asarlarini zo ‘r qiziqish va havas bilan o ‘rganadi, buyuk hadisshunos
264
VATAN TARIXI
At-Termiziy juda ko‘plab shogirdlarga mehr-muruvvat k o ‘rsatib
ustozlik ham qilganlar. U kishi misli yo‘q darajada kuchli zehn
egasi, xotira va yodlash qobiliyati kuchli bir kishi b o ‘lganlar.
Arab tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiy qiziq bir rivoyatnamo
voqeani hikoya qiladi: Muhammad at-Termiziy Makkaga hajga
ketayotib y o ‘l-yo‘lakay mashhur muhaddislar bilan uchrashib,
muloqot va munozaralar uyushtirgan. Kunlaming birida shunday
nomdor olimlaming biridan hadislardan saboq berishni iltimos
qilibdi. Olim unga qog‘oz-qalam olishni aytibdi. Aksiga olib shu
payt at-Termiziy qalam topa olmabdi va u nomdor olim qarshisiga
o ‘tirib olib, xuddi eshitgan hadislarini yozayotgan kishidek qo‘lini
oq qog‘oz ustida u yoqdan bu yoqga olib borib kelaveribdi.
Oltmishlar chamasi turli hadislami hikoya qilgan olim qog‘ozda
hech narsa yozilmaganini k o ‘ribdi va ranjib: Nima, sen mening
vaqtimni bekorga yoqotmoqchimisan, debdi. Shunda at-Termiziy
xotirjamgina: «Siz aytgan hadislami yoddan aytib beraymi», debdi-
da, olim og‘zidan hozirgina eshitgan barcha hadislami birma-bir
yoddan aytib beribdi.
U lug‘ muhaddis olim at-Termiziydan katta ilmiy-ma’naviy
meros qolgan. Olimning o ‘ndan ortiq asari bor: «А1 Jom i’ as-
sahiyh» («Ishonchli to ‘plam»), «Ash-Shamoyil an-nabaviya» («Pay-
g ‘ambaming alohida fazilatlari») va boshqalar, shular jumlasidandir.
Imom at-Termiziy 894-yilda 70 yoshida Termizda vafot etgan.
At-Termiziy ijodida «Al-Jomi’ as-sahiyh» alohida o ‘rinni egal-
laydi. Unda tahorat va namoz, zakot, ro‘za, haj, janoza, nikoh,
emizish (razo), savdo-sotiq, hukmlar, xun, meyor, qurbonliq, nazr-
niyoz, iymon, siyratlar, jihod, kiyim-kechak taomlar, ichimliklar,
hayr-ehson va saxovat, tabobat, farzlar, bashoratlar, shahodat, jannat
sifatlari, iymon, ilm, izn so‘rash va odob masalalari, Q ur’on fazilatlari,
qiroat, tafsir, duolar, manoqiblar (fazilatlar), illatlar kabi boblar
b o ‘lib, olim bir yoki bir necha hadislami har bir masala b o ‘yicha
keltirib, masalaning mohiyatini ochadi va o ‘z fikrini bayon qiladi.
At-Termiziyning yana bir g ‘oyatda e ’tiborli asari bu «Ash-Shamoyil
an-nabaviya»dir. Bu asar nihoyatda muhim bir mavzu — Payg‘ambar
Muhammad alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va
siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid to ‘rt yuz-u sakkiz hadisi
sharifni o ‘ziga jamlagan qimmatli manbadir. At-Termiziyga qadar
ham Muhammad alayhissalomning hayotlari, fazilatlari, odatlari
haqidagi hadislami to ‘plagan muhaddis olimlar bo‘lganlar. Ilgarigi bu
VII bob. IX XII asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
265
turdagi asarlardan at-Termiziy kitobi shu bilan farq qiladiki, u imkon
qadar Payg‘ambar alayhissalom fazilatlarigi doir barcha hadislami
muntazam ravishda to ‘plab, mantiqan izchil bir holatda tartibga
keltirgan va o ‘ziga mustaqil yahlit bir kitob shaklida tasnif qilgan.
Buyuk olim, muhaddis ilmining bilimdonlaridan biri bo‘lgan imom
at-Termiziy o ‘z ilmiy merosi bilan bundan keyin ham xalqimizning
m a’naviyatini boyitish y o iid a xizmat qilaveradi. 0 ‘zbekiston
jamoatchiligi 1990-yil sentabr (14-17) oyida Muhammad ibn
Muso at-Termiziy tavalludining 1200-yilligini tantanali nishonladi.
Bu olimning nomi va ruhini abadiylashtirish bobidagi mustaqil
0 ‘zbekistonning dastlabki va hal qiluvchi qadamidir.
Do'stlaringiz bilan baham: