1 Навоий замондошлари хотирасида (туплам). - Т.: «Адабиёт ва санъат» нашриёти, 1985,
X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda madaniy hayot
475
shaharlaridan biriga aylanadi. Xurosonning xalqaro obro‘-e’tibori va
nufuzi oshadi. Zahiriddin Muhammad Bobuming yozishicha: «Sulton
Husayn Mirzoning zamoni ajab zamona edi, ahli fazl va benazir eldin
Xuroson, batahsis Hirot shahri mamdu edi. Har kishining kim bir
ishga mashg‘ullugi bor erdi, himmati va g ‘arazi ul erdikim, ul ishni
kamolga yetkurgay»1.
Xuroson hokimi Husayn Boyqaro o ‘zining maktabdosh do‘sti
Alisher Navoiy bilan birga turkiy til va adabiyoti muammolariga
katta e ’tibor beradi, turkiy tilda qalam tebratgan va ijod qilgan
shoir-u olimlami o ‘z himoyasiga oladi, ularga xomiylik qilib, mansab
va martabalarini oshiradi. Husayn Boyqaro saroyida uning bevosita
ishtirokida «Oliy majlis»lar b o ‘lib turardi, unda badiiy asarlar tez-tez
muhokama qilinar, qizg‘in muloqot kechalari va she’rxonlik davralari
tashkil qilinardi. Husayin Boyqaro bilan Alisher Navoiyning do‘stligi
bir umrlik samimiy va beg‘araz do‘stlik edi. Ishonchli manbalar
bundan yaqqol dalolat beradi, y a’ni 51230 misra hajmli «Hamsa»da
ham, 42400 misrali boshqa she’riy hazinada ham Husayn Boyqaroni
u yoki bu tarzda yomonlovchi yoki undan norozilik ohangida
biror-bir satmi uchratmaymiz. Aksincha, Navoiy do‘sti Husayn
Boyqaroni juda ko‘plab asarlarida ijobiy baholaydi. Uning adolatli,
diyonatli, insofli va xalqparvar podsho b o iib yetishishiga ishonadi.
Hatto 1469-yilda Husayn Boyqaro hokimiyat tepasiga kelganda
unga bag‘ishlab 90 baytdan iborat «Hiloliya» qasidasini yozadi. Bu
qasidaning dastlabki misralarida osmon gumbazida paydo bo‘lgan
yangi oy (hilol) tasviri berilgan. Bu hilolning egilgan shaklini shoir
sevgili yorining qoshiga yoki o ‘zining ta ’zim bilan egilgan qomatiga
o ‘xshatadi:
О 'yla zohir bo ‘Idikim, kelgan ani ко 'rgan kishi,
Dilbarim qoshiga-u, mening qadimga nisbatan.
Hilol osmonda yangi paydo bo ‘Igan uch kunlik oydir.
Shoir bu qasidasida dastlab yangi oy, yangi davr, yangi
hokimiyat boshlanganini shu yangi oyning paydo bo‘lishiga nisbat
beradi.
Alisher Navoiy o ‘zining «Majolisun-nafois» tazkirasining sak-
kizinchi majlisini maxsus Husayn Boyqaroga — shoir Husayniyga
bag‘ishlaydi. Bunda shoir g ‘azallaridagi mavzu rang-barangligi,
badiiyatdagi kashfiyotlar, noyob tashbehlar, dilrabo adolar haqida
1
Бойцаро Хусаин.
Жамолингдин кузим равшан. - Т., 1991, 3-бет.
476
V A T A N T A R IX I
atroflicha fikrlaydi. Husayniy kuylagan ishqning qudrati va oshiqning
iztiroblari, intilishlari, ruhiyatiga yiizlangan holatlari ajib bir tarzda
dilbarlik bilan tarannum etilganini ko‘rsatib beradi.
Shoir Husayniy she’riyatida dunyoviy adabiyot lirikasi an’ana-
lari, Alisher Navoiy lirikasining ta’siri yorqin bir tarzda o ‘z aksini
topgan. Quyidagi satrlar bu fikrimizning yaqqol dalilidir:
О ‘tga yondir sarvni, ul qaddi ra ’no bo ‘Imasa,
Elga bergin gulni, ul ruxsori zebo bo ‘Imasa.
El Husayniy, boda ichsam yo r alidin teng durur,
Bo ‘Isa obi Xizr-u umri jovidon yo bo ‘Imasa.
Husayniy ijodiga Zahiriddin Muhammad Bobur ham baho
bergan: «Tab’i, nazmi bor edi. Devon ham tartib qilib erdi. Turkiy
aytur erdi. Tahallusi «Husayniy» erdi. Ba’zi baytlari yomon emastur,
vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur».
Xullas, Husayn Boyqaro qadimiy Sharq an’analarini davom
ettiradi, ulkan davlat arbobi bo‘lish bilan birga nafaqat ilm-ma’rifat
va madaniyat homiysi, ayni chog‘da o ‘zi ham binoyidek go'zal va
nafis lirik g ‘azallar bitgan. Shoir sifatida ona tariximizdan munosib
o ‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: