4. T A S A W U F — S O ‘FIY L IK T A ’LIM O TI
IX -X III asrlarda 0 ‘rta Osiyo davlatlarida tasavvuf — so‘fiylik
taiim o ti rivoj topdi. So‘fiylik (tasavvuf) islomdagi falsafiy diniy
oqimdir. Voiz Koshifiy «Futuvatnomai sultoniya» asarida: «...ta
savvuf tariqat maqolalaridan biridir», deydi. U «so‘fiy» qadimiy
b o iib , Odam alayhissalom o ‘g ‘illari Shish alayhissalom davrida
paydo boiganligini aytadi.
Rus olimi I.M. Petmshevskiyning qayd qilishicha, ingliz
sharqshunosi R.Nikolson XI asrgacha b o ig a n yozma manbalarda
«sufizm» tushunchasining yetmish sakkiz m a’nodagi talqinini
aniqlagan ekan. Nasafiyning Xoji Ahmad Yassaviy risolasida ham
islom dinida «So‘fiylik oqimi, darveshlar payg‘ambar zamonasidayoq
vujudga kelgan»', deyiladi. Abulhakim Shar’iy Juzjoniy «T asaw u f
taiim otining ildizlari» («Muloqot»,
1995, № 1-2) maqolasida
tasavvuf so‘zi «...«so‘f», yani kiyimni kiymoq, so‘fiy b o im o q va
shuningdek, haq y o iid an yuruvchi b o im o q va darvishlar tariqasi
m a’nolarida qoilanadi. Tasavvuf so‘zi bir istiloh (atama) sifatida
uning payrovlari aqidasiga binoan nafs (ichki dunyo) ni pokizalash
natijasida inson qalbida haqiqat yog‘dusi porlay boshlaydi» (31-32-
bet), deydi. Uning fikricha, tasavvuf va irfon tushunchalari bir-biriga
yaqindir, shu tufayli har ikkala so‘z bir m a’noda ham ishlatiladi.
B a’zilarning fikricha, tasavvuf Irfonning bir b o iim i va uning
ko‘rinishlaridan biridir, ya’ni tasavvuf y o ‘l-yo‘riq va tariqat sifatida
irfondan ajralib chiqqan. Irfon esa umumiyroq tushuncha b o iib ,
tasaw ufdan boshqa y o i-y o ‘riq va mazhablami ham o ‘z ichiga oladi.
1 Насафгш. Хожа Ахмад Яссавий. - Т., F. Гулом нашриёти, 1993, 5-бет.
266
VATAN TARIXI
Doktor Javod Nurbaxsh «So‘fiylar behishtida» asarida buyuk
mashoyihlaming so‘zlariga ko‘ra tasavvufni so‘z bilan ifodalab
boim asligini, so‘z bilan ifodalanuvchi narsa ta sa w u f emasligini
yozadi. Uning fikricha, « ta saw u f — ishq ozuqasi va tahqid y o ‘li
bilan haqiqatga olib boradigan tariqatdan iborat».
So‘fiy aqidasining asosi yagona Haqiqat — Haq taolo b o iish i
kerak. Shu sababdan so‘fiylar shariat qoidalarini o ‘rganib, m a’rifat
va haqiqatga, Haqqa yetishga intilar edilar. So‘fiylik taraqqiyotida
taqvoga katta e ’tibor berilgan. Zuhd va taqvo — ko‘ngilni foniy
dunyo gunohlaridan, g‘araz, ta ’malardan tozalash va Xudo buyur-
ganiga amal qilib, Alloh man etgan ishlardan saqlanish demakdir.
So‘fiylar fikricha, ilohiy ishq har qanday g ‘arazli manfaatlardan
holi bo'lishi zarur. T asaw u f ta ’limotiga ko‘ra, borliqdagi hamma
xilqatlarda, xususan, odamzodda ham ilohiy zarralar bor. So‘fiyning
maqsadi ko‘nglidagi ilohiy zarralarni uzoq va mashaqqatli poklanish
y o ‘lidan borib, yana Allohga qaytarishdan iboratdir. B a’zi ta sa w u f
namoyandalari Haq taologa yetishish y o ‘llarida 19 maqom va
360m anzillar borligini aytganlar. Sultonmurod Olimning quyidagi
xulosalari diqqatga loyiqdir: «Din Qur’oni Karimning zohiriy
m a’nolari, y a’ni ko‘pchilikka tushunarli m a’nolari doirasida amal
qiladi. T asa w u f Q ur’oni Karimning botiniy m a’nolari, y a’ni faqat
xos, alohida kishilargagina tushunish nasib etadigan ichki nozik
m a’nolari bilan ish k o ‘radi. Ammo ta sa w u f yo'lini tutish uchun
a w a l komil musulmon bo‘lish, shariatning barcha shartlarini bekamu
ko‘st bajarish shart. Yana shuni aytish kerakki, avvalo, dinning o ‘zi
ham dahriylik targ‘iboti bizning tor tasavvurlarimizda badnom qilib
shakllantirgan din tushunchasidan tamoman o ‘zga narsa»1.
T asaw u f ilmida komili insonni ruhan shakllantirish, kamolotga
yetkazish nazariyasi bosh masala hisoblanadi. Bu nazariyaga ko‘ra:
«Insonni Xudo o ‘ziga o ‘hshatib yaratganmi, Allohning bu olamni
paydo qilishdan ko‘zlagan bosh maqsadi ham, aslida, inson ekanmi,
demak, inson Allohning bu muruvvatiga shukronalar aytib, o ‘zini
batamom Allohga bag‘ishlashi, buning uchun esa o ‘zini unga loyiq
darajada poklashi — kamolga yetkazishi kerak. Ana shunday o ‘zini
oliy maqsadga chog‘lagan, jismini unutib, ruhini Allohga yetar
darajada o ‘stirgan, yetar darajada poklagan, ham ehtiyojlari tufayli
paydo bo iad ig an jamiki insoniy illatlardan forig‘ qilgan kishilar
insoni komil b o ‘lganlar. Tasaw ufiy aqidaga ko‘ra, komil insonlar
1
Султонмурод Олнм. Буюк Накшбандия. Кеча, бугун, эртага. «Фан ва турмуш», 1993,
5-6-сон, 14-бет.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
267
pirovardida, shubhasiz, Alloh vasliga musharraf bo‘ladilar, ruhan
Tangri bilan birlashib ketadilar»1.
Komil insonlar barcha xalqni sevishi, insonlar, ayniqsa, g ‘ariblar,
bechoralar, muhtojlar xizmatida bo‘lishi, doimo Xudoning borligi
va birligini unutmasligi kabi so‘fiylik aqidalariga ega boiishlari
lozim. Shayx Fariduddin Attor rivoyatlariga ko‘ra shayx Abul Hasan
Xoraqoniy bunday degan ekanlar: «Koshki barcha xalqning o ‘mida
men o ‘lsaydim, o ‘shanda xalq uchun o ‘lim b o ‘lmasdi. Koshki,
barcha xalqning hisob-kitobi mendan so‘ralsaydi, o ‘shanda qiyomat
kuni ular uchun so‘roq bo‘lmasdi. Koshki, barcha xalq o ‘mida meni
jazolashsaydi. 0 ‘shanda ulami do‘zaxga olib borishmagan boiardi».
Sa’diy Sheroziy aytadiki: «Toat-ibodat tasbeh tutib, jundan eski libos
kiyib, namoz o ‘qib yashash bilan bo‘lmaydi, u Xoliq va xalqning
xizmatidan boshqa narsa emas».
So‘fizm (tasaw uf)dagi ana shu bosh g ‘oyani tushunmas ekan-
miz, o ‘tmish tariximizda o ‘tgan, haqiqatan ham mavjud b o ‘lgan
ulug‘ zotlar, avliyo va anbiyolaming mohiyati va bugungi kunda
uning ahamiyatini tushunib yeta olmaymiz. XIII va XIV asr bosh-
larida yashab ijod etgan mutasavvuf olim Shayx Aziziddin Nasafiy
«Insoni komil» risolasida quyidagilami ta’kidlagan: «...Jumla
mavjudot odamzodga shuning uchun sajda qiladiki, odamlar orasida
komil inson bor. Bas, jum la odamzod komil inson tufayli (sharafli)
dir. Mavjudot ichra komil insondan ko‘ra ulug‘roq va donoroq
narsa yo‘q, chunki komil inson eng pastdan eng yuqorigacha
martabalardagi mavjudotning xulosasi va qaym og‘idir va farishtalar,
ruhoniy mavjudotlar va arshu kursi, samovot kavokib hammasi komil
inson xizmatidadirlar va hamisha komil inson tegrasini tavof qilurlar
va komil inson ishlarini bajo keltirurlar. Komil inson ilm mazharidir,
komil inson ilohiy yurt sifatlarining ham mazharidir».
Ingliz tasavvufshunos olimi J.S.Trimingem Markaziy Osiyo-
da tasavvuf ilmining rivojida ikki buyuk so‘fiyning nomini
alohida hurmat bilan tilga oladi. Bulaming birinchisi Abul Hasan
Ali al-Xoroqoniy (milodiy 1034-yili 80 yoshida vafot etgan)
bo‘Isa, ikkinchisi Abu Ali al-Farmadiy (1084-yili vafot etgan)
dir. Farmadiyning ikki shogirdi tasavvuf ilmida shuhrat topgan.
Bu, aw alo, Ahmad al-G‘azzoliy (1122-yilda vafot etgan) b o isa ,
ikkinchisi Y usuf al-Hamadoniydir. So‘fiylik tariqatining ko‘p silsilasi
ana shu ikki shogirddan boshlanadi.
1
Султонмурод Олим. Буюк Накшбандия, Кеча, бугун, эртага. «Фан ва турмуш», 1993,
5-6-сон, 15-бет.
268
VATAN TARIXI
Do'stlaringiz bilan baham: |