3. ISLO M M A D A N IY A T I. H A D ISL A R
IX -X II asrlarda 0 ‘rta Osiyo hududida dunyoviy fan va
madaniyat bilan bir qatorda islom madaniyati ham rivojlandi va
taraqqiy etdi. Jamiyatda mahalliy dinlar, zardushtiylik, buddizm va
boshqalar surib chiqarildi. Arab tili va arab yozuvi davlat ahamiyatiga
ega bo‘lgan til va yozuv darajasiga ko‘tarildi. Kishi nomlari, joy
nomlari, sanalar, o ‘lchov birliklari arabchaga o ‘zgartirildi. Hatto ona
yerimiz Movarounnahr (ikki daryo oralig‘idagi joy) nomini oldi.
Islom mafkurasi somoniylar, qoraxoniylar, g ‘aznaviylar, saljuqiylar
va xorazmshohlar hukmdorlarining ichki va tashqi siyosatida bosh
VII bob. IX X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
259
yo‘naltiruvchi g ‘oyaviy kuch bo‘lib xizmat qildi. Ular o ‘zlarining
barcha faoliyatlarini islom himoyasi, Muhammad alayhissalom va
Allohu taolo yo‘liga sodiqlik bayrog‘i ostida amalga oshirar edilar.
Jamiyat a ’zolari o‘rtasida islom diniga, Qur’oni Karimga ehtiyoj
kuchaydi, ammo hamma ham Q ur’oni Karimni o ‘qiy olmas, uning
mazmunini chaqa olmas edi. Bu Q ur’onning mazmunini sharhlash
va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada o ‘lkamizda Q ur’oni Karimni
sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan
ulug‘ islomshunos allomalar yetishib chiqdi. Imom Abu Mansur
Moturidiy, Imom Abu Lays ibn Muhammad Samarqandiy, Imom
Zamahshariy, Imom Nasafiylar ana shular jumlasidandir. Islom
madaniyatining Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o ‘rinda turadigan
nodir manbalaridan biri hadislar, y a’ni Muhammad alayhissalomning
diniy va axloqiy ko‘rsatmalari, hikmatli so‘zlaridir. Chunki
Payg‘ambar Muhammad alayhissalomning o ‘zlari ham bu haqda
shunday deganlar: «Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Q ur’oni
Karim bilan o‘zimning sunnatim — yo‘l-yo‘riqlarimni qoldirdim. Siz
bu ikkalasini qattiq ushlab, ularga amal qilsangiz, to ‘g ‘ri yo‘ldan
aslo adashmaysiz»1. Hadislar rasululloh hayotlik chog‘larida asosan,
yodda saqlangan, uni kitob holida jamlab tuzishga ijozat bermaganlar.
Buning asosiy sababi hadislaming Q ur’oni Karim oyatlari bilan
qo‘shilib, aralashib ketishini oldini olishdan iborat edi. Muhammad
alayhissalom hadislari insonlar hayotida, ulaming turmush tarzida
katta ahamiyatga ega ekanligiga ham diqqatni qaratganlar. Uch xil
yo'nalishdagi hadislar to ‘g ‘risida fikr yuritishadi: bu «Musnad»,
«Sahiyh» va «Sunan»dir. 1. «Musnad» yo‘nalishida tasnif etilgan
to ‘plamlarda turli mavzulardagi hadislar bir joyda keltirilib, ular
hadis rivoyat qiluvchi sahobalaming islom dinini qabul qilgan vaqtiga
ko‘ra yoki alifbo tartibida joylashtiriladi. 2. «Sahiyh» y o ‘nalishidagi
hadislar to‘plamiga buyuk muhaddis, vatandoshimiz imom Byxoriy
asos solganlar. Bu yo‘nalishda ta ’rif etilgan to ‘plamlarga faqat
to ‘g ‘ri, ishonarli hadislar kiritilgan. 3. «Sunan» yo‘nalishidagi to ‘p-
lamlarda to‘g ‘ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda «zaif» hadislar
ham keltirilgan. Hadischilikning rivojlanishida IX asr oltin davr
hisoblanadi. Buning sababi butun islom dunyosida eng nufuzli deb
tan olingan oltita ishonchli hadislar to ‘plamining mualliflari ham
xuddi shu asrda yashab ijod qilganlar. Yana shu narsa diqqatga
1 Уватов У. Донолардан сабоклар. 6-бет.
260
VATAN TARIXI
loyiqki, mazkur olti muhaddisning ham deyarli hammasi 0 ‘rta Osiyo
tuprog‘ida yetishib chiqqanlar. Ular Abu Abdulloh Muhammad ibn
Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Iso Muhammad
ibn Iso at-Termiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom
Ahmad An-Nasoiy, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazit ibn
Mojja kabi zotlardir. Ulaming har biri hadis ilmi rivojiga munosib
hissa qo‘shgan olimlardan hisoblanadilar. Hozirgi kunda ham butun
islom olami ulaming ilmiga katta hurmat va ehtirom bilan qarab
o ‘rganib kelmoqda.
T a’lim, fan va madaniyat tashkiloti — AYSESKO tomonidan
2007-yilda poytaxtimiz Toshkent shahri «Islom madaniyati poytaxti»
deb e ’lon qilindi. Bu voqea yurtimizda quvonchli va olamshumul
voqea b o id i. Chunki, islom olamining nufuzli tashkiloti tomonidan
aynan Toshkentni bunday nomga sharafli ko‘rishi bejiz emas va
uning o ‘ziga xos sabab va omillari mavjud.
Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda «Turkiston-press»
nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida shunday
dedi: «Agarki tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hoki poklari
0 ‘zbekiston tuprog‘ida yotgan ulug‘ ajdodlarimiz, ne-ne mutafakkir
zotlar asrlar mobaynida dunyoviy va diniy ilmlar sohasida qanday
buyuk kashfiyotlar yaratgani, buning uchun qancha zahmat va
mashaqqatlar chekkanini ko‘ramiz. Bugun biz guvoh b o iib turgan
yuksak e ’tirof avvalo ana shunday ajdodlarimizning tabarruk nomlari
va qoldirgan merosiga, o ‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga
qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho desak, ayni
haqiqatni aytgan b o ia m iz » 1.
Vatanimiz zaminida mingyilliklar tarixini,
m a’naviyatini,
madaniyatini, san’atini, dinini, e ’tiqodini, milliyligini, o ‘zligini,
mafkurasini, salobatu qudratini ko‘z-ko‘z qilib turgan tarixiy
obidalar, binolar, majmualar, manba va adabiyotlar shu qadar ko‘pki,
hali-hanuz sanab ad o g ig a yetib boim aydi.
Bugungi kunda, shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida mamlaka-
timizning barcha hudud va mintaqalarida tarixiy merosimizni
tiklash, ta’mirlash kabi ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Bu
haqda so‘z yuritganda, Samarqanddagi Imom Buxoriy va Imom
Moturudiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abdulxoliq G ijduvoniy va
Bahouddin Naqshband, Minorai Kalon va Masjidi Kalon majmualari,
Farg‘onadagi Ahmad Farg‘oniy va Burhoniddin M arginoniy
1 «Фукаролик жамияти». 2008, 2-сон, 3-бет.
V II bob. IX.ХП asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
261
yodgorliklari, Surxondaryodagi Hakim Termiziy va Imom Termiziy,
Xivadagi Ichan qal’a, Shahrisabzdagi Dorut-tilovat, Qarshi shahridagi
Odina va Ko‘kgumbaz obidalari, Karmana shahridagi Qosim shayx
maqbarasi singari o ‘nlab qadamjolar obod etildi.
Q ur’oni Karimning eng qadimiy va m o'tabar nusxalaridan biri
bo‘lgan mashhur Usmon Qur’oni ham aynan Toshkent shahrida
(Hazrati Imom majmuasida)dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |