Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


N A JM ID D IN   K U BR O  V A  K U BR O V IY A  TA RIQ ATI



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

N A JM ID D IN   K U BR O  V A  K U BR O V IY A  TA RIQ ATI 

(1145-1221)

0 ‘rta  Osiyoda  ta saw u r  falsafasining  rivojlanishida  xorazmlik 

buyuk  alloma,  sarkarda,  dinshunos  olim,  falsafa  ilmining  zukkosi, 

shoir  A hm ad  ibn  Um ar  Abdul  Janob  N ajm iddin  K ubro  al- 



X ivaqiy  al-X orazm iy 

o ‘ziga  xos  munosib  o ‘rinni  egallaydi.  Yozma 

manbalaming  guvohlik  berishicha,  alloma  Xorazm,  Bag‘dod,  Iskan- 

dariya  va  Tabrizda  o ‘z  davrining  mashhur  allomalaridan  saboqlar 

olgan  va  tasavvuf  falsafasi  ilmining  yetuk  ustozlaridan  b o ‘lib 

kamol  topgan.  Taniqli  faylasuf  olim  Erkin  Yusupov:  «Buyuk 

vatandoshimizning  nomidagi  «Najmiddin»,  «Kubro»  so‘zlari  uning 

yetuk  iste’dodini  hisobga  olib  berilgan  ilmiy  darajalardir.  «Najmid­

din»  so‘zi  dinning  yulduzi,  «Kubro»  esa  ulug‘  degan  m a’noni 

anglatib,  o ‘nta  turli  mamlakatlarda  berilgan  ilmiy  darajalami 

ifodalaydi»1,  —   deydi.  Najmiddin  Kubro  ta ’limoti  asosida  shakl- 

langan  kubroviya  tariqati  Sharq  va  G'arbdagi  juda  k o ‘plab 

mamlakatlarga  tarqalgan.  Erkin  Yusupovning  xulosasiga  qaraganda, 

buning natijasida Firdavsiya tariqati,  Nuriya tariqati,  Rukniya tariqati, 

Hamadoniya  tariqati,  Nurbaxshiya  tariqati,  Nematulloiya  tariqati 

singari yo'nalishlar yuzaga kelgan.

Tarixiy  manbalaming  guvohlik  berishicha,  Najmiddin  Kubro 

qalamiga mansub asarlar soni o ‘ntaga yaqin.  U asos  solgan kubroviya



Орчф  Усмон.

 Баховуддин Накшбанд ва унинг таълимоти хакида. -  Т.,  1993, 52-бет.




VII bob.  IX  XII asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot

277


tariqati  «oltin  tariqat»  deb  ham  atalgan.  Najmiddin  Kubroning 

o ‘zi  «Risolatut-turuk»  asarida  uni  «Tariqush  shutto»  (ishq  ahli 

beboshliklarining  yo‘li)  deb  ham  ataganligi  m a’lum.  Bu  risolada 

«kubroviya» tariqatining o ‘nta usuli qisqacha zikr etilgan:



1.  Tavba  —   sodir  b o ig a n   xatolar,  gunohlardan  pushaymon 

b o iib ,  Xudoga yuz tutmoq.



2.  Zuxd-taqvo  —   parhezgarlik,  Allohdan  qo‘rqib,  man  etilgan 

ishlardan o ‘zini  saqlash.



3.  Xudoga  tavakkul  qilish  —   o ‘z  ishlarini  butunlay  Xudoga 

topshirish.



4.  Qanoat  —   ozga  rozi  b o iib ,  ko‘pdan  voz  kechish,  tamagir- 

likning zidi.



5.  Uzlat —  boshqalardan ajralib yakka o ‘tirmoq.

6. Doimiy zikr —  ham til,  ham yurak bilan Xudoni yod etmoq.

7.  Butun vujud bilan  Tangriga tavajjuh qilib siginm oq.



8.  Sabr  —   boshga  tushgan  o g ir   ahvoldan  nolimay  chidash, 

chidam ko‘rsatmoq.



9.  Muroqaba  —   Tangri  borligining  dengiziga  botib,  ilohiy 

olamga boqmoq.



10.  Rizo  —   Tangri  irodasiga  qarshilik  ko‘rsatmasdan,  qazo  va 

qadar —  taqdir hukmiga bo‘ysunish.

Kubroviya  tariqatida  diniylik  bilan  dunyoviylik  chambarchas 

bo g ianib  ketgan.  Unda  kishilaming  diniy  e ’tiqodi,  Xudoga  b o ig a n  

ishonchi,  halollik,  odamiylik  mol-u  dunyoga  hirs  qo‘ymaslik  o ‘z 

nojo‘ya ishlaridan tavba qilish, shahvoniy hirs-u havolardan saqlanish 

lozimligi  singari  axloqiy  g ‘oyani  talablari  bir-biri  bilan  bogianib 

ketgan.  Kubroviya  tariqatining  qator  axloqiy  qoidalari  bizning 

kunlarimizda ham g ‘oyatda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Najmiddin  Kubro  katta  badiiy  ijod  egasi  ham  b o ig an.  Uning 

faoliyati  va  ijodi  b o ‘yicha  m aium otlar  bizgacha  deyarli  yetib 

kelmagan.  Ammo  uning  she’riyatidan  saqlanib  qolgan  b a’zi  bir 

namunalar  shoiming  chuqur  ichki  dunyosi  go‘zalligidan  xabar 

beradi,  uning  hayot  nashidasini  surmoqqa  intilishi,  katta  dunyoviy 

muhabbat  egasi  bo iganligi  va  oliyjanob  insoniy  fazilatlami  o ‘zida 

mujassamlashtirganligini  ko‘rsatadi.  Biz  uni  quyidagi  satrlarda 

yaqqol ko‘ramiz:

Ishq yetsa ко 'ngilga,  dilga dard aylar,

Dardi dili m ard mardni boz m ard aylar.



278

VATAN  TARIXI



О 'z otashi ishqida yonar ul,  vale,

Do 'zaxni chu о 'zgalar uchun sard aylar.

Najmiddin  Kubro  Xorazmda  xonaqo  qurib,  ta sa w u f ilmi  bobida 

juda ko ‘p  sadoqatli  va nomdor shogirdlar tayyorlaydi.  Ana  shulardan 

biri  m utasaw u f  olim  «Mantiqut-tayr»  asarining  muallifi  Farididdin 

Attordir.  Najmiddin  Kubro  ona  yurt  boshiga  kulfat  tushganda 

sadoqatli  bir farzand  sifatida uni  ko‘krak kerib  himoya qilishga qodir 

lashkarboshilik  qobiliyatini  ham  k o ‘rsatadi.  1221-yilda  m o‘g ‘ullar 

bosqini davrida 76 yoshli Najmiddin  Kubro  fojiali halok b o iad i.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish