Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 2,33 Mb.
bet108/126
Sana27.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#414076
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
Bog'liq
bogdorchilik

8. TOKZORga ISHLov beriSH


(2 soat)

Tokning yashil qismlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga quyi­ dagilar kiradi: yashil ­novdalarni xomtok qilish, novdalar uchini chilpish, tok gullarini sun’iy va qo‘shimcha changlash, uzum boshlari va g‘ujumlarini siyraklashtirish,­ novdalarni halqalash hamda uzum pishish davrida hosilga soya solib turuvchi barg­ larni olib tashlash.


Bu ishlarning barchasi fitotexnika deb atalib, ularni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishi, oziqlantirishni tartibga solish, yorug‘lik, issiq-likdan samarali foydalanish, vegetativ hamda generativ organ-larning o‘zaro munosabatlarini yaxshilash uchun qulay sharoit yaratish, tok tuplarining shaklini saqlash va h.k. dan iborat. Ortiqcha novda va barglarni olib tashlash ona tokzorlarda ham amalga oshiriladi. Bu sog‘lom va sifatli qalamchalar tayyorlana-digan yaxshi rivojlangan novdalarni yetishtirish imkonini beradi (Sh. Temurov, 2002).


Xomtok. Xomtok qilish – ortiqcha yashil novdalarni olib tashlab, qolgan novdalarning rivojlanishi, tupning yaxshi yetili-shi, to‘pgullarning changlanishi va meva tugishi uchun sharoit yaratishdan iborat.

O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida novdalar 10–15 sm ga yetganda xomtok qilinishi boshlash kerak, chunki shundagina hosil beradigan va bermaydigan novdalarni bir-biridan farq qilish­ mumkin bo‘ladi. Birinchi xomtok gullaguncha tugallani-shi lozim. Yashil novdada birinchi gajakdan yuqorida, odatda, to‘pgul hosil bo‘lmaydi, shuning uchun birinchi gajak paydo bo‘lib, unda to‘pgul bo‘lmasa, hosilsiz novda bo‘ladi, uni xomtok qilish va olib tashlash mumkin. Xomtokni kechiktirib bo‘lmaydi, uni novdalar hali yumshoqligida va ularga hali oziq moddalar ko‘p sarflanmaganda o‘tkazish lozim. Tokni pastki qismidan xomtok qila boshlash kerak­. Hosil novdasidagi ortiqcha yashil novdalar, birinchi navbatda, qo‘sh novdaning hosilsiz, eng kuch-siz bittasini olib tashlash so‘ngra esa hosilsiz, kuchsiz, to‘mtoq



153


o‘sgan, noqulay joylashgan ba’zi novdalarini o‘z vaqtida siyrak-lashtirish kerak. O‘rinbosar butoqda ikkita novda qoldiriladi: keraksiz uchinchisi eng pastki va tupning ichkari tomoniga qa-rab o‘sayotgani olib tashlanadi.



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish