Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

ALISHER  NAVOIY 

(1 4 4 1   1 5 0 1 )

A lisher  Navoiy  o ‘zbek  xalqining 

ulug‘  shoiri  va  mutafakkiri,  olim  va 

davlat  arbobi,  jahon  adabiyotining  N i­

zomiy  Ganjaviy,  Amir  Xisrav  Dehlaviy,

Firdavsiy,  Abdurahmon  Jomiy  singari 

ulug‘  siymolaridan  biridir.  U  1441-yil 

9-fevralda  Hirotda  tug‘ilgan.  Alisheming 

otasi  G ‘iyosiddin  Kichkina  va  bir  ne- 

cha 


qarindoshlari 

temuriylarga 

yaqin 

amaldorlardan,  buvilari  esa  temuriy  shah- 



zodalaming  enagalaridan  bo‘lgan.  Atoqli 

muarrih  Mirxond  o ‘zining  «Ravzat  us- 

safo»  asarida  «Amir  Alisheming  bobosi  Amir  Temuming  o ‘g ‘li 

Umarshayx  bilan  ko‘kaltosh  edi»,  deb  yozadi.  Navoiy  go‘dakligidan 

boshlab  temuriy  shahzodalar  bilan  birga  tarbiya  topadi.  Uni  to ‘rt 

yoshidayoq  o ‘qishga  beradilar.  Alisher  Husayn  Boyqaro  bilan 

birga  o ‘qiydi.  Yoshlik  chog‘idan  boshlab  san’at  va  adabiyotga 

mehr  qo‘yib,  Farididdin  Attor,  Qosim  Anvar  va  boshqa  mashhur 

shoirlaming  she’rlarini  yod  olishni  mashq  qiladi.  Husayn  Boyqaro 

bilan birga o ‘qishlik uzoqqa bormaydi.  1447-yilda Shohruh vafotidan 

so‘ng  boshlanib  ketgan  toj-u  taxt  kurashi  natijasida  Navoiylar  oilasi 

Iroqning Taft  shahriga ko‘chib  ketadi.  U  yerda yosh Alisher mashhur 

tarixchi  Sharafiddin  Ali  Yazdiy  suhbatida  b o ‘ladi.  Ali  Yazdiy 

Alisheming  aqli,  zehni  va  fahm-farosatidan  hayratlanadi.  1452-yilda 

Abulqosim  Bobur  Hirotni  egallagach,  mamlakatda  osoyishtalik  va 

tartib o‘matiladi.  G ‘iyosiddin oilasi bilan Hirotga qaytadi va Sabzavor 

hokimligiga  tayinlanadi.  Yetti  yoshligidan  sheriyat  ishqiga  mubtalo 

bo‘lgan  Alisher  o ‘qishni  davom  ettiradi.  U  o‘qib  yurgan  kezlarida




462

V ATAN   T A R IX I

adabiyotdan  tashqari  musiqa,  rasm,  hattotlikka ham  qiziqadi.  0 ‘zbek 

va  fors-tojik  shoirlarining  ijodlarini  zo‘r  havas  bilan  o ‘rgangan 

Alisher  Farididdin  Attor,  Xisrav  Dehlaviy,  Nizomiy  Ganjaviy, 

Yassaviy,  Lutfiy  va  Abdurahmon  Jomiy  singari  ulug‘  siymolami 

ustoz  deb  biladi.  Zahiriddin  Bobur,  Davlatshoh  Samarqandiy, 

Mirxond,  Xondamir,  Sulton  Husayn  Boyqaro,  Kamoliddin  Behzod 

va boshqalami  faxr bilan zamondoshim deb ataydi.

1456-1464-yillarda  Alisher  Navoiy  Mashhadda  yashaydi  va 

Xuroson podshosi Abulqosim Bobuming xizmatida bo‘ladi.  Bu yerda 

uning  shoirlik qobiliyati  ko‘zga yorqin tashlanadi.  0 ‘zi  shoir b o ‘lgan 

Abulqosim  Bobur  va  uning  saroyidagi  atoqli  shoirlar  Alisheming 

yuksak  va  noyob  zehni  va  qobiliyatiga  yuqori  baho  beradilar. 

Tarixchi Xondamiming guvohlik berishicha,  yosh Alisheming:

Orazin yopqoch ко ‘zimdin sochilur har lahzayosh,

Bo 'ylakim, pay do  bo ‘lur yulduz,  nihon bo ‘Ig'och quyosh,

deb  boshlanadigan  g ‘azalini  Mavlono  Lutfiy  quyidagicha  baholagan 

ekan:  «.„Agar  muyassar  bo‘lsa  edi,  o ‘zimning  o ‘n-o‘n  ikki  ming 

forsiy  va  turkiydagi  baytlarimni  birgina  shu  g ‘azalga  almashtirardim 

va bu  ishning yuzaga chiqishini  zo‘r muvaffaqiyat hisoblardim».

Alisher  otadan  yosh  yetim  qoladi.  Abulqosim  Bobur  yosh 

Alisherga  ota  o ‘miga  otalik  qiladi.  15  yoshidan  boshlab  Alisher 

maktabdosh  do‘sti  Husayn  Boyqaro  bilan  birga  Abulqosim  Bobur 

saroyida  xizmatda  bo‘ladi,  1457-yilda  Abulqosim  Bobur  vafot  etadi. 

Navoiy  Mashhadda  qolib,  o ‘qishni  davom  ettiradi,  mantiq  (logika), 

falsafa,  riyoziyot  (matematika)  va  boshqa  fanlami  qunt  bilan 

o ‘rganadi.

Navoiy Mashhadda ikki tilda  she’rlar ijod qilishni  davom ettiradi 

va  «zullisonayn»  (ikki til  egasi)  nomi bilan  shuhrat qozonadi.  0 ‘zbek 

tilida  ijod  etgan  she’rlariga  «Navoiy»  («navo»  so‘zidan),  fors-tojik 

tilidagi  she’rlariga esa «Foniy»  («fano»  so‘zidan) tahallusini beradi.

Abulqosim  Bobur  vafotidan  so‘ng  Xuroson  Abusaid  hukm- 

ronligiga  o ‘tadi.  Mansab  va  davlat  orzusida  yurgan  Husayn  Boyqaro 

Marvga  ketadi  va  taxt  d a’vogarligi  uchun  bu  yerda  kuch  to ‘plashga 

kirishadi.

Yoshlikdan Husayin Boyqaro bilan qadrdon do‘st bo‘lgan Alisher 

Hirot  hukmdori  Abusaidga  qarshi  bosh  k o ‘targan  badaxshoniylarga 

xayrixohlik  izhor  qiladi.  Bundan  g‘azablangan  Abusaid  Alisher 

Navoiyni  1466-yilda  Hirotdan  Samarqandga badarg‘a  qiladi.  Navoiy 

Samarqandda uch yil g ‘oyat og‘ir moddiy sharoitda ilim oladi. Vafoiy



X bob.  XIV asm ing ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda m adaniy hayot

463

tahallusi bilan yaxshigina she’rlar yozib elga taniladi.  Samarqandning 



m a’rifatparvar  hokimi  Ahmad  Hojibek,  olim  Fazlulloh  Abullays 

va  boshqalar  Alisher  Navoiyga  homiylik  qiladilar  va  katta  yordam 

ko‘rsatadilar.  Ayniqsa,  o ‘z  zamonasining  mashhur  olimlaridan 

hisoblangan  Fazlulloh  Abullays  Alisheming  zehni  va  qobiliyatiga 

tan  berib,  unga  katta  yordam  beradi,  mudarrislik  qiladi  va  Navoiyni 

o ‘ziga  farzand  deb  biladi.  Tarixchi  Xondamir  «Makorimul-axloq» 

asarida  Fazlulloh  Abullaysning  Navoiyga  ayricha  munosabatini 

quyidagi  jumlalarda  bitgan  edi:  «...Xoja  janoblari  Oliy  Hazratning 

o ‘tkir  zehnli  ekanini  har  vaqt  maqtar  edi  va  boshqa  o ‘quvchilardan 

uni  ortiq  ko‘rar  edi».  Botir  Valixo‘jayev  «Alisher  Navoiyning 

Samarqanddagi  qadamjolari»  maqolasida  Xoja  Fazlulloh  Abullays 

haqida  quyidagi  m a’lumotlami  beradi:  «Zamonasining  Abu  Xanifasi 

(fiqh  olimi),  obni  Hojibi  (arab  tilshunosi),  Abu  Ali  ibn  Sinosi  deb 

e ’tirof  etilgan  Xoja  Fazlulloh  Abullays  haqida  hozircha  m a’lum 

bo‘lgan  m a’lumotlar  shular.  Alisher Navoiy  ana  shu  alloma  qoshida 

ikki  yil  huquqshunoslik,  arab  tili  va  adabiyoti,  she’rshunoslikdan 

saboq oldi...»1

Temuriylar  sulolasining  m a’muriy  va  yirik  madaniy  mar- 

kazlaridan  biri  bo‘lgan  Samarqand  Alisher  Navoiy  faoliyatining 

shakllanishida  g ‘oyat  katta  ro ‘l 




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish