R A SH ID U D D IN A L -V O T V O T
(1114/16-1191)
Asli Balx shahridan b o iib , Xorazmga kelib ijod shohsupasining
yuqori to‘ridan joy olgan shoir va adib, mashhur kotib darajasiga
ko‘tarilgan davlat arbobi R ashiduddin al-Votvot hisoblanadi.
Uning to iiq ismi R ashiduddin M uham m ad ibn Abdujalil al
ii mariy dir. Al-Votvot esa uning laqabi b o iib («votvot» arabcha
«ko‘rshapalak» demakdir, u kalta b o ‘yli, tepakal va xunuk
yuzli boiganligidan shu laqabni olgan b o iish i mumkin), uning
tu g ilg an yili to‘g ‘risida aniq m aium o t y o ‘q. B a’zi manbalarda
uning tu g ilg an yili 1114/16-yillar orasida, deb ko‘rsatilsa, boshqa
joyda 1087 yoki 1094-raqamlari tilga olinadi. B o ig ‘usi adibning
yoshligi Balxda kechgan. U o ‘sha paytda Sharqning yirik madaniy
va m a’muriy markazlaridan biri sanalgan Balxdagi eng e'tiborli
madrasalardan biri— Nizomiya madrasasida taniqli olim va imom
Abu Sa’d al-Haraviy q o iid a tahsil ko‘rgan.
Tez orada Balxda o ‘z davrining taniqli shoiri va adibi sifatida
el ko‘ziga tashlangan Rashiduddin al-Votvot so‘ngra Xorazmga
keladi va umrining oxirigacha shu yerda qoladi. U qariyb o ‘ttiz
yil mobaynida Xorazmshohlar saroyida dastlab Otsiz. so iigra El
Arslon va Aloviddin Takashlar huzurida obro‘-e’tibor bilan maxsus
(kotib al-xoss) vazifani bajaradi. Bu yuqori martabada Rashiduddin
al-Votvotning katta hurmat va e ’tiborli bir shaxs sifatida faoliyat
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
255
ko‘rsatishiga asosiy sabab, eng aw alo, undagi shaxsiy aql va
qobiliyat b o ‘lsa, ikkinchidan, uning yuqori saviyali ish tajribaga
ega ekanligi, arab va fors tillarini mukammal bilganligi va kotiblik
sir-asrorlarini puxta egallaganligidir. Arabshunos Ubaydulla Uva-
tov bergan m a’lumotlarda qayd qilinishicha, Yoqut al-Xamaniy
Rashiduddin al-Votvot xususida bunday degan: «U o ‘z zamonasining
eng nodir va ajib kishilaridan, o ‘z davrining g ‘aroyib shaxslaridan
b o ‘lib, nasr va nazm bobida o‘z asrining eng fozili edi. Arab tilining
eng nozik tomonlari, nahvu adabning g ‘oyatda bilimdoni edi. Uning
shuhrati chor atrofga yoyilgan bo‘lib, nomi esa barcha iqlimlarda
m a’lum edi»1.
Rashiduddin al-Votvot Xorazmshohlar saroyida b o ‘lgan cho-
g ‘ida juda ko‘plab olimlar, adiblar, shoirlar va boshqa ijod ahllari
bilan yaqindan aloqada b oig an, ulami har tomonlama qoilab -
quvvatlagan. U az-Zamahshariyni juda katta hurmat bilan e ’zozlagan,
uni o ‘z ustozi deb bilgan va ustozi vafotidan so‘ng uning yozgan
asarlarini ko‘plab noo‘rin va g‘arazli tuzatishlardan saqlagan. Buni
biz adibning o ‘sha paytda mashhur allomalardan biriga yozgan
quyidagi mazmundagi xatidan ochiq-oydin ko‘rishimiz mumkin:
«Yaqinda q o iim g a ustoz az-Zamahshariyning «Asos al-baloga»
asarining bir nusxasi tushib qoldi. Qarasam, asarga shunday
o‘zgartirishlar kiritilganki, bulami e ’tiborsiz shu zaylda qoldirishni
vijdonim maqbul ko‘rmayotir... Basharti Alloh umrlarini uzoq qilgur
hazratlari (ya’ni siz) m a’qul ko‘rsangiz, men ushbu nusxani Alloh
mhini munavvar qilgur Jorulloh az-Zamahshariyning shaxsan o ‘zlari
ko‘rib chiqqan nusxa bilan muqobila qilib, o ‘zgartirilgan g ‘alati
iboralami tuzataman. Xatosini savobiga aylantirib, bu xayrli ishni
kamoliga yetkazaman. Janoblariga men tamonimdan benihoya ko‘p
shukurlar va bitmas-tuganmas hamdu sanolar b o isin » 2.
Rashiduddin al-Votvot badiiy ijod bobida ham shoir va adib
sifatida barakali meros qoldirgan. U arab va fors tillarini mukammal
bilganligidan har ikkala tilda nasriy va nazmiyda bab-barobar ijod
qilgan. Ijodkoming forsiyda yozgan asarlari E.Braunning Davlatshoh
as-Samarqandiyga tayanib bergan m aium otiga qaraganda o ‘n besh
ming she’riy devondan iborat boigan.
Al-Votvotning arab tilida yozgan she’rlari ham alohida
devondan iborat edi. Ulaming kattagina qismi shoiming asosiy asari
1 Уватов У. Донолардан сабоклар. 41 -бет.
2 Уватов У. Рашидудцин ал-Вотвот мактублари. «Гулистон», 1991, 11-сон, 13-бет.
256
VATAN TARIXI
hisoblangan «Hadoiq, as-sihr fi daqoiq ash-shi’r»ga («She’riyat
nozikliklarida sehr bo‘stonlari») kiritilgan. Fors tilida tuzilgan
mazkur kitob rus sharqshunosi N.Chalisova tomonidan tarjima
qilinib, 1985-yilda Moskvada chop etilgan.
Rahshiduddin al-Votvot ijodida uning «Ar-rasoil» («Maktublar»)
nomi bilan atalgan yozishmalar to ‘plami alohida ahamiyatlidir.
T o‘plam 1156—1173-yillar orasida yozilgan. Unda Xorazmshoh
Otsizning nabirasi sulton Mahmudga (11 72 -1 193-yillarda hukm
ronlik qilgan) bag‘ishlangan maktublar o ‘z aksini topgan. Bu
maktublar asosan ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism: halifalar,
sultonlar, xoqonlar, vaziru amirlar, valiylar, qozi va muftilar nomiga
jo ‘natilgan turli-tuman maktublardan iborat. «Maktublar»ning ik
kinchi qismi esa olimlar, yuqori mansabli amaldorlar, mashhur
shaxslar, shoir-u adiblar va muallifning o ‘z yaqin yor-u do‘stlariga
y o ‘llagan maktublaridan tashkil topgan. Rashiduddin al-Votvotning
«Maktublar»ida o ‘sha davming siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy
hayotiga oid masalalar va m a’lumotlar o ‘rin olgan.
Xullas, ona Vatan tarixini har tomonlama va chuqur o ‘rganishda
Rashiduddin al-Votvot qoldirgan ilmiy va badiiy meros benihoya
qimmatga ega b o ig a n m a’naviy boylikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |