6. 0 ‘Z B EK X A L Q IN IN G E T N O G E N E ZI
Taniqli tarixshunos olimlar Ahmadali Asqarov va Bo‘riboy
Ahmedovlaming « 0 ‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» («Dastlabki
mulohazalar») maqolasida ta’kidlanishicha, « 0 ‘zbeklar yaxlit xalq
sifatida X asrga kelib shakllandi. Hududiy, iqtisodiy, madaniy,
til birligiga ega b o ‘ldi. Uning etnik jihatdan takomillasha borishi
va etnik tarixi shundan keyin ham, to ulami millat darajasiga
k o ‘tarilgunga qadar davom etdi».
Akademik A.Y.Yakubovskiy dastlab o ‘zbek xalqi etnogenezining
ilk nuqtasi Turk xoqonligidan boshlandi, degan fikmi ilgari surgan
edi. Keyinroq esa akademik S.P.Tolstov esa turkiy tilli etnik guruhlar
bu zaminga ancha aw alroq, antik davrda kirib kelgan, shuning uchun
o ‘zbek xalqi etnogenezini antik davrdan boshlash kerak, degan tezis
bilan chiqdi.
Akademik A.Asqarov qadimgi yozma va moddiy madaniyat
manbalarini qiyosiy o ‘rganish natijasida o ‘zbek xalqi etnogenezining
boshlang‘ich nuqtasi so‘nggi bronza davriga borib taqalishini
asosladi. «Bugungi kunda olib borilgan tadqiqotlarga k o ‘ra deb
yozadi A.Asqarov, — o ‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich
nuqtasi so‘nggi bronza davri deb e ’tirof etilgan. Uning uzil-kesil
shakllanishi milodiy X I-X II asrlarda yuz berdi. Hozirgi 0 ‘zbekiston
hududlarida qadimdan yashab kelayotgan o ‘zbek xalqining ajdodlari
ikki til — turkiy va eroniy tillar turkumidagi qabila va elatlar b o iib ,
ulaming uzoq yillar davomida aralashuvi, qorishuvi jarayonida
XI XII asrlarga kelib o ‘zbek elati xalq b o iib shakllanib, shundan
so‘ng etnik tarixi boshlandi1. 0 ‘zbek xalqining paydo b o iish i va
rivojlanish bosqichlariga oid tadqiqotlar boshqa olimlar tomonidan
ham olib borilgan2.
Sirdaryo va Amudaryo o ralig i hududlarida o ‘troq va chorvador
hayot kechirgan qadimiy avlodlar Sug‘d, Xorazm, Parkana va
T ohariston vohalarida yashaganlar. Ular sharqiy eroniy tillarga mansub
sug‘diy, xorazmiy, shak va tohar tillarida muloqotda boiganlar.
Bu xalqlar janubda forsiyzabon elatlari, shimolda esa turkiy tilda
so‘zlashuvchi o ‘troq va chorvador qabilalar va etnik gumhlaming
1 Аскаров А. Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи (укув кулланма). Тошкент,
«Университет», 2007. 239-240-бетлар.
2 Узбекистон миллий энциклопедияси. 10-жилд. «Узбекистон миллий энциклопедияси»
Давлат илмий нашриёти, Тошкент, 2005. 487-^92-бетлар.
V II bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
283
doimiy ta’sirida bo‘lganlar. Miloddan aw alg i I ming yillikning
o ‘rtalarida va ayniqsa, milodning V -V III asrlarida shimoldagi
turkiy qabilalaming 0 ‘rta Osiyo hududlariga kirib kelish jarayoni
kuchayadi. Ular mahalliy xalqlar bilan aralash-quralash yashash
jarayonini o ‘z boshlaridan kechiradilar, bu xalqlarga til jihatdan ta ’sir
o ‘tkazib, ulaming tillarini turkiylashtirib boradilar. V II-V III asrlarda
0 ‘rta Osiyodagi turkiy aholining asosiy qismi Chu, Yettisuv, Shosh,
Farg‘ona vodiysi, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida yashaganlar.
Yozma manbalarda bu hududlar VII asrda Turkiston deb nomlangan.
Ilgarigi mavzularda qayd etilganidek, o ‘troq turmush sharoitini
kechirgan mahalliy xalqlar ham asosiy kasbi chorvachilik bo‘lgan
turkiy qabilalarga o ‘z ta’sirlarini o ‘tkazganlar. Ammo til nuqtayi
nazaridan turkiy qabilalaming ta’siri shu qadar kuchli bo‘lganki,
arablar bosqini arafasida Movarounnahr va Xorazmning tub yerli
aholisi turkiylashib b o ‘lgan edi.
Arablaming 0 ‘rta Osiyo hududlarini bosib olishlari ulaming
mahalliy aholiga nisbatan o ‘tkazgan siyosatlari va unga qarshi 0 ‘rta
Osiyo aholisining olib borgan erk va ozodlik kurashlari turkiyzabon
va forsiyzabon elatlami birlashtiradi.
X asming oxiri va XI asming boshlarida 0 ‘rta Osiyoning katta
hududlarida qoraxoniylar davlati vujudga keladi. Qoraxoniylar
bilan birga o ‘lkaga ko‘chib kelgan bir talay qabilalar: turgashlar,
to ‘xsilar, qorliqlar, chig‘illar, yag‘molar, o ‘g ‘izlar, arg‘inlar va
boshqa turkiyzabon qabilalar o ‘lkaning sharqiy eron va turk tillarida
so‘zlashuvchi aholisi tarkibini etnik jihatdan yanada boyitadi,
turkiy etnik qatlamning ustunligini bir qadar ta’minlaydi. Ana shu
tariqa qoraxoniylar hukmronligi davrida turkiy tilli o ‘zbek xalqi
shakllanadi, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi.
Tarixchi olim B o‘riboy Ahmedov qayd qilganidek: «Eski o ‘zbek
tiliga asos b o ‘lmish qorliq-chigil lahjasi rivoj topdi va yozma
adabiyot darajasiga k o ‘tarildi. Qorliq-chigil lahjasi, aytish mumkin,
shu o‘zbek xalqining umumiy tili b o iib qoldi»1. Bu holni Yusuf
Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu
lug‘otit turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ahmad
Yassaviyning «Hikmatnoma» asarlari timsolida ochiq-oydin k o ‘-
ramiz.
Akademik Karim Shoniyozovning ta’kidlashicha IX -X asrlarda
1 Ахмедов Б. Тарихдан сабоклар. - Т., «Укитувчи» 1994, 199-бет.
284
VATAN TARIXI
siyosiy hokimiyat forsiyzabon somoniylar q o iid a bo‘lsa ham,
Movarounnahming shimoliy, shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy
mintaqalarida o ‘zbek elatining turkiy asosi ko‘rinib turgan edi. Bu
turkiy etnik asosning qarluq-chigil lahjasi g ‘arbiy qoraxoniylar
davlati doirasida jonli o ‘zbek tili sifatida boshqa turkiy lahjalardan
ajralib chiqadi1.
XIII
asrda Movarounnahr va Xorazmga bostirib kelgan
m o‘g ‘ullar o‘lka taraqqiyotiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadilar.
Biroq Chingizxon qo‘shini tarkibida m o‘g ‘ullar bilan bir qatorda
ko‘plab turkiylar va turklashgan m o‘g ‘ullar ham bor edi. Jaloirlar,
qurlovutlar, burkutlar, mang‘itlar, qo‘ng‘irotlar, barloslar, sulduslar,
boyovutlar, bahrinlar ana shular jumlasidandir. Bu qabilalar, shak-
shubhasiz, o ‘zbek xalqining etnik tarkibini yanada boyitadilar,
albatta. Ammo to XV asrga qadar ular o ‘zbek nomi atamasi bilan
yuritilmagan, balki turk deb yoki qabilalar nomi bilan atalganlar. XV
asrdan e ’tiboran Dashti Qipchoqda yashab kelayotgan o ‘zbek nomi
Movarounnahr va Xorazm etnik dunyosiga kirib keldi va bu nom
keyinchalik butun bir millatning nomi bo‘lib qoldi. Aytmoqchimizki,
Dashti Qipchoqda yashab kelgan ko‘chmanchi chorvador turkiy
o ‘zbek qabilalarining nomi Movarounnahr va Xorazmda qadim
zamonlardan beri yashab istiqomat qilib kelayotgan sartlar va barcha
turkiy xalqlarga nisbatan qo‘llaniladigan b o ia d i. « 0 ‘zbek» atamasi
keyinchalik mahalliy xalqlar o ‘rtasida iste’molda keng tarqalgan
«sart» atamasini ham muomaladan surib chiqaradi.
«Sart» so‘zining m a’nosi turli davrda mazmunan boyib borgan.
Masalan, «sart» deganda dastlab savdo ahli tushunilgan, so‘ng
hunarmand va dehqonlar ham sart deb atalgan. Sart, umuman yerli,
o ‘troq aholi b o iib , turkiylashgan sug‘diylar, xorazmiylar edi.
Arab manbalarida «sart» deyilganda Movarounnahrdagi hamma
musulmonlar ko‘zda tutilgan. M o‘g ‘ullar Xorazmshohning barcha
fuqarolarini «sartlar» deb ataganlar. Navoiy zamonida barcha tojiklami
«sart» deb atash odat b oig an . Xulosa shuki, «sart» so‘zi dastlab
aholining etnik nomi boim agan. Bu nom aholining kasb-koriga qarab
farqlovchi ibora boiganligi uchun elat nomini anglatmagan.
IX -X asrlarda katta etnik guruhlar — turli tillarda so‘zlashgan
o ‘zbek va tojiklar — ikki xalqning asosiy gumhlari tarkib topadi.
1
Шониёзов К.
Узбек халклнинг шаклланиш жараёни. Тошкент, «Шарк», 2001.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
285
Shunday qilib, o ‘zbeklar xalq sifatida X -X I asrlarda shakllan-
gan bo‘lib, bu jarayon XVI asrda o ‘z nihoyasiga yetdi deb aytish
uchun barcha asoslarga egamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |