Xloroz kasalligi. Bu kasallikka uchragan tokning barglari sarg‘ayib, ularning asosiy tomirlariga yaqin qismigina yashilligi-cha qoladi. Xloroz kasalligi bilan og‘rigan toklar uzumni kam tugadi va ba’zan qurib qoladi.
Bu kasallik ko‘pincha tuproqda tez eriydigan ohak keragidan ortiqcha bo‘lishi hamda temir modda yetishmasligidan vujudga keladi. Markaziy Osiyoda xloroz kasalligi ko‘pincha tuproqda ohakning keragidan ortiqcha bo‘lishi sababli paydo bo‘ladi. Xlo-roz kasalligi bilan zararlangan toklarda ba’zan novdalar ham sarg‘ayib, ularning uchi quriydi. Bunday novdalarning bo‘g‘im oraliqlari qisqaradi, mayda bargli ingichka bachkilar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |