Simbag‘az o‘rnatish texnikasi. Kartalarning burchagiga, tok turlari qator orasi uchun qabul qilingan masofaning teng yarmidagi oraliqda, o‘rtadagi tomonga va tok qatorlaridan 10– 12 sm nariga asosiy ustunlar o‘rnatiladi. Ular orasiga sim tor-tiladi va shu sim bo‘уlab 70 sm chuqurlikdagi o‘ralarga barcha keyingi ustunlar o‘rnatiladi.
Yerni ishlash va sug‘orish. Tokzor yerini ishlash toklar ning sifatli va barqaror mo‘l hosil beradigan bo‘lib yaxshi o‘sishi
uchun qulay sharoit yaratadi. Yerni ishlash tufayli tuproq aeratsi-yasi uchun sharoit yaratishga, begona o‘tlarga qarshi kurashish-ga, o‘g‘it solish va toklarni qishlash uchun ko‘mishga erishiladi.
Tokzorlar yerini kuzda haydash ishi toklarni qishda ko‘mish bilan birga olib boriladi. Yer PRVN-2,5 markali mashinada 25– 30 sm chuqurlikda haydaladi.
Qo‘lda ko‘miladigan tokzorlar ham PRVN-2,5 markali plug bilan tuproqni tashqariga ag‘darib haydaladi. Tok yerda o‘stiriladigan tokzorlarda esa bahorda tok ochilgandan so‘ng yer bir marta yoppasiga chopiladi, yozda sug‘orilgandan keyin ariqlar yumshatiladi va qatorlardagi begona o‘tlar yo‘qotilib cho-piladi.
Sug‘orish. Tok ildiz tizimining baquvvat rivojlanganligi, so‘rish kuchining kattaligi va yashash sharoitiga qarab o‘zining anatomik, fiziologik tuzilishiga ko‘ra qurg‘oqchilikka nisbatan chi-damli bo‘ladi. Shu bilan birga barcha organlarining suvga nisbatan katta talabchan bo‘lishiga ko‘ra, u mezofit o‘simlik hisoblanadi, biroq namlikdan qattiq ta’sirlanadi. Zangining o‘sishi, hosil tugi-shi, uning pishishi davrida tok har kuni suv bug‘lantiradi. O‘suv davrida suvning eng ko‘p qismi bug‘lanishga ketadi. O‘zbekiston sharoitida tokzorlarni sug‘orishda asosan egat va bostirib sug‘orish usullaridan foydalaniladi.
O‘g‘itlash. Ток bir joyda ko‘p yil davomida o‘sib, tuproq-dan ko‘p oziq moddalar oladi. Akademik R.R. Shreder nomi-dagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining ma’lumotlariga ko‘ra, gektaridan 200–300 s hosil olinganda bir yillik o‘sish va olingan hosil hisobiga tok yerdan 89–102 kg azot, 40–50 kg fosfor va 200–300 kg kaliy oladi. Tok oziq moddalarning asosiy qismini gullay boshlagandan to mevasi pisha boshlaguncha talab qiladi (A. Ribakov, S. Ostrouxova, 1981).
Tokzor barpo qilish uchun ajratilgan uchastka tuprog‘ining unumdorligini oshirish uchun yerni ag‘darib haydashdan oldin yaxshi chirigan go‘ng yoki kompost (gektariga 40 t) yoki buning o‘rniga gektariga 180–220 kg fosfor va 100–120 kg kaliy (sof
oziq modda hisobida) mineral o‘g‘it solish kerak. Hosil beradigan tokzorlarni o‘g‘itlash me’yori gektariga: 120 kg azot, 90 kg fosfor va 30 kg kaliy yoki mineral o‘g‘itga aylantirib hisoblanganda 350 kg ammiakli selitra, 600 kg ammoniy sulfat, 500 kg superfosfat va 60–90 kg kaliyli tuz solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |