' Абдуазизов А.
Ж ахонаро. « Х ал к су зи » , 1991 йил 29 май.
X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
465
Navoiy Hirotga qay’tgach, otasidan qolgan juda katta mol-mulk
va davlatga egalik qiladi. Uning nafaqat Hirotda, balki Sabzavor,
Mashhad va boshqa viloyatlarda ham juda ko‘plab mol-mulki va
yerlari bor edi. Navoiy bu mulkda ishlovchi mehnatkashlarga himmat
va marhamat bilan qarardi, oliq-soliqlami ancha yengillashtirardi,
yetim-yesirlarga, musofirlarga, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga
in’om-ehsonlar qilardi. Taniqli filolog olim Aziz Qayumov «Alisher
Navoiy» risolasida bergan m a’lumotlarga qaraganda Navoiy
jam g‘armasi hisobiga Hirotda va butun Xuroson mamlakatida juda
ko‘p binolar, madrasa, shifoxona, karvonsaroy, ariq, k o ‘prik, yo‘llar
barpo etadi. Hirotdagi «Ixlosiya» madrasasi, uning qarshisidagi
«Xalosiya» xonaqohi, Injil arig‘i bo‘yidagi masjidi jome, tib ilmi
o ‘qitiladigan «Shifoiya» madrasasi, «Nizomiya» madrasasi, Marudagi
«Xisraviya» madrasasi, Hirotdan tashqaridagi «Raboti ishq», «Raboti
sang», shoir Attor qabridagi maqbara, Nishopur atrofidagi joylardan
biridagi «Raboti Yazdbod», Gulast bulog‘idan Mashhadga tortilgan
ariq (uzunligi 70-80 km) va boshqa juda ko‘p inshootlami Navoiy
bino qildirgan. Tarixchi Xondamir shulardan 52 rabot, 20 hovuz,
16 ko‘prik 8 hammom, ko‘pgina to ‘g ‘on va masjidlami nomma-
nom keltiradi. Bunday inshootlaming soni 300 dan ortiqroqdir.
Navoiy yana podshoh saroyiga, ilim va fazl ahliga ehson-sovg‘alar
yuborib turar edi. Aholiga solingan soliqlami o ‘zi to iag an paytlari
ham bo‘lgan. 1500-yili Hirot shahri va uning atrofidagi aholidan
100 ming kepakiy solig‘i yig‘iladigan b o iad i. 50 ming kepakiyni
Hirot xalqidan undirib olish kerak edi. Bu maslahat Navoiyga xabar
qilinganda u hozirgi fursatda xalqqa o ‘rinsiz soliq solish Sohibqiron
davlatiga munosib b o ‘lmas, elda norozilik uyg‘otar, deb shuncha
pulni o ‘zi to ‘lab yuborganligi, xalq esa bundan g ‘oyat minnatdor
b o ‘lib, uni duo qilganligi haqida m a’lumot bor.
Alisher Navoiyning butun yer-suvi, mol-mulkidan har kuni 18
ming shohruhiy dinor miqdorida daromad kelar, bu pullar yuqoridagi
kabi xayrli ishlarga sarf etilar edi.
Alisher Navoiyning ibratomuz bunday xayrli va savob ishlari
saroydagi g ‘animlarga yoqmaydi va ulaming g ‘azabini uyg‘otadi.
Navoiyga qarshi ig ‘vo, fitna va bo‘hton avj oladi. Navoiy 1476-147-
yillarda saroy fitnalariga javoban vazirlik mansabidan iste’fo beradi
va 11 yil mobaynida davlat ishlariga aralashmaydi. U, Xondamir
aytganidek: «...Bir soatlik adolat oltmish yillik ibodatdan afzal»,
degan naqlga amal qiladi.
466
V ATAN T A R IX I
Navoiy saroydan ketgan b o ‘lsada, siyosatdan uzoqlashmaydi.
D o‘sti Husayn Boyqaroga ishonch his-tuyg‘ulari bilan yashaydi.
Vazirlik mansabidan ketgan Alisher Navoiy ilmiy, badiiy ijod
ishlariga sho‘ng‘ib ketadi. U o ‘zbek adabiy tilini taraqqiy ettirish,
bu tilda katta badiiy durdonalarini ochib, uning katta imkoniyatlarini
k o ‘z-ko‘z qilish va turkiy xalqlar birligini mustahkamlash g ‘oyalarini
ilgari suradi. Buyuk shoiming bu o ‘rinda:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatii yakqalam,
degan so‘zlari goyatda ibratlidir.
Ayni zamonda Alisher Navoiy fors-tojik tilini ham o ‘z ona
tilidek sevadi, uni tinmay o ‘rganadi va bu tilda g ‘oyat go‘zal ijod
durdonalarini yaratadi. 1476-yilda mashhur «Tuxfatul-afkor» nomli
forscha asarini yozadi.
Alisher Navoiyning shakllanishi va kamolotida fors-tojik
adabiyotining buyuk vakili, shoir va olim Abdurahmon Jomiyning
(1414—1492) xizmati kattadir. Navoiy Jomiyni Mahdumi Nuron
(Nurli Mahdum) deb ataydi. Har ikki ulug‘ zot bir-birlari bilan
do‘st, hamfikr, ustoz va shogird b o ‘lgan. Bu yaqinlik, birodarlik va
do‘stlik o ‘zbek va tojik xalqlarining qadim-qadimdan birodarligi,
qon-u qarindoshligi va do‘stligining yorqin namunasidir. Jomiy
«Hamsa»dan oshirib yetti doston yozgan va ulami birlashtirib, «Haft
avrang» deb atagan. Undan tashqari «Bahoriston» kitobi, uch she’rlar
devoni, Jomiy yozgan o ‘ttiz sakkiz asaming ro ‘yxatini o ‘z ichiga
olgan «Hamsa-tul mutahayyirin» («Besh hayratda qolganlar») kabi
asarlar bu ulug‘ siymoning daho kuchiga guvohdir. Jomiy bilan
Navoiyni birlashtirgan va do‘stlashtirgan narsa faqat ular o ‘rtasidagi
hamfikrlilik, falsafiy qarashlar birligigina emas, balki ulaming tabiati,
kishilarga munosabatlari, dunyoqarashlari, insoniy fazilatlarining
ham yaqinligi va deyarli bir xilda b o ‘lganligidir. Navoiy tug‘ilganda
Jomiy 27 yoshli yetuk shoir b o ‘lgan. Yosh farqi shu darajada katta
b o ‘lsada, Jomiy va Navoiy bir-birlariga juda yaqin boiganlar.
Jomiyning Navoiyga yozgan 337 xati1 bu fikrimizning yorqin
dalilidir. Navoiy Jomiyni ulug‘lab yozadi:
1 «Фан ва турмуш», 1989, 11-сон 20-бет.
X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda madaniy hayot
467
Ey Yaratuvchi, bu та ’no durlarining dengizi,
Bu bilim, fa zila t gavharlarining korii.
Sen uni olam ahlining jo n i qilib yaratding,
Olam eliga bu jo n n i hamisha kasib etgil.
1483-yilda Navoiy o ‘zining shoh asari «Hamsa»ni yozishga
kirishadi. Bu asami Navoiy ikki yildayoq yozib tamomlaydi.
«Hamsa» besh dostonni o ‘z ichiga oladi. 1483-yilda «Hamsaning
birinchi dostoni «Xayratul-abror» («Yaxshi kishilaming xayratla-
nishi»), 1484-yilda «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»,
«Sab’ai sayyor» («Yetti sayyora»), 1485-yilda «Saddi Aleksandriy»
(«Aleksandr devori») dostonlarini yozib nihoyasiga yetkazadi. Bu
dostonlarda Alisher Navoiy o ‘zi yashagan davming juda muhim
muammolarini falsafiy tarzda talqin etadi, ilg‘or va ijobiy fikr
yurituvchi ulug‘ bir mutafakkir sifatida bu muammolami hal qilish
y o ‘llarini ko‘rsatib beradi. Ulug‘ shoir dostonlaridagi asosiy g‘oya
va mavzu mehnatkash xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yish,
adolat va insof, mardlik va qahramonlik, sof sevgi va muhabbat,
halollik va rostgo‘ylik, go‘zallik va nafosatni ulug‘lash, mehnatni
butun borliqning boshlang‘ich ibtidosi va asosi deb bilishdir. Navoiy
dostonlaridagi asosiy qahramonlar — Farhod va Shirin, Layli
va Majnun kabi obrazlar insonlardagi barcha ulug‘ va oliyjanob
fazilatlami o ‘zlarida mujassamlashtirgan. Navoiy o ‘z «Hamsa»si
bilan o ‘zbek tilining qudratli kuchini namoyish qiladi. Nizomiy
Ganjaviy va Xisrav Dehlaviylar bilan «Hamsa»chilikda ijodiy
musobaqada katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Alisher Navoiy «Hamsa» asarini yozib tugatib, Husayn
Boyqaroga taqdim etganda podsho shoirga ta’zim qilib: «Siz
mening pirimsiz», deb so‘ng oq otga o ‘tqazib, o ‘zlari uzangidan
ushlagan holda piyoda yurib Hirot ko‘chalarini aylantirgan ekan. Bu
ulug‘ shoirga nisbatan dono, aqlli va farosatli podshoning insoniy
munosabatidan bir lavhadir, xolos.
Alisher Navoiy «Hamsa»dan tashqari lirik she’riyatning ulug‘
bir vakili sifatida ham dunyoda nom qoldirgan. Uning o ‘zbek tilida
yaratgan she’rlaridan uch marta devon tuzilgan, Bulardan birinchisi
(1466-1482) «Badoe’ul-bidoya» («Badiylik ibtidosi»), ikkinchisi
(1482-1492) «Navodirun-nihoya» («Behad nodirliklar»), uchinchisi
va eng mukammali (1492-1499) «Xazoyinul-maoniy» («M a’nolar
xazinasi») devonidir. Bu lirik xazina Alisher Navoiyning o ‘zbek
468
V A T A N T A R IX I
Do'stlaringiz bilan baham: |