Boburning portret yaratish mahorati



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)

1. Shoirlar obrazi; 
2. Rassomlar obrazi; 
3. Sozandalar obrazi. 
Boburning hayotiy va ijodiy faoliyatida ma‘naviy ustoz, hamtariqat sifatida 
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylarning ham alohida o‗rni bor. Bu ikki 
siymo bilan garchi Bobur uchrashmagan, suhbatlashmagan bo‗lsa-da, ularning 


ma‘naviy ko‗magidan doimo umidvor bo‗lib yashagan. Bobur ―Boburnoma‖ning 
juda ko‗p o‗rinlarida bu siymolar haqida fikrlar yuritadi. Xususan, Abdurahmon 
Jomiy to‗g‗risida 
“Bu jumladin bir Mavlono Abdurahmon Jomiy edikim, zohir va 
botin ulumida ul zamonda ul miqdor kishi yo„q edi. She‟ri xud ma‟lumdur. 
Mulloning janobi andin oliyroqdurkim, ta‟rifqa ehtiyoji bo„lg„ay. G„oyatash 
xotirg„a kechtikim, bu muhaqqar ajzoda tayammun va tabarruk jihatidin alarning 
otlari mazkur va shammayi sifatlaridin mastur bo„lg„ay”. “Shu‟arodin bu 
jam‟ning ham saromadu sardaftari Mavlono Abdurahmon Jomiy edi”
(“B1”. 300-
bet).
Bobur Abdurahmon Jomiyni ko‗p bor tilga oladi, uning ijodiga yuksak baho 
beradi. O‗zi tarjima qilgan ―Volidiya‖ asarini Jomiyning ―Subha‖ risolasi vaznida 
bitadi. Boburning bu zotga nisbatan alohida e‘tiborda bo‗lishining sababi ham 
naqshbandiya tariqatiga e‘tiqodi natijasidandir.
―Boburnoma‖da adabiyot – san‘at ahllariga, jumladan 
Alisher Navoiyga
ham katta o‗rin berilgan. Bobur yigirmaga yaqin o‗rinda Alisher Navoiyni tilga 
oladi, unga bo‗lgan munosabatini bildiradi.
Bobur o‗z otasi Umarshayx haqida 
gapirar ekan, boshqa shoirlar qatori Alisher Navoiyning ―Xamsa‖sini o‗qiganligini 
eslaydi. Keyinchalik, Bobur Samarqandni olganda Alisher Navoiy unga maktub 
yo‗llaganligini va Bobur ham unga javob xati yozib, maktub orqasida turkiy bayt 
bitib yuborganligini aytadi. Boburning Alisher Navoiy haqidagi qator fikrlari 
bugungi kun adabiyotshunoslik fani nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir.
Hazrat 
Alisher Navoiyning shaxsiy fazilatlari, ulug‗ shoir hayotiga va ijodi haqida ko‗plab 
fikrlar, mulohazalar bildirilgan. Alisher Navoiy hayoti sahifalari, ijodi haqida 
muayyan tasavvur beruvchi asarlardan biri –―Boburnoma‖ asaridir. Zero, asarda 
Navoiyga, uning asarlariga oid batafsil va aniq ma‘lumotlarni ko‗plab 
uchratishimiz mumkin. Jumladan, Alisher Navoiyning Sulton Husayn Boyqaro 
bilan munosabatlari, ulug‗ mutafakkirning Xuroson davlati tizimida tutgan 
mavqeyi, u kishining tabiati, san‘at ahliga qilgan g‗amxo‗rligi, oilaviy hayoti va 
vafoti singari masalalar aniq bayon etilgan. Albatta, bunga Boburning Navoiy bilan 
nisbatan bir makonda bo‗lganidan tashqari, uning ijodi davr adabiyoti bilan uzviy 


bog‗liqligi, Navoiyning davr shoirlariga yo‗lboshchiligi ham sabab bo‗lgan. 
Asardagi voqealar bayonidan Bobur o‗z ijodida Alisher Navoiyni o‗zi uchun ustoz 
bilib, u kishining hayot yo‗lini ham o‗zi uchun ibrat maktabi sanaganligi yaqqol 
sezilib turadi. 
Bobur asarida Alisher Navoiyni o‗zgacha bir g‗urur va mehr bilan tilga 
oladi. ―Boburnoma‖da Alisher Navoiy haqida ―ko‗p va xo‗b‖ ma‘lumotlar beriladi. 
Bobur Navoiyning shaxsiy hayoti, ijodi, ijtimoiy va siyosiy faoliyati, yaqinlari, 
atrofidagi kishilari, xullas, u haqdagi barcha ma‘lumotlarni berishga harakat qiladi. 
Boburning unga nisbatan hurmati va ehtiromi baland ekanini ―Boburnoma‖da 
keltirilgan fikrlardan ham anglash mumkin.
―Boburnoma‖da muallif Alisher Navoiy haqidagi tasavvur va taassurotlari 
bilan o‗rtoqlashish chog‗ida shoir nomini faxr-u g‗urur ila xotirlaydi. Zahiriddin 
Muhammad Bobur ushbu asarida Navoiy bilan uchrashish uning uchun armonga 
aylangani, ammo shunday bo‗lsa-da, Bobur qalbiga quvonch va g‗urur baxshida 
etuvchi Navoiydan yodgorlik sifatida 1500-yilda shoirning yozgan qadrli 
maktubini asrab-avaylashini qayd etadi. 
 
―Boburnoma‖dagi Alisher Navoiy haqidagi ma‘lumotlar o‗ta muhim, keng 
qamrovli, mufassalligi bilan ahamiyatli. O‗rta asrlarda Alisher Navoiy haqida 
yozilgan ma‘lumotlarning birortasi ma‘lumotlarning boyligi, muhimligi, aniqligi 
va jozibaliligi jihatidan ―Boburnoma‖dagi bitiklar bilan bellasha olmaydi, desak 
mubolag‗a bo‗lmaydi. Alisher Navoiy va Boburning shaxsiy munosabatlari 1500 
yillar – Boburning Samarqandni ikkinchi marotaba qo‗lga kiritganidan boshlanadi.
Bobur hayoti davomida Alisher Navoiy asarlaridagi durdona hikmatlardan, 
betakror ifodalardan hamisha ilhomlanib yashaganini qayd etadi. Xususan, 
―Boburnoma‖ muallifi Navoiyning barcha asarlarini o‗qib chiqqani to‗g‗risida 
ma‘lumotlarni keltirib o‗tadi. Shuningdek, Navoiyning ―Xazoyin ul-maoniy‖ asari 
hamda masnaviy dostonlariga mehri bo‗lakchaligini yuksak ta‘riflari bilan bildirib 
o‗tadi. 
“Turkiy til bila to she‟r aytyubturlar, hech kim oncha ko„p va xo„p aytqon 
emas” (“B1”. 287-bet),
- deya bir gap bilan Navoiy ijodi beqiyos va bebaho 
ekanligini ifodalaydi.


Asarda Alisher Navoiyni Hirot adabiy muhitining piri murshidi va homiysi 
siymosida ko‗ramiz. Uning bu yo‗nalishdagi faoliyatiga ham Bobur yuqori baho 
beradi. Qulmuhammad, Shayx Noyi, Udiy kabi musiqachilar, Behzod, Shoh 
muzaffar kabi musavvirlar, shoirlar, xattotlar va hunarmandlarga rahnamoligi ular 
kamolida muhimligini ko‗rsatadi: 
“Ahli fazl va ahli hunarg„a Alisherbekcha 
murabbiy va muqavviy ma‟lum emaskim, hargiz paydo bo„lmish bo„lg„ay
‖ 
(“B1”. 
288-bet)
.
―Boburnoma‖da Husayn Boyqaro beklari birma-bir sanalib, navbat Alisher 
Navoiyga kelganda, muallif quyidagi ta‘rifni keltiradi: 
“Yana Alisherbek Navoiy 
edi, begi emas, balki suhbatdoshi edi. Yoshligida Husayn mirzo bilan maktabdosh 
ekandirlar. Xislatlari ko„p ekan”. 
Bobur asarda Alisher Navoiyning olti masnaviy 
kitob yozganini alohida ta‘kidlab, bunday yozadi: 
“Olti masnaviy (doston) kitob 
nazm qilgan: beshi “Xamsa” javobida, yana biri “Mantiq ut-tayr” vaznida “Lison 
ut-tayr” nomli. To„rt g„azaliyot devonini tuzgan: “G„aroyib ussig„ar”, “Navodir 
ush-shabob”, “Badoye‟ ul-vasat”, “Favoid ul-kibar”. Yaxshi ruboiylari ham bor” 
(“B1”. 287-288-bet).
Bobur Mirzo Alisher Navoiyning adabiy faoliyati xususidagi gaplarni 
davom ettirib, uning ―Mezon ul-avzon‖ asari haqida ham alohida to‗xtalib o‗tadi. 
Bobur Alisher Navoiyning zullisonayn ijodkor ekanligini inobatga olib, uning fors-
tojik tilidagi merosi haqida ham ma‘lumotlar keltiradi va bunday yozadi: ―
Forsiy 
devon ham tartib qilibtur. Forsiy nazmda “Foniy” taxallus qilibtur, ba‟zi abyoti 
yamon emastur, vale aksar sust va furudtur” (“B1”. 288-bet)
.
Fors-tojik adabiyotining bilimdoni A.Mirzayev Alisher Navoiyning fors-
tojik tilidagi merosi bilan uzoq shug‗ullanib, o‗z tadqiqotlarida qimmatli ilmiy 
xulosalarga kelgan. Olim Alisher Navoiyning fors-tojik tilidagi merosiga tayanib, 
XV asr adabiyotining Abdurahmon Jomiydan keyingi buyuk siymosi tarzida 
ta‘kidlab o‗tadi. Asarda Abdurahmon Jomiy singari Alisher Navoiy ham o‗z 
maktublarini yig‗ib, to‗plam (―Munshaot‖) tuzganligi haqida mulohazalar mavjud. 
Bobur bu haqda quyidagicha yozadi: 
“Ul jumladin, insholarini Mavlono 


Abdurahmon Jomiyg„a taqlid qilib jam‟ qilibtur. Hosila kalom, har kimga har ish 
uchun har hatkim bitibdur, yig„ishtirubdur” (“B1”. 288-bet)
.
―Boburnoma‖dan ma‘lum bo‗lishicha, muallif ayrim o‗rinlarda Alisher 
Navoiyga juz‘iy tanqidiy munosabatda bo‗lgani kuzatiladi. Boburning bunday 
bergan baholari bizni diqqatimizni tortadi. Mumtoz adabiyotimizda xoh u forsiy 
tilda, xoh turkiy tilda bo‗lsin – Navoiy ijodiga tanqidiy yondashgan munaqqidni 
qariyb uchratmaymiz. Bu shijoatni faqat Bobur o‗z bo‗yniga olgan. ―Boburnoma‖ 
asarini o‗qir ekanmiz, bu mutolaa orqali hazrat Alisher Navoiyga zamondosh 
bo‗lgan Bobur Mirzoning ulug‗ mutafakkir haqidagi qimmatli fikrlarini yana bir 
bor yodga olamiz. Buyuk Alisher Navoiyning ibratli hayot yo‗li, u kishining 
bebaho adabiy, ilmiy merosi, yuzlab shogirdlar qoldirgani bugungi kun uchun 
chinakam ibrat maktabidir.
Bobur o‗z asarida 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish