Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

tiaytaradarayya  saklari  kutardi.  Aleksandr  sak  elchilarini  garovda 

qoldirib,  o ‘z  odamlaridan  bir  kishini  Tanais  ortidagi  saklar  yurtiga 

ayg‘oqchilik  maqsadlarida  yuboradi.  Xuddi  shu  paytda  Aleksandrga 

Samarqanddan  chopar  kelib,  Spitamen  boshchiligida  shaharda 

unga  qarshi  qo‘zg ‘olon  k o ‘tarilganligi  xabarini  beradi.  Spitamen 

Samarqandni  egallab,  Aleksandming  u  yerda  qoldirilgan  Famux 

qo‘mondonligidagi  3000  piyoda  800  otliq  qo‘shinlarini  qirib 

tashlaydi.  Aleksandr zudlik  bilan  Samarqandga  y o i  oladi.  Aleksandr 

ketishi  bilan  X o‘jand  qal’asida  garovga  qoldirilgan  saklar  bosh 

ko‘taradilar va yunon qo‘shinlarini qirib tashlaydilar.

Miloddan  aw algi  328-yilda  Aleksandr  Spitamen  boshchiligida 

Samarqandda  ko‘tarilgan  qo‘zg‘olonni  shafqatsizlik  bilan  bostiradi 

va  shahami  ikkinchi  marta  egallaydi.  Diodor  bergan  m aium otlarga 

qaraganda  «Aleksandr  qo‘zg‘olon  ko‘targan  sug‘diylami  yengib, 

120  ming  aholini  qirib  yubordi»,  uning  ikkinchi  bosqichida  «u 

baqtriyaliklarga jazo berib,  sug‘diylami qaytadan o ‘ziga bo‘ysundirdi 

va joylarda qal’alar barpo  etdi».  Q o‘zg‘olonning uchinchi  bosqichida 

«qo‘zg‘olon ko‘targan sug‘diylaming to g iarg a qochib yashiringanlari 

asirlikka  olindi»1.  Ana  shu  davrdan  e’tiboran  Aleksandr  uchun 

Spitamen  eng  asosiy  va  dahshatli  raqibga  aylandi.  Tarixchi  olima

Аскаров А.  Узбекистон тарихи. -  Т.:  «Укитувчи» нашриёти,  1994.  189-бет.



52

VATAN  TARIXI

Fozila  Sulaymonova  sug‘diylar  qahramoni  Spitamenning  nomi 

yunonchadir  deb  hisoblaydi.  Uning  fikricha,  Spitamen  sug‘diy  tilida 

taxminan  Spenta  Manyo  (harakatchan  yoki  muqaddas  m a’nosini 

bildiradi)  b o ‘lsa  kerak1,  deydi.  Spitamenning  tarjimayi  holi  va 

shaxsi  to ‘grisida  hech  qanday  m a’lumotlar  saqlanmagan.  Uning  qizi 

Apamani  Aleksandr  o ‘z  qo‘mondonlaridan  biri  b o ig a n   Salavkaga 

xotinlikka  olib  beradi.  Buni  yunon  muarrixlari  ham  tasdiqlaydilar. 

Jumladan,  Plutarx  Salavkaning  xotini  «eroniy»  deydi.  Bu  fikmi 

Strabon ham tasdiqlaydi.  Arrian esa uni  «baqtriyalik» deb  hisoblaydi. 

Xullas,  qayerlik  b o ig an d a  ham  Spitamen  0 ‘rta  Osiyoning  yerli 

mahalliy xalq farzandidir.  Salavkaiylar avlodidan b o ig a n  shohlar ota 

tomonidan yunon va ona tomonidan  Spitamen avlodidan boiganlar.

Kvint  Kursiy  Rufning  asarida  Spitamen  jismonan  baquvvat, 

jasur,  mard  va  tadbirkor  bir  kimsa  suratida  tasvirlanadi.  Dastlabki 

paytda  «Aleksandr  Spitamenga  katta-katta  va’dalar  beradi,  hatto 

Sug‘diyona  hokimligini  in’om  etmoqchi  b o ia d i.  Spitamen  esa 

vatanfurushlik qilgandan ko‘ra o iim n i  afzal biladi»2.

Spitamen  dastlab  masalaning  mohiyatiga  chuqur  baho  bera 

olmasdan,  Aleksandmi  Turon  xalqini  ahamoniylar  zulmidan  ozod 

qiluvchi xaloskor deb bilgan. Aleksandming amalda xalqqa o Ltkazgan 

jabr-zulmi,  qilgan  yovuzliklari  va  shafqatsizliklarini  o ‘z  ko'zi  bilan 

ko‘rgach  uning  fikri  keskin  o ‘zgaradi.  «Aleksandmoma»da  ham 

Aleksandming  xalqqa  o ‘tkazgan  zulm-sitamlari  quyidagi  satrlarda 

ifodalangan:



Ey A leksa n d r nadir xohishing,

B ayon  ayla,  bizga  bu g  'araz  ishing,

Urub  tig ' devlarni sa h r aylading,

To ‘kib  qonimiz,  lolazor aylading.

Aleksandr  Doroning  yuz  minglab  muntazam  qo‘shinlariga 

qarshi  kurashdan  ko‘ra  Spitamen  boshchiligida  bosh  ko‘targan  xalq 

qasoskorlariga  qarshi  kurashish  qiyin  ekanligini  tushunib  yetadi. 

Chunki,  q o ig a   tushmas  Spitamen  dushman  kutmaganda  hali  u 

yerda,  hali  bu  yerda  paydo  b o ia r   va  makedoniyaliklarga  ofat  va 

talafot  keltirardi.  Jumladan,  Kvint  Kursiy  R uf  Spitamen  faoliyati 

bilan  b o g iiq   quyidagi  voqeiy  misolni  keltiradi:  «Jangchilaming

Сулаймонова  Ф.  Шарк ва Fap6... -   1992.  91-бет.

Бойназаров  Ф.  Антик дунё... -  47-бет.




II bob.  O 'zbekiston hududidagi eng qadim gi davlat tuzilm alari

53

chaqqonligi  otlaming  tezligiga  mos  edi.  Spitamen  lashkarlariga 



o ‘rmonni  qurshab  olishni  buyurdi  va  bir  vaqtda  ulami  dushmanning 

yon  tomoniga  front  orqasidan  olib  chiqdi.  Menedem  har  tomonlama 

qurshovda  qoldi...  lekin  uzoq  vaqt  qarshilik  ko‘rsatdi...  Bu  jangda 

2000 piyoda va 300  suvoriylar halok b o ‘ldilar.  Bu talafotni Aleksandr 

ustalik  bilan  hammadan  yashirdi»1.  Yoki  makedoniyaliklaming 

Zarafshon  daryosidan  o‘tish  voqeasi  ham  bu  borada jonli  misoldir». 

Arrian  bunday  m a’lumot  beradi: 

«Makedoniyaliklar  daryoda 

mutlaq,  tartibsizlik  bilan  o ‘ta  boshladilar.  Varvarlar2  ular  qo‘ygan 

xatolikni  sezib...  har  tomondan  o ‘rab  oladilar...  ulami  qayta  daryoga 

siqib  tashlaydilar  yoki  o ‘q-yoy  bilan  otadilar...  chorasiz  qolgan 

makedoniyaliklar  daryo  o ‘rtasidagi  orolga  chiqib  oladilar.  Skifiar  va 

Spitamen  lashkarlari  ulami  qurshab  kamondan  otib  tashlaydilar,  bir 

qismini  asir  oladilar,  ammo  keyincha  ulami  ham  otib  tashlaydilar».3 

Darhaqiqat,  Aleksandr  qo‘shinlari  juda  katta  talafot  ko‘rib, 

Sug'diyona  va  Baqtriyadagi  qo‘zg‘olonni  bostira  olmagan.  Unga 

o ‘ziga  qarashli  viloyatlardan  19  ming  yollanma  qo‘shin  yordamga 

yetib  kelgach,  bu  isyon bostirilgan.  Yunon muarrixlarining  asarlarida 

Spitamen  bilan  birgalikda  Aleksandrga  qarshi  jang  qilgan  skifiar, 

baqtriyaliklar,  massagetlaming  jasorati  va  ulaming  ajoyib  urf- 

odatlari va madaniyatlari haqida ham qimmatli  m a’lumotlar berilgan. 

Jumladan,  Kvint  Kursiy  Rufning  ta ’kidlashicha,  skifiar  boshqa 

«varvar»  xalqlardan  farq  qiladilar,  «ulaming  fikr  ifodalanishlari 

qo‘pol emas, madaniyati ham dumst edi».  Yana u davom etib yozadi: 

«Aytishlaricha,  ulaming  orasida  donishmandlari  ham  bor  ekan»4. 

Kvint  Kursiy  Rufning  qayd  qilishicha  «skiflaming,  hatto  nutqi  ham 

jozibador  edi.  0 ‘zining  go‘zal  nutqiga,  madaniyatiga  ega  b o ‘lgan 

skiflaming o ‘sha davrlarda o ‘ziga xos adabiyoti ham bo ‘lgan».

Kvint  Kursiy  R uf  «Aleksandr  Makedonskiy  tarixi»  asarida 

skiflaming  jasurligi  va  mardligini  ta ’riflaydi.  Uning  yozishicha 

Aleksandr skiflaming katta bir gumhini asir oladi.  «Jismoniy jihatdan 

baquvvat bo‘lgan skifiardan 30 kishini o iim g a mahkum etganda, ular 

o iim d an   ham  qo‘rqmasdan,  xalq  qo‘shiqlarini  baralla  aytib,  xursand

Сулаймонова Ф.  Шарк ва Fap6... 91-бет.

2  Qadim  zamonlarda yunonlar yunon bo'lmagan boshqa xalqlami  «varvarlar» -  chet elliklar, 

xorijiylar deb kamsitganlar.

3  Сулаймонова Ф.  Шарк ва Fap6... -  91-бет.

Бойназаров Ф.  Антик дунё... -  5 0 -5 1-бет.




54

VATAN  TARIXI

b o ‘lib  borardi»1,  deydi  u.  Skiflaming  mardligiga  qoyil  qolgan 

Aleksandr asirlami o ‘limdan saqlab qolib,  hibsdan ozod qiladi.

Asarda  massagetlaming  jasoratlari  haqida  ham  yorqin  satrlar 

bor.  «Massagetlar  800  nafar  otliq  jangchilarini  qishloq  yaqinidagi 

o ‘rmonga  yashirib  qo‘yadi.  Bir  necha  kishi  poda  haydab  o ‘rmonga 

qarab bemalol  ketaveradi.  Tayyor o ‘ljani  qo‘ldan chiqarmaslik  uchun 

Attin  o ‘zining  300  otliq,  jangchisi  bilan  hech  shubda  qilmasdan 

o ‘rmonga  kirib  boradi.  Massagetlar  Attin  qo‘shiniga  qo‘qqisdan 

hujum qilib, ulaming hammasini  qirib tashlaydi»2.

Kvint  Kursiy  Rufning  asarida  Spitamen  fojiasiga  sabab  b o ‘lgan 

xoinlar,  qo‘rqoq  va  sotqinlarga  nafrat  o ‘tini  sochuvchi  yorqin 

satrlar  ham  anchagina.  Ana  shunday  sotqinlardan  biri  Spitamenning 

xotinidir.  Horib-charchagan  Spitamen  shirin  taom va  sharob  ta ’sirida 

qattiq  uyquda  yotardi.  «Xotini  pinxona  kelib,  qilichini  sug‘urib 

oldida,  Spitamenning  boshini  kesib  tashladi.  Qonga belangan  erining 

kallasini  bu  jinoyatdan  ogoh  b o ‘lgan  qulga  keltirib  beradi.  So‘ngra 

makedon  qo‘shinlari  joylashgan  lagerga  kelib,  Aleksandrga  xabar 

qilishni,  muhim  xabar  olib  kelganligini,  bu  xabami  shohga  shaxsan 

o ‘zi  yetkazishi  lozimligini  aytadi.  Aleksandr  bu  mudhish  voqeadan 

ogoh bo‘lib  g ‘azablanadi.

Aleksandr  Spitamen  bilan  yakkama-yakka  jangda  olishish 

niyatida  edi.  U jallod  xotinni  lagerdan  tashqariga  haydab  yuborishni, 

unga  sherik  bo ‘lgan  qulni  yerli  xalqning  eng  og‘ir jazosiga  mahkum 

etishni  buyuradi.  Spitamenning  xotini  erining  boshi  evaziga 

Aleksandrdan  katta  mukofotga  umidvor  edi.  U  xor-zor  bo ‘lib  o ‘ladi. 

« 0 ‘z  eriga  xiyonat  qilgan  xotin  menga  do‘st  b o ‘larmidi»,  deydi 

Aleksandr»3.  Spitamenning  o ‘limi  haqida  Arrian  boshqacharoq 

rivoyatni  keltiradi.  Uning  yozishicha  «Skif-massagetlar  yengil- 

ganlaridan  so‘ng  o ‘zlari  bilan  birga  ittifoq  bo‘lib  dushmanga 

qarshi  jang  qilgan  baqtriyaliklar  va  sug‘dlar  yuklarini  talaydilar  va 

qochadilar.  Spitamen  ham  ular bilan birga  ketadi.  Ularga  «Aleksandr 

dashtga  hujum  boshlar  emish»,  degan  xabar  yetgach,  Spitamenning 

boshini  tanasidan  judo  qilib  shohga  yuboradilar  va  shu  yo‘sinda 

Aleksandming hujumini oldini olmoqchi bo‘ladilar».

Tarixiy  yozma  manbalarda  katta  sovg‘a-salomlar  bilan  do‘stlik

Бойназаров Ф.  Антик дунё...  54-bet.

2 O 'sha asar,  55-bet.

3 0 ‘sha asar,  57-бет.




II bob. 0 ‘zbekiston hududidagi eng qadim gi davlat tuzilm alari

55

aloqalarini  o ‘matish  maqsadida  Xorazm  shohi  1500  otliq  suvoriylar 



bilan  Aleksandr  oldiga  bosh  egib  kelganligi  yoziladi.  Jumladan, 

«Aleksandmoma»da  Xorazmshoh 

«Feruzbax  va  Jamshidshoh 

o ‘z  askarlari  bilan  yordamga»  kelgani  ta ’kidlanadi.  Arrian  esa 

«Xorazmliklar  shohi  Farasman Aleksandrga bosh  egib  keldi»,  deydi. 

Strabon  b o ‘lsa  «...massaget  va  saklarga  attasiy  va  xorazmiylar 

ham  kiradilar,  Spitamen  u  yerga  qochib  ketgan...  Aleksandrga 

bo‘ysunmagan»,  deydi.  F. Sulaymonovaning  «Sharq  va  G ‘arb» 

asarida  esa  «Xorazmiylar  shohi  Farasman  ham  yurishda  ittifoq  etish 

uchun Aleksandrga suvoriylar otryadini olib keldi»,  deyiladi.

Aslida  Xorazm  hukmdori  o ‘zining  donishmandligi  va  uzoqni 

ko‘ra  bilganligi  tufayli  mamlakat  mustaqilligini  saqlab  qola  oldi. 

U  vaziyatni  to‘g ‘ri  baholay  oldi  va  Samarqandga  —   Aleksandr 

huzuriga  keldi.  Farasman  mazkur  uchrashuv  chog‘ida  harbiy  ittifoq 

tuzib,  Qora  dengiz  tomon  yurishni  taklif  etadi.  Sug‘dlik  Spitamen 

qo‘zg‘olonini  bostirish bilan band Aleksandr  «Farasmanga tashakkur 

aytib,  u bilan do‘stlik  ittifoqini  tuzadi».  Shu bilan birga hozir Pontiga 

(ya’ni Qora dengizga —  R.Sh.  Sh.K.) yurish vaqti emas»,  deb aytadi. 

Aleksandr  ishonchini  oqlagan  Farasman  yunonliklaming  keyingi 

harbiy rejasi hind zaminiga yurish ekanligini ham bilib  oladi.  Uzoqni 

ko‘ra  bilgan  Farasman  shu  tariqa  mintaqadagi  yagona  barqaror 

yer  —   Xorazm  daxlsizligini  saqlab  qoladi,  hamda  Aleksandming 

kelgusi  rejalaridan  voqif  b o iib   oladi.  Farasmanning  Aleksandr 

bilan  ittifoqi  strategiya  nuqtayi  nazaridan  amalga  oshirilgan  siyosiy 

qadam  ekanligini  shundan  ham  aniq  k o ‘rish  mumkinki,  bir yil  o ‘tar- 

o ‘tmas  miloddan  aw algi  328-yili  u yunonliklar tazyiqidan qochishga 

majbur  b o ig a n   Spitamenga  Xorazmdan  boshpana  beradi  (Strabon. 

miloddan  aw alg i  1-asr  —   milodiy  1-asr).  Fikrimizcha,  Xorazm 

hukmdorining  Aleksandming  ashaddiy  dushmani  Spitamenni  qabul 

qilishi  nafaqat  uning  vatandoshlik  hissidan,  balki  Aleksandming 

ahvolidan  boxabarligi  hamda  m a iu m   m a’noda,  kezi  kelganda 

o ‘z  imkoniyatlariga  ishonganligidan  hamdir.  Zero,  Xorazm  bu 

zamonda  janubi-sharqda  o ‘z  ta ’sirini  yo ‘qotgan  b o isa-d a  shimoliy 

g ‘arbda  Qora  dengiz  —   Azov  bo‘ylarigacha  b o ig a n   yerlardagi 

mavqeyi  saqlanib  qolgandi.  Xullas,  Spitamen  boshchiligidagi 

xalq  qasoskorlari  harakati  o ik a   xalqlari  orasida  mustahkam  birlik 

hamkorlik  va  ittifoqning  boim aganligi,  dushman  tomoniga  o ‘tgan 

b a ’zi qo‘rqoq va xoinlaming sotqinligi tufayli m agiubiyatga uchradi.




56

VATAN  TARIXI

Ammo  Spitamenni  bartaraf etish,  Baqtriya  va  Sug‘diyonani  egallash 

Aleksandr uchun oson kechmadi.

M akedon  qo‘shinlarining  yengilmasligi  haqidagi  afsonalar 

0 ‘rta  Osiyoda  chippakka  chiqdi.  Aleksandr  askarlari  Baqtriya, 

sug‘diyonalik  va  skiflardan  bir  necha  marta  yengildilar,  juda 

ko‘plab  makedon  qo‘shinlari  janglar  davomida  qirib  tashlandi. 

Birgina  Politimet  (Zarafshon)  daryosi  b o ‘yidagi  janglarda  makedon 

qo‘shinlari  ikki  marta  talafot  ko‘rdi.  Aleksandming  shaxsiy  hayoti 

ham  Sug‘diyonada  juda  og‘ir  kechdi.  Ayniqsa,  Kiropil  shahrini 

egallash  paytida  boshi  va  b o ‘ynidan  yaralanib,  ko‘p  azob  tortdi. 

Yana  buning  ustiga  lashkarboshisi  Karan  boshliq  qo1 shinning  qirib 

tashlanishi,  skiflaming  tinimsiz  qilayotgan  hujumlari  Aleksandming 

mhiy  kasallanishiga  sabab  b o ‘ldi,  uning  xotirasi  ancha  zaiflashdi, 

asablari  ishdan  chiqdi.  Natijada  u  o ‘ziga  eng  yaqin  b o ig a n  

sarkardasi  Klitni  achchiq  ustida  o ‘z  q o ii  bilan  o id irib   qo‘ydi.

Klit  Dronidning  qizi  Lanikaning  ukasi  b o ig an . 

Lanika 

Aleksandmi  tarbiyalab  voyaga  yetkazgan,  unga  ko‘krak  suti  bergan 

ayol  edi. Aleksandr  o ‘zi  qilib  qo‘ygan  fojiani  ko‘tara olmasdan  mhiy 

azobga tushadi.  Lanika oldida  o ‘zini  gunohkor his  qiladi.  Uch kecha- 

yu  kunduz  hech  narsa  yemasdan,  ichmasdan,  tashqariga  chiqmasdan 

xonani  ichidan  berkitib  yotib  oladi.  Ha, Aleksandmi  mhiy tushkunlik 

ezayotgan edi.

Aleksandmi  bunday  mhiy  tushkunlikka  uchrashiga  sabab  0 ‘rta 

Osiyoning erksevar va ozodlikka intiluvchi mard va jasur xalqlarining 

kelgindi  dushmanlarga  qarshi  mardonavor  kurashlari  edi.  Chunki 

Aleksandr  mahalliy  xalqqa  o g ir   zulm  o ‘tkazdi,  qanchadan  qancha 

shaharlar  vayron  qilindi,  yuz  minglab  yerli  xalq  qullarga  aylantirildi, 

dunyo  bozorlarida  sotildi,  qanchasi  qirib  tashlandi,  behisob  moddiy 

boyliklar talon-taroj  qilindi,  yerlar  suv  o ‘miga qon  ichdi,  turar joylar, 

bog‘-u b o ‘stonlar yondirildi, ulaming kuli k o ‘kka sovurildi.

Bulaming  hammasi  o ikan in g   istiqboldagi  rivoji  va taraqqiyotini 

necha  o ‘n  yillar  orqaga  surib  yubordi.  Erksevar  va  hurriyatparvar, 

insonniy  g ‘ururi  yuksak  va  m ag‘m r  ajdodlarimiz  dushmanga 

bo‘yin  egmadilar,  ulaming  qarshiligi  borgan  sari  kuchaydi  va  ular 

dushmandan  qonli  qasos  oldilar.  Buni  tushungan  ayyor  va  tadbirkor 

Aleksandr endi  hiylakorlik va ustamonlik y o iig a  o ‘tdi.

Aleksandr  mahalliy  xalq  vakillari,  birinchi  navbatda,  hukmdor 

oqsoqollar  va  rahbarlar  bilan  umumiy  til  topish,  ularga  yaqinlashish



II bob.  0 ‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilm alari

57

y o ‘llarini  izlay  boshladi.  U  miloddan  aw alg i  327-yilni  Nautakda 



o ‘tkazib,  bahorda Nautakka  yaqin  b o ig a n   Sug‘d  qal’asini  egallaydi. 

T o g ia r orasida joylashgan bu  shahaming hokimi Aksiart  edi.  Yunon 

muarrixlarining  m aium otlariga  qaraganda  Aleksandr  Aksiart  bilan 

yaqinlashgach  Baqtriya  va  Sug‘diyona  tog‘lari  orasida  joylashgan 

4  ta  qal’ani:  Sug‘d,  Sizimirta,  Arimaza  va  Xorienni  egallaydi.  Gap 

shundaki,  Aleksandr  Baqtriya  zodagoni  Oksiartning  go‘zal  qizi 

Roksana  (Raxshona,  Ravshanak)ga  uylanadi  va  uni  malika  deb 

e io n   qiladi.  Plutapx  bergan  m aium otlarga  qaraganda  «Roksana 

Aleksandming  xayoli,  orzusidagi  qiz  edi».  Arrianning  yozishicha: 

«Jangchilar  Doroning  xotinidan  keyin  Osiyoda  bunday  go‘zalni 

uchratmaganliklarini  aytib,  Roksananing  husni  jamoliga  maqtov 

so‘zlar aytishadi.

Aleksandr  Roksanani  asir  ushlab  turmasdan,  uni  o ‘ziga  faxriy 

xotinlikka  oladi.  Aksiart  qizi  Roksanaga Aleksandming  oshiq  b o iib  

qolganini  eshitib,  behad  xursand  b o ia d i  va Aleksandming  huzuriga 

keladi. Aleksandr uni o‘z faxriy kishisi sifatida qabul qiladi»1.

Tarixiy  manbalaming  guvohlik  berishicha  Aleksandr  Roksa­

na  tufayli  Oksiartning  barcha  gunohlarini  kechiradi  va  uni  Baqtriya 

satrapi  etib  tayinlaydi.  Bu  voqeani  eshitgan  Xorien  Aleksandrga 

jangsiz  taslim  b o ia d i  (qal’ani  yunon-makedonlar  uning  nomi 

bilan  atashgan)  va  o ‘z  qal’asiga  hokim  b o iib   oladi.  Ana  shu  tariqa 

Aleksandr  boshqa  qal’alami  ham  birin-ketin  egallay  boshlaydi. 

Plutarx  Aleksandming  yerli  xalq  urf-odatlari  va  madaniyatiga  katta 

hurmat  bilan  qaraganligini  alohida  ta ’kidlaydi.  «Hatto,  —   deydi

u,—   varvarlaming  milliy  kiyimlarini  kiyib  yurishni  o ‘ziga  m a’qul 

ko‘radi...  hatto  shoh  makedon jangchilariga  ham  yerli  xalqning  urf- 

odatlarini o ‘rganishni ta’kidlaydi».2

Zikr  qilingan  manbada  ta ’kidlanishicha,  Aleksandr  «varvar»- 

laming  (ya’ni  yerli  xalqlaming  —   R.Sh.  Sh.K.)  kiyimlarini  dastlab 

ulaming  vakillari  bilan  uchrashganda,  ulaming  uylariga  tashrif 

buyurganda,  ahyon-ahyonda  kiygan  b o isa ,  keyinchalik  u  butunlay 

«varvarchasiga»  kiyinib  yurishga  ko‘nikib  qoladi.  Aleksandming 

yerli  mahalliy  xalqqa  nisbatan  bunday  «odilona»  va  «insoniy» 

munosabatda  b o iish i  aholi  m a iu m   bir  qismining,  asosan  yuqori 

tabaqa vakillarining Aleksandr tomoniga o ‘tishiga  sabab  b o id i.  Xalq 

rahbarsiz qoldi.

Бойназаров Ф.  Антик дунё...  66,  103-бетлар.

2 O 'sha asar, 64-bet.




58

V A TA N   T A R IX I

Aleksandr  qalbining  to ‘ridagi  yashirin  va  pinxona  istak  va  tilak 

ham  aynan  shu  edi.  Bu  hoi  uning  Baqtriya  va  Sug‘diyona  xalqlari 

ustidan  to ‘la  hukmronlik  o ‘matilishiga  imkoniyat  yaratdi.  Aleksandr 

miloddan  aw alg i  327-yilda  0 ‘rta  Osiyoni  o ‘ziga  bo ‘ysundirib, 

mahalliy  aslzodalardan  bo‘lgan  Oropiyani  Sug‘d  podsholigiga  tayin­

laydi  va  Hindikush  orqali  Hindiston  sari  otlanadi.  Hindistonni  ham 

o ‘ziga  tobe  etgan  Aleksandr  324-yilda  yana  0 ‘rta  Osiyoga  qaytadi. 

Shu  yili  Suzda  Aleksandr  katta  ommaviy  to‘y  uyushtiradi.  Uning 

askarlaridan  10  ming  jangchi,  shu  jumladan,  shohga  yaqin  bo‘lgan 

Gefestion,  Krater,  Ptolemey,  Salavka,  Evmen,  Perdikka va boshqalar 

sharq  ayollariga  uylanadilar.  Aleksandming  o ‘zi  malika  Roksana 

ustiga  sharq  odatiga  k o ‘ra  Doroning  katta  qizini  xotinlikka  oladi. 

Shoh  kuyov-kelinlarga katta tortiqlar va sovg‘a-salomlar beradi.

Aleksandming  0 ‘rta  Osiyodagi  xatti-harakatlari,  uning  bu 

yerda 

yurgizayotgan 



siyosati 

yunon-makedon 

lashkarlarining 

m a’lum  bir  qismiga  yoqmaydi.  Ular,  Aleksandming  sharq  xalqlari 

vakillarini  yunon  va  makedonlar,  shoh  yaqinlari  —   g etay rlar 

darajasiga  ko‘tarishidan  norozi  lashkarlar  Tigr  sohilidaga  Opis 

degan  shaharda  isyon  ko‘taradilar.  Aleksandming  buyrug‘iga 

bo‘ysunmaydilar.  G ‘azablangan  Aleksandr  323-yilda  13  jangchini 

jazolaydi.  F.Sulaymonova  asarida  ta’kidlanishicha  Baqtriya  va 

Sug‘diyonaga  ko‘chirib  keltirilgan  10  ming  faxriylar  o ‘z  vatanlariga 

qaytadilar. 

Biroq 


lashkatboshi 

Perdikka 

ulaming 

barchasini 

qurolsizlantiradi  va  mol-mulklarini  sodiq  askarlarga  b o ‘lib  beradi. 

Endilikda  Aleksandr  qo‘shinlarining  ko‘pchiligini  eroniylar,  0 ‘rta 

Osiyo  xalqlari  vakillari—   «varvarlar»  tashkil  qilar  edilar.  Aleksandr 

miloddan  aw alg i  323-yilda  o ‘z  davlatining  yangi  poytaxti  —  

Mesopotamiyaning  Bobil  shahrida  vafot  etadi.  Shunday  qilib, 

makedoniyalik  makedoniaylik  Aleksandr  olib  borgan  bosqinchilik 

va  talonchilik  urushlari  oqibatida  0 ‘rta  Osiyoda  Ahamoniylar  zulmi 

yunon-makedon  istilochilari  zulmi  bilan  almashdi.  Bu  zulmdan 

qutulish  uchun  Sug‘diyona  xalqlariga  150-yil,  Baqtriya  xalqlariga 

esa  180  yil kerak b o ‘ldi.

Aleksandmi  0 ‘rta  Osiyo  xalqlarining  do‘sti,  adolatparvar,  ilm- 

m a’rifat  va  madaniyatni  yoyuvchi  shahonshoh  sifatida  ta ’riflaydilar. 

Plutarxning  yozishicha:  «Aleksandr  Sharq  xalqlari  vakillarini 

yunon  madaniyatidan  bahramand  qilishga...»  uringan  ekan.  Hatto 

0 ‘rta  Osiyoda  bo‘lganida  «...yerli  aristokratlaming  30  ming  o ‘g ‘il 

farzandini  tanlab  olib,  ularga  yunon  tilini  o ‘rgatib,  grek  madaniyati




II bob.  0 ‘zbekiston hududidagi eng qadim gi davlat tuzilm alari

59

ilmidan  ta iim   berishni»1  buyurgan  ekan.  Albatta  yunonistonlik 



muarrixlaming  bu  tutgan  y o ‘llarini  tushunmoq  kerak.  Ular  nima 

bo ‘lganda  ham  0 ‘rta  Osiyoni  zabt  etgan,  uni  asoratga  solgan  fotih 

makedoniaylik Aleksandr  avlodidirlar.  Zero,  ular  o ‘z  davlatlarining, 

o ‘z  vatandoshlari  bosqinchi  Aleksandming  qonli  yurishlarini 

oqlashga,  uni  ijobiy  tomondan  ko‘rsatishga  harakat  qilishlari  tabiiy 

ekanligini fahm etsa b oiad i.

To‘g ‘ri, Aleksandr 0 ‘rta Osiyo  hududlarida ham  shaharlar barpo 

etgan.  Jumladan,  Yustin  «Pompey  Trog  epitomi»  asarida  Aleksandr 

Baqtriya va  Sug‘diyonada  7  shahar qurdirganligini yozadi.  Shulardan 

biri  Sirdaryo  sohilida 

17 

kunda qurib bitkazilgan qal’a «Aleksandriya 



Esxata»,  y a ’ni  olisdag‘i  Aleksandriya  edi.  Bu  shahar  X o‘jand  bilan 

Bekobod  o ralig i  (taxminan  Farhod  GESi)da  joylashgan  edi.  Bu 

qal’a  shaharlami  Aleksandr  nega  qurdi?  U  bu  shaharlarda  grek- 

makedon  qo‘shinlarini  joylashtirib,  kelgusi  joylam i  zabt  etishda 

bu  shaharlardan  plastdarm  sifatida  foydalangan  edi.  Shu  sababdan 

Aleksandr  «Aleksandriya  Esxata»ni  tezda  barpo  etib,  bu  yerdan 

saklar ustiga yurish  boshlagan.  Bundan tashqari Aleksandming  0 ‘rta 

Osiyoda  olib  borgan  yaratuvchilik  faoliyatiga  qaraganda,  uning 

vayron  etuvchilik,  buzg‘unchilik  faoliyati  o ‘n  chandon  ortiqroq  va 

ko‘proq b o ig a n , behisob  shahar va qishloqlami vayron etgan.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish