Navoiy devoni q o‘lyozmasining sahifalari.
tilida yozgan 45 ming misraga yaqin she’rlarini o ‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, Navoiy «Foniy» tahallusi bilan fors-tojik tilida 12
ming misradan ziyod she’rlar yozadi. U «Devoni Foniy» nomi bilan
chop etilgan.
Alisher Navoiyning «Xazoyinul-maoniy» devoni o ‘z ichiga 16
lirik janm i oladi va unda 3130 she’r mujassamlangan. U lug‘ shoir
«Xazoyinul-maoniy»ga kirgan she’rlarini o ‘z hayotining to ‘rt davriga
moslashtirib, shartli ravishda to ‘rt devonga b o ‘ladi. Bu devonlar
quyidagicha nomlangan: «G ‘aroyib us-sig‘ar», «Navodir ush-shab-
bob», «Badoyi ul-vast» va «Favoyid ul-kibar». Bu xalq orasida
«Chor devon» nomi bilan mashhurdir.
Navoiyning xalqchil asarlari uning obro‘siga yana obro‘
qo‘shadi. Husayn Boyqaro saroyidagi Majididdin boshliq ig ‘vogar
kuchlar bundan g ‘oyatda tashvishda edilar va ular Navoiyning
Hirotda qolishini o ‘zlari uchun goyatda xavfli deb bilardilar. Bu
davrda Husayn Boyqaro aysh-u ishrat va kayf-safoga ruju qilgan,
davlat moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. Saroydagi
g‘animlar bu vaziyatdan ustalik bilan foydalanmoqchi bo‘ladilar.
Navoiyning talabi bilan saroydan chetlashtirilgan Majididdin biror-
bir katta mansabni egallash maqsadida bir necha tuman aqchaga
muhtoj bo ‘lgan Husayin Boyqaro xazinasiga bir y o ‘la 2000 tuman
aqcha keltirib topshiradi. Shu pul bilan u saroy ishonchini qozonadi
X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda madaniy hayot
469
va vazirlik lavozimiga tayinlanadi. Ammo Husayn Boyqaro bu
ishni Navoiy m a’qullamaganligidan tashvishlanadi. Nihoyat Alisher
Navoiy dushmanlarining talabi bilan 1487-yilda Astrobodga hokim
etib tayinlash niqobi ostida poytaxt Hirotdan surgun qilinadi.
Astrobodda Navoiy adolat o ‘matadi, tartib-intizomni yo ‘lga qo‘yadi,
xalqqa jabr va sitam qilgan amaldorlami jazolaydi, obodonchilik
ishlari bilan shug‘ullanadi, adabiy ijod ustida ishlaydi, fan, mada-
niyat xodimlariga murabbiylik va homiylik qiladi. Navoiyning
dushmanlari uni Astrobodda ham tinch qo‘ymaydilar. Bir necha bor
uning joniga qasd qiladilar. Navoiy bir necha bor Hirotga qaytishga
Husayin Boyqarodan ijozat so‘raydi. Uning iltimoslari javobsiz
qoldiriladi. 1488-yilda Navoiyni zaharlab o ‘ldirishga qasd qilingan
fitna fosh b o ‘lgach, Husayn Boyqaro uning Xirotga qaytishiga ijozat
beradi.
Navoiy Hirotda hech qanday rasmiy lavozimni qabul qilmaydi,
«janobi oliyning yaqini» sifatida siyosat ishlariga aralashadi va
umrining oxiriga qadar ilmiy, adabiy ijod bilan m ashg‘ul b o ‘ladi.
Ulug‘ shoir bu davrda o ‘zining asosiy diqqat-e’tiborini Sulton
Husayn Boyqaro bilan uning farzandlari o ‘rtasidagi toj-u taxt
va davlat talash mojarolarini bartaraf etishga qaratadi. Albatta, bu
ishlar Navoiyning tinka-madorini quritadi. Buning ustiga shu yillar
davomida Navoiy uchun g ‘oyatda musibatli voqealar birin-ketin
sodir bo‘ladi. 1492-yilda Abdurahmon Jomiy vafot etadi. Bu voqea
Navoiyni g ‘oyat qattiq iztirobga soladi.
Balx hokimi lavozimini bajaruvchi Darvesh Ali o ‘z akasi
Navoiyga nisbatan Majididdin tomonidan uyushtirilayotgan ig‘volar-
dan gazablanib, Husayn Boyqaroga qarshi isyon ko‘taradi. Husayn
Boyqaro Majididdinni vazirlikdan chetlashtiradi. Biroq Majididdin
Navoiyga nisbatan ig‘vo va bo‘htonni davom ettiradi. U Darvesh Ali
isyonida Navoiyning qo‘li borligiga Husayn Boyqaroni ishontiradi.
Husayn Boyqaro Balxga Darvesh Aliga qarshi qo‘shin tortganda
Navoiy u bilan birga borishga majbur bo‘ladi. Darvesh Ali isyoni
bostirilgach, Navoiyning bu isyonga aloqasi yo‘qligi m a’lum b o ‘ladi.
Husayn Boyqaro Darvesh Ali bilan yarashadi. Ammo ko‘p o ‘tmay
u vadasidan qaytib, Darvesh Alini zindonga soladi. Majididdin
saroydan chetlatilgan bo‘lsada, Husayn Boyqaro saroyida ijobiy
o ‘zgarishlar yuz bermaydi. Sulton Husayn kayf-u safoni avjga
mindiradi. Majididdin saroydagi ziddiyat va qarama-qarshiliklami
yanada
cho‘g ‘lantiradi.
U
Husayn Boyqaroning mastligidan
470
V ATAN T A R IX I
foydalanib, shohning sevikli xotini Xadichabegim bilan birga fitna
uyushtiradi. Husayn Boyqaro og‘li Badiuzzamonning og‘li —
nabirasi M o‘min Mirzoning qatl etilishi to ‘g ‘risidagi buyruqqa imzo
chekadi. Bu ota-bola o ‘rtasida qattiq mojaroning kelib chiqishiga
sabab b o ia d i. 1499-yilda esa Husayn Boyqaro yana bir ig‘voning
domiga tushadi va Navoiyning qarindoshi va sevikli shogirdi shoir
Mirhaydar Sabuhiyni o ‘ldirtiradi. Bunday voqea va hodisalar ulug‘
shoiming ruhiy holati va salomatligiga albatta salbiy ta ’sir k o ‘rsatadi.
Ammo shunga qaramasdan Alisher Navoiy buyuk ijodiy
ishlarini davom ettiradi. 1488-1501-yillar davomida u Hirotda bir
qator shohona asarlar yaratadi. Navoiy «Tarixi muluki ajam» («Ajam
shohlari tarixi») asarini tarixiy manbalardan keng foydalangan
holda yaratadi. Qadimgi xalq afsonalarini qayta ishlaydi. 1490-yilda
yozilgan «Xoloti Sayid Hasan Ardasher» nomli asar shoir va
m a’rifatparvar inson Sayid Hasan Ardasher haqidadir. Navoiyning
«Risolayi Muammo» kitobi 1491-yilda yozilgan b o ‘lib, u muammo
janrig‘a bag‘ishlangan. Xuddi shu yili ulug‘ shoir «Majolisun-nafois»
nomli tazkirasini yozishga kirishadi. Unda XV asrda yashab ijod
qilgan 450 dan ortiq shoir va yozuvchilaming hayoti va faoliyati
to ‘g ‘risida qimmatli m a’lumotlami beradi, ulaming asarlaridan ayrim
parchalami keltiradi. Navoiy 1491-yildan keyingi davrda Husayn
Boyqaro va boshqalarga yozgan maktublarini to‘plab, «Munshaot»
nomi bilan kitob qilib chop ettiradi. Ayni paytda u fors-tojik tilida
yozgan maktublarini ham alohida kitob holiga keltiradi. Bu xatlar
Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati, uning g ‘oyaviy va ilmiy
dunyoqarashi hamda ulug‘ shoir yashagan davming ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayotini o ‘rganishda g ‘oyat qimmatli manba
hisoblanadi. Navoiyning 1492-yildan keyin yozilgan «Mezon ul-
avzon» («Vaznlar o ‘lchovi») asari sher tuzilishi, amz vazni haqida
ham nazariy, ham, amaliy m a’lumotlar beruvchi asardir. XV asrda
yashab ijod etgan falsafiy shoir va mutafakkir Pahlavon Muhammad
haqida Alisher Navoiy o ‘zining «Holoti Pahlavon Muhammad»
badiiy-biografik asarini, 1496-yilda so‘fiylar haqida «Nasoyimul-
muhabbat» («Muhabbat shabadasi») asarini yozib tamomlaydi.
1498-1499-yillarda shoir o ‘zining «Lison ut-tayr» falsafiy dostonini
yozadi. Ana shu asar bilan deyarli bir vaqtda Navoiy o ‘zining
mashhur lingvistik asari «Muhokamatul-lug‘atayn» («Ikki til haqida
muhokama») deb nomlangan asarini yozib tugatadi. Bu asar ulug‘
shoiming uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy ishlari va tajribalari
X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
471
natijasi oiaro q, o ‘zbek tilining hayotdagi o ‘m i va badiiy ijoddagi
mavqeyiga bag‘ishlangandir. 1500-yilda Navoiyning «Mahbubul-
qulub» («K o‘ngillaming sevgani») deb ataluvchi yirik asari e’lon
qilinadi. Bulardan tashqari Alisher Navoiy o ‘zi yashagan davrning
iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi, o ‘z mulklari hamda qoldirgan imoratlari
to ‘g ‘risida m a’lumot beruvchi «Vaqfiya» (1482), diniy va odob-
axloq masalalariga oid «Nazmul-javohir» («Gavharlar tizmasi»,
1485), «Tarixi anbiyo va hukamo» («Anbiyolar va hakimlar tarixi»),
«Sirojul-muslimin» («Musulmonlik nuri», 1488) va boshqa bir
qancha asarlar yaratadi. Navoiy yaratgan ijod durdonalarining deyarli
barchasi bizgacha yetib kelgan.
Ammo shu narsani alohida qayd qilmoq kerakki, ulug‘ shoir,
buyuk davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiyning ham ushalmay
qolgan orzu-armonlari bo‘lgan. Eng aw alo, bu orzulami Navoiyning
o ‘zi uchta deb ko‘rsatgan: Yusuf va Zulayho, Navoiyning o ‘z
sevgilisi haqida dostonlar va Husayn Boyqaro tarixi haqida kitob
yozishdan iborat edi. Nachora, ulug‘ bobomizning bu orzulari
ushalmagan orzuligicha qoldi.
Alisher Navoiyning vafoti bir tomondan, dahshat bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, hayot sabog‘i, tarbiya maktabi sifatida odamlami insofga,
diyonat va farosatga chorlaydi. Ulug‘ Navoiy jo ‘shqin ijod bilan
band. Uning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro esa o ‘z farzandlari,
amir va amirzodalar bilan toj-u taxt, yer-mulk va davlat talashib
jang-u jadaldan bo‘shamaydi. Husayn Boyqaro 1500 yilning yozida
otaga qarshi isyon k o ‘targan o ‘z og‘li Muhammad Husaynga qarshi
qo‘shin tortadi. 28-dekabrda Husayn Boyqaro bu urushda g ‘alaba
qozonib, og‘li Muhammad bilan yarashib, Hirotga qaytadi va yo‘lda
X o‘ja Abbos qishlog‘ida to ‘xtaydi. Bu xushxabami eshitgan Alisher
Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroni tabriklash uchun y o ‘lga otlanadi.
X o‘ja Abbos qishlog‘iga yetib kelgan Navoiy ko‘zda yosh ila do‘sti
Husayn Boyqaroga talpinganicha otdan tushar chog‘ida bandalikni
bajo keltiradi. 1501-yil 3-yanvarda buyuk davlat arbobi, she’riyat
mulkining dahosi, ulug‘ mutafakkir inson Alisher Navoiy bu dunyoni
tark etadi. Turkiylar dunyosi motam to ‘nini kiyadi. Podsho Husayn
Boyqaro Navoiyning m a’rakasida o ‘zi bosh bo‘ladi. U uch kungacha
Navoiyning uyida aza tutib yotadi. Butun Xuroson va Movarounnahr
g ‘am va qayg‘u-alamga botadi. Juda k o ‘plab shoir-u yozuvchilar,
adiblar va tarixchilar ulug‘ Navoiy to ‘g ‘risida asarlar, dostonlar,
she’rlar va tarixiy kitoblar yozadilar. Tarixchi Xondamir hazrat
472
V A T A N T A R IX I
Alisher Navoiyning o ‘limi butun mamlakat va xalq uchun nechog‘lik
og‘ir va musibatli b o ‘lganligini quyidagicha yozgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |