5. M E ’M O R C H ILIK , SA N ’AT VA M USIQ A
IX -X II asrlarda 0 ‘rta Osiyo hududlarida madaniy va savdo-
sotiq aloqalari rivojlanadi. Bu hoi esa o ‘z navbatida o ik a d a
moddiy madaniyatning, qurilish-me’morchilik san’atining ravnaq
topishiga sabab b o iad i. Arablar bosqini natijasida vujudga kelgan
tushkunlikdan so‘ng IX asrdan e ’tiboran m e’morchilik va qurilish
sohasida yuksak darajada rivojlanish boshlanadi, shaharlarda
hashamatli va go‘zal binolar qad ko‘taradi. O ik aning yirik m a’muriy
va madaniy markazlari Samarqand, Buxoro, Urganch, Marv, Termiz,
0 ‘zgan va boshqa shaharlarda juda ko‘plab ko‘rkam va hashamatli
saroylar, masjid, madrasalar, minoralar, xonaqohlar, maqbaralar,
tim va karvonsaroylar quriladi. Jumladan, hali IX asr o ‘rtalaridayoq
Buxoro shahri qalin devorlar bilan o ‘ralgan b o iib , uning 11 ta
salobatli naqshindor darvozalari b oig an . Bu davrda Movarounnahr
va Xorazmning o ‘ziga xos moddiy madaniyat uslub va shakllan to ‘x-
tovsiz rivoj topib borganligini ko‘ramiz. M e’morchilikda paxsa va
xom gish td an imoratlar bilan bir qatorda pishiq g ‘ishtli va sinchkor
imoratlar ham k o ‘plab quriladi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy
ustalar, m e’morlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, misgarlar
tomonidan bu yurt dovrugini olamga tanitgan ajoyib m e’morchilik
obidalari, san’at namunalari bunyod etiladi. Bular jumlasiga
Buxoroda qad ko‘targan mashhur Ismoil Somoniy maqbarasi
(X asr), Samarqand yaqinidagi Tim q ishlogida qurilgan Arab ota
maqbarasi (977-78-y.), XI asrda barpo etilgan Marvdagi Sulton
Sanjar, 0 ‘zgandagi qoraxoniylar maqbarasi, G ‘azna yaqinida marmar
koshinlardan barpo etilgan 32 ta kirish eshiklari, 4 ta ayvoni b o ig an ,
baland qubbalari lojuvard osmonni eslatuvchi g ‘aznaviylaming
mahobatli yozgi saroyi (1112-yilda qurilgan), yoxud pishiq g ‘isht
V II bob. IX X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
279
taxlamiga jimjimador, g ‘ajakdor qilib
ishlov berilgan Buxorodagi Minorai
kalon maqbarasi (1127-yil) singari
noyob m e’morchilik inshootlarini
kiritish mumkin.
Bu davrda 0 ‘rta Osiyoda so-
pol,
ganch
o ‘ymakorligi
san’ati
ham keng taraqqiy topadi. Bunga
misol qilib Zarafshonning yuqori
oqimidagi Oburdom degan manzilda
X asrda ganch o ‘ymakorligi asosida
barpo etilgan naqshinkor kolonnani
ko‘rsatish mumkin. Unda umumarab
madaniyati uslubiga xos bo‘lgan
m e’morchilik qoidalaridan tashqari
mazkur inshootda o ‘ziga xos yangilik, go‘zallik, y a’ni mahalliy an’ana,
badiiy shakl mutanosibligi ko ‘zga tashlanib turadi. Shuningdek,
X I-X II asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro o ‘rtasida bunyod
etilgan Raboti Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch
o ‘ymakorligi xususida ham shunday fikr aytish mumkin.
Bu davrda moddiy madaniyatning boshqa turlari ham rivoj lanib
boradi. IX asrdan boshlab 0 ‘rta Osiyo kulolchiligida muhim siljish
yuz beradi. IX -XII asrlar badiiy keramikaning butunlay yangi
shakllari paydo b o iish i bilan tavsiflanadi. Endilikda badiiy kulolchi-
lik buyumlari bozor uchun ishlab chiqarila boshlanadi hamda shahar
va qishloq aholisining kundalik hayotiga kirib boradi. Kulolchilik
mahsulotlari tayyorlash bilan hunarmand kulolsozlaming uyushmalari
shug‘ullana boshlaydi. Ulaming ustaxonalari butun boshli ishlab
chiqarish mavzelarini qamrab olgan.
0 ‘rta osiyolik kulollar yasagan har xil bezakli tasvirli ko‘za-
ko ‘zachalar, chinni idishlar, uy-ro‘zg‘or buyumlarini ko‘plab xorijiy
ellarda ham uchratish mumkin edi. X I-X II asrlarda kumush, mis,
bronzadan qabariq naqshinkor badiiy san’at buyumlari, chiroyli va
bejirim xontaxtalar, obdastalar, idish-tovoqlar, qadahlar yasash rasm
bo ig an. Bu sohada Xorazm, Samarqand, Farg‘ona, Naxshob, Kesh,
Toshkent singari muzofotlaming o ‘ziga xos maktablari b o ig an .
Hunarmandchilik san’atining naqqoshlik, kulolchilik, misgarlik va
zargarlik kabi turlari o ‘zaro uzviy bog iiqlikda rivojlangan va bir-
birini boyitgan. Hunarmandchilik buyumlari turli rang ko‘rinishdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |