M UH A M M A D IBN ISM O IL A L -B U X O R IY
(810— 870)
«Hadis ilmidagi Amir-ul m u’miniyn» degan sharafli nomga
sazovor b o ‘lgan muhaddis olim Abu Abdulloh M uham m ad ibn
Ism oil ibn Ibrohim al-M ugira al-B uxoriy al-Jubfiy
hijriy 194-yil
shaw ol oyining 13-kuni, hozirgi hisobda 810-yil 20-iyulda Buxoroda
tavallud topgan. 0 ‘n yoshga yetmasdan ilmi hadisni o ‘rganmoqqa
kirishgan imom Buxoriy 11 yoshida b a’zi ustozlarining xatolarini
topa boshlagan. 0 ‘n olti yoshga yetganida 825-826-yillarda onalari
va akalari bilan haj safariga ravona b o ‘ladilar. Makka va Madinani
ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab hadis ilmini astoydil o ‘rganadi.
Shundan so‘ng imom Buxoriy Muhammad alayhissalomning hadisi
shariflarini yanada chuqurroq o'rganish va ulami to ‘plab tartibga
solmoq niyatida o ‘sha davrda islom fani olamining yirik markazlari
b o im ish Damashq, Qohira, Basra, Kufa, B ag‘dod kabi shaharlami
kezib chiqadi. Bu yerlarda u hadis ilmi bilan bir qatorda fiqhdan ham
ta ’lim va saboqlar oladi, yirik olimlar davrasida bahs-munozaralarda
qatnashadi va ilmi toliblarga dars ham beradi. Nishopurlik al-
Hakimning (1025-yilda vafot etgan) m a’lumotlariga qaraganda,
imom Buxoriy ustozlarining soni to‘qson kishi atrofida bo‘lgan. Ayni
zamonda o ‘zlari ham «Minglab shogirdlar yetishtirganlar — Mus
lim ibn Hajjoj, Iso at-Termiziy, An-Nasoriy, Abu Zur’a, Yusuf al-
Forobiy, Abu Bakr ibn Xuzayma kabi mashhur muhaddislar, shular
jum lasidandir»1.
Imom Buxoriy jam i 600 ming hadislami to ‘plaganlar. Shulardan
100 ming «sahiyh» hadislami va 200 ming «g‘ayri sahiyh» hadislami
yoddan bilganlar. Hadis ilmi bobida imom Buxoriyga teng keladigan
biror kimsa musulmon olamida boim agan. Imom Buxoriy horijdan
1 A6v Абдуллой Мухаммад ибн Исмоил ал-Бухорий. Х,адис, 1-жилд. Ал-Жоми ас-сахих.
Т., 1991,5-бег.
262
VATAN TARIXI
qaytgach, hadis ilmini targ‘ib qilishga kirishadi. K o‘pchilik uni
hurmatlagan va e ’zozlagan. Ammo b a’zi g ‘arazgo‘y va qora niyatli
kishilar al-Buxoriyga hasad qilar edilar. Ulaming hasadgo‘yligi va
qutqusi oqibatida imom Buxoriy bilan Buxoro hukmdori Holid ibn
Ahmad az-Zuhaliy o ‘rtasida adovat paydo b o ia d i. Buning sababi
shundaki, hukmdor allomadan huzuriga kelib «Al-Jome’ as-sahiyh»,
«At-Ta’rix» kitoblarini farzandlariga o ‘qib dars berishni talab
qiladi. Imom Buxoriy bu talabni rad etadi: «Men ilmni xor qilib,
uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak b o isa ,
o ‘zi kelsin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay, uni toliblarga
sarf qilganim uchun meni kechiradi», — deb javob beradi. Buxoro
hokimi ig‘vogarlaming maslahatlariga quloq solib, imom Buxoriydan
shahami tark etishni talab qiladi. Olim Samarqand ulamolari taklifi
bilan y o ig a chiqadi. Y o id a Samarqandga yaqin Xartang (hozirgi
Poyariq tumani) qishlogida qarindoshlaridan b o im ish Abu Mansur
G ‘olib ibn Jabril degan kishining uyida tunaydi va bir necha kun bu
yerda betob b o iib yotib qoladi. Imom Buxoriy ko‘p vaqt o ‘tmay shu
yerda, hijriy 256-(milodiy 870-yil 1-sentabrda) yili 62 yoshida vafot
etadi va shu yerda dafn qilinadi. Endilikda uning qabri Movarounnahr
diniy boshqarmasi ixtiyorida b o iib , tabarruk va ziyoratgoh joylardan
biri sifatida davlat muhofazasidadir.
Imom Buxoriydan ulkan va boy meros qolgan. U yozgan
asarlaming soni yigirmadan ortiqdir. Olimning «Al-adab al-Mufrad»,
«At-Ta’rix as-Sagir», «At-Ta’rix al-Kabiyr», «Kitob al-Ilal», «Asomi
us-Sahoba», «Kitob al-Kuna» va boshqa asarlari orasida shoh asar
hisoblanmish «Al-Jome’ as-sahiyh» («Ishonarli to ‘plam») asari to ‘rt
jilddan iborat b o iib , islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan
hadislar to‘plamlari orasida eng ishonarlisi va mukammalidir.
Unda Muhammad alayhissalom hadislaridan tashqari fiqh, islom
marosimchiligi, axloq-odob, taiim -tarbiya hamda o ‘sha davr tarixi va
etnografiyasiga oid qimmatli fikr va xulosalar ham bor. Bu to'plam ga
olimning butun umri davomida to ‘plagan 600 ming hadisdan faqat
7275 ta eng «sahiyh» hadislar kirgan. Bu nodir asaming yozilganiga
taxminan 1200 yil b o id i. 0 ‘sha davrdan to shu kunga qadar u islom
ta ’limotida Q ur’oni Karimdan keyingi ikkinchi o ‘rinda turuvchi
muqaddas kitob, qimmatli manba asari hisoblanadi.
Xullas, buyuk vatandoshimiz imom Buxoriy qoldirib ketgan
boy m a’naviy meros avlodlarimizni bundan keyin ham ulug‘ insoniy
fazilatlar ruhida tarbiyalashdek olijanob maqsad y o iid a xizmat
qilaveradi.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
263
Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o ‘lmas merosi el-yurt
bag‘riga qaytdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim b o ‘icha
1225-yilligini nishonlash to ‘g ‘risida»gi qarori (1997-yil 29-aprel)
asosida Buxoriyning ilmiy merosini o ‘rganish va targ‘ib qilish,
xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil
23-oktabrda Samarqandda yubiley tantanalari b o ‘lib o ‘tdi. Alloma
abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan
yodgorlik majmui ochildi.
Buxoroning boy m a’naviy merosini chuqur o ‘rganish va keng
targ‘ib qilish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jam g‘armasi
tuzildi (1998-yil 4-noyabr).
Do'stlaringiz bilan baham: |