jo n siz suratga jo n bag'ishlar edi.)
Kamoliddin Behzodning san’atkorlik mahorati va asarlarining
ta ’sir kuchini k o ‘rsatuvchi quyidagi bir voqea Vasifiyning «Ba-
doyiul-vaqoe» kitobida keltiriladi: «Kunlaming birida Behzod yangi
ishlagan bir suratini Navoiyning oldiga olib keladi: ajoyib bog‘,
daraxtlar, daraxtlar shohida qushlar... gullar qulf urib ochilib yotibdi,
ariqlarda zilol suvlar. B og‘da nuroniy Alisher Navoiy. U bir qo‘li
bilan hassaga tayangan, ikkinchi qo‘lida bir tovoq, tovoqda oltinlar.
Navoiyning atrofida ilm-fan, san’at va adabiyot ahllari. G o‘yo
Navoiy ulaming ijodiy ishlaridan shod bo‘lib, boshlaridan oltin
sochmoqchi... Suratdan zavqlangan Navoiy bunday bayt aytadi:
Naqqosh, ajab sahora munaqqash kardi,
Ey vaqti tu xush, ki vaqti mo xush kardi.
(M a’nosi: Naqqosh, ajoyib sahifani naqshlabsan, vaqting xush
Do'stlaringiz bilan baham: |