Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Az mavti о ' nashast ba har xona motame,

V-az fa vti о ‘ bihest zi har go ‘sha shevane.

Z-ni sahmgin musibatu z-ni sahmnok marg,

Otash fito d  dar dili har sangu  Ohane.

M a’nosi:



О ‘limdan har bir uyga tushdi motam,

Mamlakatning har burchidan chiqdifig'on.

Temir yurak,  tosh yurakli kishilar ham 

Bu dahshatli musibatdan yutdilar qon.

Navoiy  bu  bevafo  dunyoni  tark  etgan  bo‘lsa-da,  u  xalqning 

qalbida  butun  bir  umrga  abadiy  muhrlanib  qoldi.  Xalq,  millat 

manfaati,  baxt-saodati  uchun,  haqiqat  va  adolat  tantanasi  uchun 

kurashda Alisher Navoiy  siymosi  bamisoli  y o ‘lchi  yulduzdir.  U  xalq 

orasida  ulug‘  inson,  betakror  va  m o‘jizakor  bir  siymoga  aylandi  va 

har  bir  o ‘zbek  turkiy  xonadonining  eng  ulug‘  va  m o‘tabar  zotidir. 

Alisher Navoiy haqida juda ko‘plab  xalq rivoyatlari  to ‘qilgan.  Ularda 

ulug‘  Navoiyning  oliyjanob  insoniy  fazilatlari  hikoya  qilinadi. 

«Turkiston»  gazetasining  1993-yil  9-fevral  sonida  «Ikki  rivoyat»  deb 

nomlangan  maqolasida  Nurilla  Ahmad  quyidagicha  hikoya  qiladi: 

«Alisher bilan  Husayn  Boyqaro  yoshligidan tanishib  katta b o ‘lishgan 

qalin  do‘stlar  edi.  Birga  o ‘ynab  yurganlarida  odamlar  hazillashib, 

«Husaynning  o ‘jarligi,  qaysarligidan  sultonlikka  ishtiyoqi,  Alisher- 

ning  o ‘ychanligi-yu  mulohazali  gaplaridan  shoirlikka  havasi  bor», 

deb  yurishardi.  Shunday  bo‘ldi  ham  Husayn  Boyqaro jang-u jadallar 

bilan  taxtga  chiqdi.  Alisher  esa  ne-ne  zahmatlar  chekib,  katta  shoir 

b o ‘lib tanildi.

Navoiy  Mashhad  va  Samarqand  tahsillaridan  qaytib  kelgan  kuni 

xalq  shod-u  xurramlik  bilan  kutib  olibdi.  Lekin  Sulton  uni  kutib 

olmoqqa  chiqmabdi...  «Yumushlar  k o ‘p  bo‘lsa,  yaxshisi,  o ‘zim 

huzuriga  borib  kelay»,  deb  suyukli  m a’shuqasi  Guli  birlan  saroyga 

y o ‘l  olibdi.  Ammo u yo‘qligida  Sultonning  shahaming o ‘rtasida katta 

bir  bog‘  Ьафо  ettirib,  unga  tutash  ko‘chalardan  o ‘tgan  odamlami 

jazolashidan  bexabar  edi.  Qorovullar  ikkalasini  tutib  olib,  to ‘g ‘ri 

saroyga  olib  boribdilar.  Husayn  Boyqaro  Alishemi  tanibdi-yu  o ‘zi 

chiqarib  qo‘ygan  farmoniga qarshi  borsa el-ulus,  qolaversa,  a ’yonlari 

oldida beburd b o ‘lib qolishdan  cho‘chib,  oxiri:




X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda madaniy hayot

473

—   Hoy  Alisher,  bog‘  ko‘chadan  yurib  gunohkor  bo‘libsizlar. 



Men  sizlami  endi  jazolashga  majburman.  Lekin  bitta  savolimizga 

to ‘g ‘ri  javob  bersanglar  har  ikkovlaringizning  ham  gunohingizdan 

o ‘taman.  Bir so‘z  degilki,  unda m a’shuqangning  ismi va ne  sababdan 

bog‘  ko‘chaga  kirganlaring  anglashilsin.  Javoblaring  aw alo   menga, 

so‘ng  a ’yonlarimizga  manzur  bo ‘lsun.  Navoiy  bir  lahza  o ‘ylanib 

turibdi-yu, ushbu baytni aytibdi:



Navoiy о ‘tdi ко ‘changdan piyoda yori bilan 

Kishi baloga qolurmi о  z ixtiyori bilan.

Bog ‘bonni do ‘st debon keldim ко 'cha bog ‘i bilan,

Afv etsalar,  ketgumdir G uliyorim  bilan.

—  Mingbor  uzr,  do‘stim,  gunohingizdan  o ‘tdim,  —   deb  Husayn 

Alishemi mahkam quchoqlab olibdi».

Uning  ijodiy  dahosi  Abdurahmon  Jomiy  Navoiyning  ham 

ustozi,  ham  do‘sti  va  hamkori  edi.  Navoiyga  bag‘ishlab  u 

«Hamsatul-mutahayyirin»  («Besh  hayratda  qolganlar»)  asarini 

yozgan.  Bu  asarida  u  jumladan,  Navoiy  haqida:  «Kel,  Jomiy  umr 

bo‘yi  mashaqqat  tortib,  k o ‘nglingdan  shu  «besh  ganj»ni  dunyoga 

chiqarding.  Sening  bu  «Besh»ing  («Hamsa»)  shunday  kuchli  panja 

bo‘ldiki,  daryokaflar  qo‘li  buralib  ketdi.  Biroq  har  xazina  o ‘lchovli 

(ya’ni  yetuk  shoir)  qalamidan  bu  o ‘tar  dunyo  «Besh  xazina»  bilan 

boyigandir.  U  «Besh»liklarga  sening «Besh»ing qachon tenglashardi. 

Ulaming  bir  xazinasi  sening  yuz  xazinangdan  yaxshidir.  Xususan, 

u  panjaki,  ganjadan  sarpanja  urganga  sher  kabi  o ‘z  sarpanjasini 

urdi,  turkiy  tilda  bir  ajoyib  qo‘shiq  kuyladiki,  jodu  nafaslilar  og‘zi 

muhrlandi.  Bu  qalamga  falakdan  ofarinlar  yog‘ilsin.  Chunki  bu 

yoqimli  naqshni  o ‘sha  qalam  yaratdi  va  forsiy  til  egalari,  forscha 

nazm  durlarini  tizuvchilarga  rahm  qildi:  u  ham  shu  forsiy  tilda 

yozganda,  boshqalarga  so‘z  aytishga  majol  qolmasdi.  Bu  m o‘jizakor 

nazm  tarozisi  qarshisida  Nizomiy  kim-u  Xisrav  kim  b o ‘ldi?  U 

boshqa  tilda  so‘z  yuritganida  aqlga  oradagi  farqni  axtarish  uchun 

yo ‘l qolmadi.

Ey  (Navoiy),  sening  ta ’bing  so‘z  ustodidir.  Qalaming  ochqichi 

bilan  so‘z  eshigini  ochding.  Ravnaqdan  qolib  ketgan  va  xorlik 

burchagidan o ‘rin olgan (turkiy)  so‘zga sen yangidan obro‘y berding. 

Uni  ijod  maydoniga  olib  chiqding.  U  sening  ra’ying  nuridan  safoli 

bo ‘ldi,  luffing navosi (boyligi)dan navoli  (bahramand) bo‘ldi»'.

1 «Х алк сузи»,  1991  йил, 29  май.




474

V A T A N   T A R IX I

Ingliz  sharqshunos  olimi  E.Broun  «Fors  adabiyoti  tarixi» 

kitobida  Navoiyga  yuksak  baho  beradi:  «...Navoiy  turkiy  nazmning 

rivojlanishiga  juda  katta  ta ’sir  ko‘rsatdi,  turk  shoirlari  ungacha 

butunlay nom a’lum yoki  nihoyatda kamsitilgan  edilar»1.

U lug‘  Alisher  Navoiyning  buyuk  davlat  arbobi,  bosh  vazir 

sifatidagi  shaxsiy  sifatlarini  AQSH  olimlari  Tomas  Lente  va  Glenn 

Louvrilar  quyidagicha  ta ’riflaganlar:  «XV  asming  oxirida  temuriylar 

saltanatining  madaniy  hayotiga  juda  muhim  ta’sirini  o'tkazgan 

inson  Mir  Alisher  Navoiy  bo‘lib,  u  yangi  siyosiy  va  iqtisodiy 

sharoitni  yaratishda  g ‘oyat  katta  yordam  berdi.  Sulton  Husaynning 

«ko‘kaltoshi»  («birga  o ‘sgani»)  va  yaqin  do‘sti  Mir  Alisher 

muhtojlarga  hayr-u  ehson  qiluvchilaming  mashhuri,  shoir  va  olim 

edi»2.

0 ‘zbekiston  milliy  istiqlol  va  mustaqillik  yo‘lidan  og‘ishmay 



olg‘a  tomon  borayotgan  bugungi  kunda  avlodlarimiz  ongida 

milliy  ong,  mustaqillik  tafakkuri  va  milliy  birlik  kabi  g ‘oyalami 

shakllantirishda  Mir  Alisher  Navoiyning  bosib  o ‘tgan  boy, 

j o ‘shqin  hayot  va  ijod  yo‘li  hammamiz  uchun  ibrat  va  namunadir. 

1991-yilning  Navoiy yili  deb  e ’lon  qilinishi,  0 ‘zbekistonda  xalqimiz 

uchun  eng  aziz  va  m o‘tabar  qadamjolaming,  madaniy-ma’rifiy 

muassasalar,  maktablar,  oliy  o ‘quv  yurtlarining  uning  ulug‘  va 

tabarruk  nomi  bilan  atalishi,  Navoiyga  bag‘ishlab  buyuk  san’at 

asarlarining  yaratilishi  va  boshqalar  xalqimizning  o ‘z  sevikli  va 

buyuk farzandiga mehr-muhabbatining ramziy  ifodasidir.

Xullas,  Mir  Alisher  Navoiy  o ‘zbek  xalqining,  barcha  turkiy 

xalqlaming  milliy  g ‘ururi  va  iftixoridir.  Uning  nomi  yosh  avlodni 

millat,  yurt  va  Vatan  baxt-u  saodati  va  istiqloli  uchun  kurashga 

chorlovchi  siymo  sifatida  asrlar osha xalqlarimizning qalbida abadul- 

abad yashayveradi.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish