Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


 ‘rta Osiyo viloyatlari ahamoniylar davlati tarkibida1



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

0 ‘rta Osiyo viloyatlari ahamoniylar davlati tarkibida1

IV  asrlarga  kelib  ahamoniylaming  markaziy  hokimiyati  kuchsizlana 

boshlagach,  zulm  asoratida  b o ig a n   xalqlar  o ‘z  mustaqilliklariga 

erishish  imkoniyatiga ega b oid ilar.  0 ‘rta Osiyoda o ‘z mustaqilligiga 

birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi.

Baqtriya  esa to  makedoniaylik Aleksandr  (Iskandar Zulqamayn) 

istilosiga qadar ahamoniylar hukmronligi  ostida b o ig an .

1  Sagdullayev A. va boshq. K o‘rsatilgan adabiyot. 43-bet.



48

VATAN  TARIXI



4.  0 ‘R TA   O SIY O   X A L Q L A R IN IN G   M A K E D O N I Y A L I K  

A L E K S A N D R G A   Q A R SH I  E R K   VA  O Z O D L IK  

U C H U N   K U R A SH L A R I

Miloddan  aw algi  V I-V   asrlarda  Eron  ahamoniylari  manfaati 

bilan  Yunoniston  manfaati  Kichik  Osiyoda  to ‘qnashib  qoladi. 

Har  ikkala  davlat  bu  hududda  o‘z  ta ’sir  doirasini  kengaytirish  va 

mustahkamlash  uchun,  iqtisodiy  va  siyosiy jihatdan  yuqori  mavqeni 

egallash  uchun  harakat  qiladilar.  Ana  shu  niyatni  amalga  oshirish 

ilinjida  makedoniyalik  Aleksandring  otasi  shoh  Filipp  II  (miloddan 

a w alg i 382—336-yillar) zo ‘r berib  Eronga qarshi urushga tayyorgarlik 

ko‘ra  boshladi.  Xususan  u  miloddan  aw alg i  338-yilda  Xeroneyada 

bo'lgan jangda  yunon  askarlarini  m agiubiyatga  uchratgandan  so‘ng 

Eronni  zabt  etishni  maqsad  qilib  qo‘ygandi,  lekin  Filipp  II  o ‘z 

niyatini  amalga  oshirolmay  336-yilda  uyushtirilgan  fitna  oqibatida, 

saroy bazmi vaqtida oidiriladi.

Filipp  II  oidirilganda  Elippa  shohining  qizi  Olimpiadadan 

tug‘ilgan  o ‘g ‘li  Aleksandr  (miloddan  aw alg i  356-323)  yigirma 

yoshda  b o iib ,  otasi  uning  tarbiyasiga  katta  e’tibor  bergan  edi.  Uni 

13  yoshda b o ig a n   ch o g id a  buyuk  olim  Arastu tarbiyasiga beradilar. 

Olim  Aleksandrga  falsafa,  etika,  yunon  adabiyoti,  san’ati,  tibbiyot 

fanlari,  geografiya  va  boshqa  fanlardan  ta iim   beradi.  340-yillardan 

boshlab  Filipp  II  o ‘g iin i  davlat  ishlariga  ham  aralashtira  boshlaydi, 

u  dastlabki janglarda  qatnashadi  va  ilk  g ‘alabalar  nashidasini  suradi. 

Filipp  II  oidirilgach,  Aleksandmi  lashkarlar  y ig in i  shoh  qilib 

ko‘taradilar.  Taxtni  egallagan  Aleksandr  o ‘z  raqiblari  va  taxtga 

da’vo  qilishi  mumkin b o ig a n  barcha erkak zotini  qilichdan o ‘tkazadi 

va  mutlaq  hokim  b o iib   oladi.  U  o ‘z  faoliyati  davomida  qadimgi 

dunyoning mashhur lashkarboshisi  va  buyuk davlat arbobi  darajasiga 

ko‘tarildi.  Makedoniyalik  Aleksandr  22  yoshida  jahon  saltanatini 

tashkil  qilishga  bel  bo g iadi.  Miloddan  aw alg i  334-yilda  30  ming 

piyoda,  5  ming  otliq  askar,  160  kema  bilan  qurollanib,  Sharqqa 

yurishni  boshlaydi.  Bu  yurish  qariyib  11  yil  davom  etadi.  Ana  shu 

yurish  davomida  u  Kichik  Osiyo,  Suriya,  Misr,  Eron  va  Hindistonni 

katta-katta hududlarini bosib  oladi.

Aleksandr  Eronning  asosiy  viloyatlarini  bosib  olgach,  miloddan 

aw alg i  329-yilning  bahorida  Hindikush  to g id an   oshib,  0 ‘rta 

Osiyo  hududlariga  kirib  keladi.  Baqtriyada  bu  paytda  Ahamoniylar 

u ru g id an   b o ig a n   Bess  hukmron  edi.  U  Doro  III  ni  oidirishda




II bob. 0 ‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari

49

qatnashib,  o ‘zini  Artakserks  nomi  bilan  podsho  deb  e ’lon  qilgan  edi. 



Dastlab  baqtriyalik  Oksiart,  sug‘dlik  Spitamen  va  fors  Datafamlar 

Bessning  niyatini  anglab  yetmadilar  va  u  bilan  birga  b o ‘ldilar. 

Ular  Amudaryodan  o ‘tib  Termizga  yaqin  bo‘lgan  joyda  ko‘prik 

vazifasini  o ‘tab  kelgan  yakka-yu  yagona  kemani  yoqib  yubordilar 

va  Nautaka  viloyati  (Qashqadaryo)  tomon  chekinadilar.  Shu  yerda 

ular  o ‘rtasida nizo  kelib  chiqadi.  Sababi,  Bess  o ‘z  ittifoqchilari  bilan 

ahamoniylar  zulmi  va  Aleksandrga  qarshi  birgalashib  kurashishga 

so‘z  bergan  edi.  Endi  esa  u  o ‘zining  ittifoqchilardan  ustun  qo‘ya 

boshlaydi.  Buni  sezgan  Spitamen,  Oksiart  va  Datafamlar  u  bilan 

aloqani  uzib,  uning  o ‘zini  kishanlab  Aleksandrga  topshirishga  qaror 

qiladilar.  Bu  paytda  Aleksandr  Eronni  egallab  Bess  tomonidan 

o‘ldirilgan  Doro  jasadini  topib,  uni  izzat-ikrom  bilan  dafn  qilish 

uchun  Persepolga  yuborib,  o ‘zi  Bessni  ta ’qib  qilishga  tushgan  edi. 

Ittifoqchilar  Bessni  kishanlab  qal’ada  qoldiradilar.  Aleksandrga 

chopar yuborib,  o ‘zlari  esa mamlakat ichki  tumanlariga  chekinadilar. 

Bu bilan  ular  dushman  istilolalarini  shu  yerda  to ‘xtatmoqchi  bo‘lgan 

edilar.  Buning  sababi  shundaki,  Aleksandr  Eronga  qarshi  yurish 

boshlaganda  u  o ‘z  dushmani  Doro  111  ni  zaharlab  o ‘ldirgan  Bessdan 

o ‘ch  olish  niyatida  ekanligini  e ’lon  qilgan  edi.  Aleksandr  Nautakada 

Bessni  q o ig a   tushiradi  va  Arrian  bergan  m a’lumotlarga  qaraganda 

u  Ptolomeyga  «Bessni  yalang‘och  qilib,  ko‘chaning  o ‘ng  tomoniga 

b o g ia b  

qo‘yishni  buyuradi. 

Sharmandalarcha  yap-yalang‘och 

turgan  Bessning  yonidan  Aleksandrning  butun  qo‘shinlari  saf tortib 

o ‘tadi.  Uni  sharmandali  holda  yalang'och  qilib,  Eronga  olib  keladi- 

da  o iim g a  mahkum  etadi.  O iim i  oldidan  q o ii,  bumi  va  oyoqlarini 

kesib,  qiynaydi1».  Bu sotqinning  sharmandali  o iim i  edi.  Sotqin,  xoin 

va xiyonatchilardan antik davrlardan  e ’tiboran xalqimiz nafratlangan. 

Jumladan,  qoi-oyogi  b o g iiq   Bessni  Spitamenning  o ‘zi  ham  tutib 

Aleksandrga  topshirishi  mumkin  edi.  Lekin  Bess  har  qancha  xoin 

b o im asin   Spitamen  uni  o ‘z  q o ii  bilan  tutib  bermaydi.  Arrianning 

ta ’kidlashicha,  «Bessni  o ‘z  q o ii  bilan  tutib  berishdan  Spitamen  or 

qiladi».  U  mard  o ‘g io n .  Shu  bois  Spitamen  Bessni  q o i-o y o g in i 

b o g ia b   ona  Vataniga  bostirib  kelayotgan  dushmani  Aleksandrga 

topshirib,  tiz cho‘kishni o ‘zi uchun or deb biladi.

Yunon  bosqinchilari  0 ‘rta  Osiyoni  juda  osonlikcha  q o ig a  

kiritishni  m oijallagan  boisalar-da,  ular  hisob-kitob  va  rejada

Бойназаров Ф.  К,адимги дунё тарихи. -  Т.:  Иктисод-молия. 2006.  83-бет.



50

VATAN  TARIXI

yanglishgan  edilar.  Aleksandr  qo‘shinlariga,  aw alo ,  birinchi  zarba 

Ariana  (hozirgi  Hirot  viloyati)da  berildi.  Shimoli-Sharqiy  viloyat- 

lar  —   Girkaniya,  Ariya,  Parfiya,  Drangiana,  Araxoziya,  Baqtriya 

va  Sug‘diyonani  bo‘ysundirish  uchun  uch  yil  vaqt  kerak  b o ‘ldi. 

Ayniqsa,  Baqtriya  va  Sug‘diyonani  qo‘lga  kiritish  Aleksandr  uchun 

juda qiyin b o id i.  0 ‘rta Osiyo xalqlari  erk va ozodlik uchun kurashga 

otlandilar.  Ahamoniylaming  qo‘shinlarini  uch  marta  m a g iu b   etgan 

Aleksandr 0 ‘rta Osiyoda mislsiz katta qiyinchiliklarga duch keldi.  Bu 

qiyinchiliklar  haqida  Elian  shunday  deb  yozgandi:  «Bessni  ketidan 

quvgan Aleksandr lashkarlari katta mashaqqatlarga yoiiqadilar,  oziq- 

ovqat yetishmaydi, hammalari, hatto shoh ham yuk hayvonlari go‘shti 

bilan  tamaddi  qiladi.  Y o q ilg i  ham  y o ‘q  b o ig a n i  uchun  go‘shtni 

xomligicha  yeydilar...  Baqtriyada  bir  qishloqqa  yoiiqadilar,  uylami 

qor bosgan edi,  faqat qomi tozalabgina uylarga kira oladilar1».

Bosqinchilarga  qarshi  umumxalq  urushi  e ’lon  qilgan  baqt- 

riyaliklar,  sug‘diyonaliklar  va  saklar  uch  yil  davomida  dushman 

bilan  mardonavor jang  qildilar.  Yunon  adiblari  yozib  qoldirgan  b a’zi 

manbalarda  chuqur  m a’noli  xabarlar  o ‘z  aksini  topgan.  Jumladan, 

Kurtsiy  bunday  yozadi:  «Lashkarlar  avval  hech  ko ‘rmagan  azoblami 

ochlik,  sovuq,  charchash,  umidsizlik  tushkunlikni  boshdan  kechi- 

radilar.  K o‘plari  sovuqdan  oiadilar...  horginlikdan  qorga  yotib 

oladilar».  Yoki  lashkarlaming  yoz  issig id a  qiynalganliklarini 

quyidagicha  ifoda  etadi:  «Aleksandr...  Sug‘diyona  dashtlarida kecha- 

lari  y o i   bosdi.  Suv  yetishmas  edi,  tashnalik  suvsagandan  emas, 

noumidlikdan,  o‘ta  mushkul  ahvoldan  ham  yuzaga  kelardi...  Yozgi 

quyosh  is s ig i  dashtni  alangalatadi:  bir  o ‘t  tushgandan  keyin  cho‘l-u 

biyobon  gulxanga  aylanadi...  issig id an  og‘iz  va  tananing  ichi  qurib 

qolgandek  tuyuladi.  Jangchilar  ruhan  tushadilar,  keyin  holdan 

toyadilar.  Hatto  bir  joyda  turishi  ham  qiyin,  olg‘a  bosishning  ham 

iloji yo ‘q edi...  Shunchalik  falokatdan shoh tashvishga tushadi2».

Kursiy  Rufning  hikoya  qilishicha  Aleksandr  Kiropolis  shahrini 

ishg‘ol  qilayotganida qiynaladi.  Katta tosh qirrasi bo‘yniga zarb bilan 

urilib,  yaralanadi.  K o‘z  o ‘ngini  qop-qora  tuman  qoplab  olganidan 

Aleksandr  holsizlanib  otdan  yiqiladi.  Uning  jangchilari  tahlikaga 

tushib  yigiashadi,  ular  Aleksandmi  o id i  deb  o ‘ylaydilar.  Manbalar 

bergan  m aium otlarga  qaraganda  Baqtriya  va  Sug‘diyona  xalqlari

Сулаймонова Ф.  Шарк ва Fарб. -  Т.,  «Фан» нашриёти.  1992 йил,  89-бет.

2 O 'sha joyda.  89-90-бет.




II bob. 0 ‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari

51

skiflar bilan birga Spitamen, Datafam,  Oksiart rahbarligida Aleksandr 



lashkarlariga  nafas  olishga  imkon  bermasdan  kurashganlar.  Ayniqsa, 

Samarqandni  egallash  oson  kechmagan,  buning  uchun  ikki  yil 

kerak  bo‘lgan.  Dastlab  makedonlar  bu  shahami  sulh  yo‘li  bilan 

egallaganlar.  So‘ng  Aleksandr  bu  yerda  kichik  bir  lashkar  gumhini 

qoldirib,  o ‘zi  Sirdaryo tomon yo‘1 olgan.

U  0 ‘rta  Osiyoda  birinchi  bor  Ustmshonada  —   Samarqand 

bilan  X o‘jand  oralig‘ida  togiiklam ing  qattiq  qarshiligiga  duch 

keladi.  Tog‘liklar  bilan  bo'lgan  jangda  Aleksandr  mislsiz  darajada 

shafqatsizlik  qilgan.  Arrian  bergan  m a’lumotlarga  qaraganda  u  30 

ming  mahalliy  aholidan  22  mingini  qirib  tashlagan.  Asirga  tushishni 

istamagan  togiiklam ing  ko‘plari  o ‘zlarini  qoyalardan  tashlab  halok 

boiganlar.  Bunday  dahshatli  voqealar  Spitamenga  saboq  b o id i. 

U  endi  Aleksandming  haqiqiy  basharasini  ko‘radi  va  unga  qarshi 

muqaddas  kurashga  otlanadi.  Aleksandr jang  bilan  to g iik lam i  qirib, 

Sirdaryo  bo‘ylariga  chiqib  oladi.  Bu  yerda  Aleksandmi  do‘stlarcha 

sovg‘a-salomlar  bilan  Tanais  (Sirdaryo)ning  narigi  tomonidan 




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish