Mevalarni xillash. Mevalar sifatiga qarab saralangandan ke-yin, kattaligiga qarab xillanadi. Xillash paytida mevalarni tovar navi bir xilda bo‘lgan bir necha turkumga ajratib, keyin idish-larga joylashtiriladi. Mevalarni xillashdan maqsad shundan ibo-ratki, ularning idishlarda chayqalmasligi, to‘g‘ri joylanishi, har bir yashikka ma’lum miqdordagi mevaning solinishi, mahsulot-ning sifatli bo‘lib ko‘rinishi hamda ularni omborlarda saqlash va sotish ishlarini to‘g‘ri uyushtirishdan iboratdir.
Mevalarni quritish. Meva va uzumlar maxsus quri tish maydonlarida oftobda quritiladi. Mevalarni tashib kelti-rishni yengillatish uchun bunday maydonlarni mevali bog‘lar va tokzorlarga yaqin joylarda qurish tavsiya etiladi. Toza va rangi chiroyli qoqi olish uchun mevalarni taxta patnislar us-tida quritish kerak. Uzumlarni qaynoq ishqor eritmasiga solib olish uchun bitta o‘choq qurilib, uning har biriga 250–300 litrli ikkita qozon o‘rnatiladi. Kattaroq bog‘larda esa ishni tezlatish uchun ana shunday qozonlar o‘rnatiladigan ikkita o‘choq qurili-shi shart.
Qozonlar bir-biriga yonma-yon quriladi. Tajriba shuni ko‘rsa tadiki, 350 litrli qozondagi ishqor eritmasini o‘zgartirmasdan turib 6 s uzumni ishqorlab chiqish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |