Dog‘li antraknoz kasalligi. Dog‘li antraknoz kasalligi tokning novda, barg, to‘pgul va mevalariga tushadi. Kasal-lik tushgan novdalarda dastlab oq-kulrang dog‘chalar paydo bo‘ladi. So‘ngra bu dog‘lar asta-sekin kengayib, chuqurlashib ko‘pincha bir-biriga tutashib cho‘zinchoq shaklga aylanadi. Keyinchalik bunday dog‘lar o‘rniga egri-bugri chetli yara-lar vujudga keladi. Yaralarning chetlarida bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Dog‘lar qorayadi. Kasallik kuchayganda novdalar ko‘mirdek qorayib ketadi. Shikastlangan novdalar qiyshaya-di, mo‘rt bo‘lib qoladi va shamol vaqtida sinadi. Kasallangan novdalardagi barglar kichrayadi va ko‘pincha quriydi. Dog‘li antraknoz kasalligi ko‘klam faslining seryog‘in bo‘lgan yil-larning may oyida juda kuchayib ketadi. Dog‘li antraknoz kasalligi zamburug‘ning ta’siri bilan boshlanadi. Bu zambu-rug‘ kasal novdalarning to‘qimalari ichida zamburug‘ shaklida qishlaydi.
Havo harorati 23–32°C bo‘lganda bu kasallik kuchayib ketadi. Bu kasallik mavsum davomida juda ko‘p avlod berishi mumkin. O‘zbekistonning hamma rayonlarida uchraydi. Antraknoz bilan 3–4 yil og‘rigan tok quriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |