oxirida g‘umbaklardan qo‘ng‘izlar uchib chiqa-di. Urg‘ochi qo‘ng‘iz oziqlanayotganda po‘stloqni kemirib 5– 10 sm uzunlikda yo‘l va uning yonlariga egatchalar yasaydi. Shu egatchalariga tuxum qo‘yadi. Bu zararkunanda mavsumning boshidan oxirigacha ikki marta avlod beradi.
Meva po‘stloqxo‘ri keksayib qolgan, yaxshi parvarish qil-maslik yoki sovuq, oftob urish va qalqondorlar shikastlashi nati-jasida po‘stlog‘i ko‘chib zaiflashgan daraxtlarni ko‘proq zarar-laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |