2.1. TADQIQOT USLUBLARI VA UNI TASHKIL QILISH YO’LLARI Qisqa masofalarga yuguruvchilar mashg’ulot jarayonlarini rejalashtirish va mashg’ulotlar olib borishda quyidagi tadqiqot vazifalarini qo’ydik:
2.2. TADQIQOTNING ASOSIY VAZIFALARI 1. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish masalalari bo’yicha murabbiylar fikrini o’rganish;
2. 13-14 yoshli maktab o’quvchilarining tezkor-kuch sifatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash;
3. 13-14 yoshli maktab o’quvchilarining tezkor-kuch sifatlarini ixtisoslashtirilgan harakatli o’yinlar yordamida shakllantirish samaradorligini baholash.
2.3. TADQIQOTNING OB’EKTI Buxoro shahridagi № 6 maktabda 13-14 yoshli o’quvchilari va ularda tezkor-kuch sifatlarini an’anaviy vosita va usullar orqali rivojlanish dinamikasi.
2.4. TADQIQOT USLUBLARI QUYIDAGILARDAN IBORAT 1. Adabiyotlar tahlili;
2. Pedagogik kuzauv;
3. Pedagogik nazorat;
4. Testlash
5. Matematik statistik usullar.
Mavzu bo’yicha jamlangan adabiyotlarda qayd etilgan ilmiy va uslubiy ma’lumotlar qiyosiy tarzda tahlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho berildi. Jumladan dastlabki o’rgatish bosqichida sport malakalariga o’rgatish samaradorligi jismoniy sifatlarga bog’liq ekanligi olimlar tadqiqotlari yordamida asoslab berildi. Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar asosan standart, steriotiv mashqlar ta’sirida rivojlantirilishi e’tirof etilib, bunday yondashuv har doim ham kutilgan natijani bermasligiga urg’u berildi. Aynan adabiyotlarni tahlil qilish bobida jismoniy sifatlarni maxsus harakatli o’yinlar yordamida shakllantirish yuksak samara berishi ta’kidlab o’tildi.
Pedagogik tadqiqot 13-14 yoshli maktab o’quvchilari misolida o’tkazildi.
Tadqiqot ikki guruh – nazorat (12 kishi) va tajriba (12 kishi) guruhlarida 3 bosqichda o’tkazildi, 1 bosqich o’quv adabiyotlarini o’rganish va tahlil qilish, 2 bosqich o’quvchilarni jismoniy tayyorgarligini o’rganish, 3 bosqich, o’quvchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish (2014 yil sentyabrdan 2015 yil martgacha davomida o’tkazildi).
Nazorat guruhidagi bolalar BO’SM larga mo’ljallangan amaldagi dasturda shug’ullanib keldilar.
Tajriba guruhida tezkor – kuch sifatlarini rivojlantirishga rejalashtirilgan an’anaviy vosita va usullarni o’quvchilar organizmiga mos ravishda rejalashtirish va mashg’ulotlarni olib borishdan iborat.
Testlar. Pedagogik tadqiqot davomida o’quvchilarni jismoniy sifatlarini aniqlash uchun quyidagi testlardan foydalandik:
- 30 m. pastki startdan yugurish,
- 30 m. yugura kelib yugurish,
- 60 m. pastki startdan yugurish,
- 1000 m.ga yugurish,
- joyidan turib ikki oyoqda sakrash,
- 30 sm. zinaga 1 daqiqa davomida chiqib tushish,
- arg’amchida 1 daqiqa davomida sakrash.