Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

R ishtoniy  al-M arg‘inoniy 

alohida  o ‘rin  tutadi.  Huquqshunos




VII bob.  IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot

257


olim  Akmal  Saidovning  m a’lumotlariga  qaraganda,  buyuk  olim 

1123-yil  23-sentabrda  M arg‘ilonda  tavallud  topgan  va  1197-yil 

29-oktabrda  74  yoshida  vafot  etgan.  Olim  o‘rta  asrlarda  M arg ilo n  

shahrini  arablar  «Marg‘inon»  atamasi  bilan  ataganliklariga  o ‘quvchi 

diqqatini  qaratadi.  Fiqhshunos  olimning  qabri  Samarqand  shahridagi 

Chokardiza qabristonida deb ko ‘rsatadi.

Burhoniddin  M arg‘inoniy  ilmiy  barkamollikka  Rishton,  M arg i- 

lon,  Buxoro,  Samarqand va Movarounnahming boshqa  shaharlardagi 

ilm  dargohlarida  musulmon  huquqi  xanafiya  mazhabining  buyuk 

nazariyotchisi  va  amaliyotchisi  bo‘lib  yetishgan.  Bu  to ‘g ‘rida 

Abdulhay  al-Lankavi:  «...  u  imom,  qonunshunos  bo‘lgan.  Hadislar 

bilan  shug‘ullangan.  Qur’onni  yod  bilgan  va  unga  sharhlar  bergan. 

Ilmlami  yig‘gan  va  muayyan  fan  tizimiga  keltirgan.  Nihoyatda 

zukko  va  sinchkov  tadqiqotchi  va  xudojo‘y  pok  inson  b oigan.  Fan 

va  adabiyotda  tengi  yo‘q  buyuk  huquqshunos,  adabiyotshunos  va 

shoir b o ig a n ,  deb yozadi.

Burhoniddin  M arginoniy  musulmon  olami  fani  erishgan  barcha 

bilimlami  egallagan,  ulug‘  allomalardan  saboqlar  olgan,  sunniy 

shariatining to ‘rt asosiy mazhablari asoschilari va ulaming shogirdlari 

asarlarini  qunt  bilan  mutolaa  qilgan.  Bu  narsa  ulug‘  allomaga  fiqh 

ilmi  bo‘yicha  tengsiz  asarlar  yozib  qoldirishiga  imkoniyat  yaratdi. 

Fiqhshunos  olimning  «Bidoyat  al-mubtadiy»  («Boshlovchilar  uchun 

dastlabki  ta ’lim»),  «Kifoyat  al-muntahiy»  («'Yakunlovchilar  uchun 

tugal  taiim » ),  «Nashr  ul-mazhab»  («Mazhabning  yoyilishi»), 

«Kitob  ul-mazid»  («Ilmni  ziyoda  qiluvchi  kitob»),  «Kitob  ul-faroiz» 

(«Farzlar  kitobi»),  «Majma  ul-navozil»  («Nozil  b o ig a n   narsalar 

to ‘plami»)  «Manosik  ul-haj»  («Haj  marosimlari»),  «Kitob  ul- 

mashoyih»  («Shayxlar  haqidagi  kitob»)  kabi  buyuk  asarlar  shular 

jumlasidandir.  Albatta,  ulug‘  alloma  ijodida  «Hidoya  fi  furu’  al 

fiqh»  («Fiqh  sohalari  b o ‘yicha  qoilanm a»)  tengi  yo‘q  shoh  asardir. 

Bu  asami  olim  1178-yilda  Samarqandda  yozgan.  Burhoniddin 

M arginoniyning  «Xidoya»  kitobi  to ‘rt  jilddan  iborat  va  56  bobni 

tashkil  etadi.  Bu  asar  o ‘ziga  xos  shariat  kodeksi  b o iib ,  hozirgi 

kunda  ham  islom  dunyosi  qonunshunoslari  uchun  asosiy  q oilanm a 

sifatida  xizmat  qiladi.  Unda  shariat  masalalarida  muallifning  fikr- 

xulosalari  bilan  bir  qatorda xanafiylar mazhabining  barcha  imomlari, 

shuningdek,  boshqa  mazhab  vakillarining  mulohazalari  ham  o ‘rin 

olgan. Asarda islomning asosiy marosim talablari, huquqiy va axloqiy 

qoidalari,  xususan  tahopat,  namoz,  zakot,  ro ‘za,  xaj,  qurbonlik;



258

VATAN  TARIXI

oila-nikoh  bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  masalalar,  huquqiy  qoidalami 

bajarmaganlik  uchun jazo  choralari  belgilangan.  «Xidoya»da  mulkiy 

va  moliyaviy  munosabatlarga,  jinoyat  va  jazo,  fuqarolik  huquqlari, 

sud  va  protsessual  masalalar  keng  o ‘rin  olgan.  Yana  unda  urushlar, 

o ‘lja  olish  va  uni  taqsimlash,  turmush  va  faoliyatdagi  taqiqlashlar, 

ijozatlar haqida ham huquqiy yo‘l-yo‘riqlar beriladi.

«Xidoya»  kitobi  jamiyatshunos,  huquqshunos,  tarixshunos, 

sharqshunos,  dinshunos  hamda  ona  Vatan  tarixi  va  shariat  bilan 

shug‘ullanuvchi  barcha  kitobxonlar  uchun  bebaho  qo‘llanmadir.  Shu 

boisdan ham Burhoniddin M arg‘inoniyning bu asari bir qancha tillarga 

tarjima qilingan.  Xususan  «Xidoya»  xanafiylar mazhabi  tarqalgan bir 

qator  arab  davlatlarida,  Afrikaning  ayrim  mamlakatlarida,  Turkiya, 

Hindiston,  Pokiston,  Bangladesh,  A fg‘oniston,  Xitoy  musulmonlari 

orasida  keng  tarqalgan.  Bu  asar  0 ‘rta  Osiyo,  Kavkaz,  Rossiya 

musulmonlari  orasida  ham  keng  tarqalgan  va  islom  madrasalarida 

fiqh  ilmi  bo‘yicha  asosiy  o ‘quv  qo‘llanmasi  b o ‘lib  kelgan.  Xullas, 

biz  IX -X II  asrlarda  Movarounnahr  va  Xorazmda  ilm-fan,  madaniyat 

taraqqiyotiga  munosib  hissa qo‘shgan ulug‘  vatandoshlarimizning bir 

necha  vakillari  to ‘g‘risidagina  qisqacha  bir  tarzda  m a’lumot  berdik. 

Ular  shu  darajada  ko‘pki,  barchasini  qalamga  olishning  imkoniyati 

yo ‘q.  Ammo  o ‘lkamiz  tuprog‘ida  yetishib  chiqqan  ulug‘  allomalar, 

mutafakkir,  buyuk  siymolar,  shoir  va  yozuvchilaming  qisqacha 

tafsilotining  o ‘zi  ham  qalblarimizni  faxr  va  g ‘urur  bilan  to ‘ldiradi, 

chunki  biz  oddiy  insonlaming  avlodlari  emasmiz,  balki  bag‘ri,  qalbi, 

butun  ildiz-tomirlari  va  tayanchlari  benihoya  mustahkam, jahon  fani 

va madaniyati beshiklarini  tebratgan,  uning taraqqiyotiga salmoqli va 

buyuk  hissa  qo‘shgan  ulug‘  siymolar  —   daholaming  avlodlarimiz.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish