Uzum boshlarini siyraklashtirish. G‘ujumlari yaxshi rivojlangan ancha chiroyli uzum boshlarini yetishtirish uchun ulardan bir nechta g‘ujum yoki ularning ayrim shoxlari olib tashlanadi. Bunda umumiy hosil kamayadi. Ток gullab uning gullari tabiiy to‘kilganda 10–15 kundan keyin siyraklashtira boshlanadi.
Tokni qo‘shimcha sun’iy changlash. Gullar to‘kilib g‘ujumlarning maydalashib ketishining oldini olish uchun tokni sun’iy ravishda qo‘shimcha changlash samarali tadbir hisobla-nadi. Funksional urg‘ochi gulining navlarini sun’iy changlash-da tokning ikki jinsli navlaridan ilgari tayyorlangan va yangi yig‘ilgan changdan foydalaniladi. Ikki jinsli navlar yoppasiga gullagan davrda to‘pgulini sekin silkitib chang qog‘oz xaltacha-larga yig‘ib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |